67
XULOSA VA TAKLIFLAR
Bugungi kunda hech bir milliy moliya bozori xalqaro moliya bozoridan
ajralgan holda rivojlana olmasligi aniq holatdir.
Shuning uchun yagona
xalqaro standartlarni ishlab chiqish jarayonini to’xtatib bo’lmaydi.
Biz yuqorida bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko’rsatuvchi
korxonalarda buxgalteriya hisobi va auditni o’rni, ahamiyati, vazifalari va
buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalalari va ularni yo’lga qo’yish va
yuritishning shaklini hamda auditorlik tekshiruv natijalarini umumlashtirish
bilan kengroq tanishib chiqdik.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish davrida,
rivoj topayotgan
iqtisodiyotning yangi bir bosqichida xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda
buxgalteriya hisobi va auditni tizimli tashkil etish muhim masala sifatida
qaraldi va quyidagicha takliflar berildi.
1.Bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko’rsatuvchi korxonalar
faoliyatini moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalarini
yaxshilash hamda
ularning hisobini O’zbekiston Respublikasida belgilangan me’yoriy-
huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish muhim ahamiyatga egadir.
Shuningdek, har bir xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda auditorlik
tekshiruvini tashkil etish ham iqtisodiy ahamiyatga molikdir.
2. Bitiruv malakaviy ishi bozor munosabatlari sharoitida
Respublikamiz iqtisodiyotida xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning
ahamiyati, ularni tashkil qilish va rivojlantirish zarurati asoslangan. Unda
xizmat ko’satuvchi korxonalarning umumiy va
farqli jihatlari iqtisodchi
olimlar fikrlari hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ifodalab
ko’rsatilgan.
3. Bitiruv malakaviy ishida soha korxonalarida hisob tizimi oldiga
qo’yilgan vazifalar belgilab berilgan. Shuningdek,
bitiruv malakaviy
ishida
xizmat
ko’rsatuvchi
korxonalar
buxgalteriya
hisobini
takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari ishlab chiqilgan.
68
4. Bu mavzu asosida bitiruv malakaviy ishida xizmat ko’rsatuvchi
korxonalarida
buxgalteriya
hisobining
konseptual
asoslarini
takomillashtirishga oid ilmiy tavsiyalar berilgan. Shu bilan birga moliyaviy
va boshqaruv hisobini sohada qo’llashga ehtiyoj mavjudligi ta’kidlangan.
Ayniqsa, xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini
yuritish tartibi alohida har bir korxona bo’yicha ko’rsatib o’tilgan.
5. Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda dastlabki va yig’ma hujjatlarni
takomillashtirish bo’yicha muhim ilmiy takliflar berilgan. Bitiruv malakaviy
ishida
tovarlarning kirimi va chiqimi, jo’natish va sotish muomalarini
hisobga olish, xizmat ko’rsatish jarayonidagi muomalalar va xarajatlarni
hisobga olish, tovarlar inventarizatsiyasini to’g’ri rasmiylashtirish borasida
tavsiyalar berilgan.
Mavzuga aloqador korxonlar davlat oldidagi majburiyatlar ya’ni
soliq
majburiyatlar, davlat maqsadli jamg’armalariga ajratmalar va boshqa
majburiyatlarni hisoblash ochib berilgan .
6. Bitiruv malakaviy ishida xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda auditni
tashkil qilishnig ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek,
ushbu mavzu
asosida mazkur korxonalarda tashqi auditorlik tekshiruvini o’tkazish tartibi
ishlab chiqilgan va auditorlik faoliyatiga qo’yiladigan umumiy talablar
belgilab berilgan. Shu bilan birga, xizmat ko’rsatuvchi korxonalarida audit
o’tkazish rejasining namunaviy shakli tavsiya etilgan.
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarida buhgalteirya
hisobi va auditini
tashkil etishning nazariy va amaliy aoslari ochib berildi. Mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi jarayonida mamlakatning
iqtisodiy sohalarining rivojlanishiga keng yo’l ochib berish asosiy masalaga
aylandi. Albatta bitiruv malakaviy ishiga aloqador bo’lgan xizmat
ko’rsatuvchi korxonalar faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Chunki
mamalakatning iqtisodini rivojalantirishda bu korxonalar alohida o’rin
tutishini biz yuqorida ko’rsatib o’tdik.