5-mavzu. Marketing faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish Moliya tizimini umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:
• Prezident va Prezident devoni;
• Oliy Majlis va moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo'yicha Oliy Majlis palatalarining tegishli qo'mitalari;
• Vazirlar Mahkamasi;
• Hisob palatasi;
• Moliya vazirligi va uning joylardagi, jumladan, G'aznachilik tizimi organlari;
• Markaziy bank;
• DavIat soliq qo'mitasi;
• DavIat bojxona qo'mitasi;
• DavIat mulk qo'mitasi;
• Qimmatli qog'ozlar bo'yicha komissiya;
• Byudjetdan tashqari fondlarning ijroiya idoralari
• va boshqalar. Mamlakat Prezidenti (Prezident devoni) moliya tizimi faoliyatini tartibga soladi, mamlakat byudjetini imzolaydi, Parlament tomonidan qabul qilingan moliyaviy qonunlarga «veto» qo'yish huquqiga ega. Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo'lgan OIiy majlis soliqlar, yig'imlar, soliqdan tashqari to'Iovlarni belgilaydi, DavIat byudjetini ko'rib chiqadi va tasdiqlaydi. Shuningdek, u Davlat byudjeti ijrosi to'g'risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o'zida davlat ichki va tashqi qarzining tegishli darajasini belgilash ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetini ko'rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida ish yuritadi.
Tashkilotlarningjarng'arrnalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag'larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bo'lgan moliyaviy resurslar fondlarining o'lcharniga bog'liq. Mamlakatning iqtisodiy qudrati qancha kuchli bo'lsa, uning o'sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajrni shuncha katta bo'ladi. Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnornasi ular shakllantiruvchi moliyaviy resurslar fondining nimaga mo'ljallanganligi bilan bevosita bog'liq. Masalan, soliqli moliyaviy oqirn bilan Tashkilotning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish rnetodlari ham turlichadir. O'z sifat mazmuniga ko'ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq: byudjetli-soliqli moliyaviy oqirnlar - barcha darajalardagi byudjetlarning rnablag'larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi;• tijorat rnoliyaviy oqimlari - tadbirkorlik xo'jalik sub'ektlari tornonidan am alga oshiriladi;
• byudjetdan tashqari rnoliyaviy oqimlar - notijorat tashkilotlari fondlarini shakllantiradi; Moliyaviy oqimlarni boshqarish funksiyalari quyidagilardan iborat:
• qonunchilik - Oliy Majlisning vakolatida;
• nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) - Hisob palatasi va marnlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq, bojxona qo'rnitalari va boshqalar) tornonidan amalga oshiriladi;
• boshqaruvchanlik - Tashkilot va korporatsiyalar, banklar, soliq organlari, G'aznachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-kitobkassa va boshqa xizmatlari vakolatida;
• nazorat-kuzatuv - Tashkilotlarning moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligigi to'g'risidagi ishlarni ko'radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni am alga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi. Moliyaviy oqimlarni boshqarish bo'yicha yuqoridagi organlarning funksiyalari bir-biri bilan qo'shilib ketib, ularni har doim ham ajratib bo'lmaydi.
Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo'lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, shu jurnladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham qatnashadi. Shuning uchun ham moliyaviy nazoratning ob'ekti pul munosabatlari hisoblanadi. MoIiyaviy nazoratning predmeti quyidagi moIiyaviy ko'rsatkichlardan iborat:
• turIi darajadagi byudjetlarning darornadlari va xarajatlari;
• soliq to'lovlarining hajmlari;
• xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning darornadlari;
• xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning rnuomala xarajatlari;
• tannarx va foyda;
• uy xo'jaliklarining daromadlari va xarajatlari;
• va boshqalar. Moliyaviy nazorat predmeti bo'lgan yuqoridagi ko'satkichlarning ko'plari hisobli ko'rsatkichlar jurnlasiga kiradi, va bu narsa, o'z navbatida, ular arnaldagi qonuniy hujjatlarga qay darajada muvofiq, to'g'ri va ishonchli ekanligini tekshirishni taqozo etadi. U davlat va boshqa barcha iqtisodiy sub'ektlarning manfaatIari va huquqlarini ta'minlashga qaratiIgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan rnarnlakatlarda moliyaviy nazorat, o'zaro ta'sirchan hamda mustaqil bo'lgan ikki sohaga bo'linadi :
• davlat moliyaviy nazorati;
• davlatdan tashqari moIiyaviy nazorat.
Davlat moliyaviy nazorati - davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda aniq boshqaruv organlari iqtisodiy huquqiy harakatining ma'lum maqsadga yo'naltirilgan tizirnidir.