Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Amaliyot o’tash joyidan tayinlagan rahbar



Yüklə 481,5 Kb.
səhifə7/12
tarix13.04.2023
ölçüsü481,5 Kb.
#97358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3 курс учун АМАЛИЁТ КУНДАЛИГИ 2023

Amaliyot o’tash joyidan tayinlagan rahbar ___________________ ________
(nasl nomasi va ismi) (imzo)


4-mavzu. Korxona (tashkilot)ning moliyaviy holati va rentabelligini o`rganish va tahlil qilish
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan ajratiladigan mablag‘lar; xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Jamg‘armaga uning daromadlari bo‘yicha tushadigan mablag‘lar Moliya vazirligi G‘aznachiligining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Jamg‘armaga mablag‘lar tushishining to‘liqligi Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan nazorat qilinadi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan asosiy yo‘nalishlar
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi: hokim yordamchilari ish haqining avvalgi ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo‘lgan qismini kompensatsiya qilish; boshqa hududlardan kelib ishlayotgan hokim yordamchilari va respublika vakillari uchun turar joy ijarasi xarajatlari uchun kompensatsiya to‘lash; ish faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan hokim yordamchilari va respublika vakillarini har oyda mukofotlash; o‘z shaxsiy avtomobilidan foydalanayotgan respublika vakillarining transport xarajatlarini kompensatsiya qilish; respublika vakillarining bir oyda bir marta doimiy yashash joyiga temir yo‘l transportida borib kelishi uchun kompensatsiya to‘lash; yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan respublika vakillariga va hokim yordamchilariga ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilish uchun subsidiya to‘lash; “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlar; hokim yordamchilari, respublika vakillari va ularning faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan boshqa shaxslarni tayyorlash, qayta tayyorlash, va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, seminarlar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda tashkil qilish; hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etishga kompyuterlar, planshetlar, multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy ta’minotlarni xarid qilish; ekspert guruhi faoliyatini tashkil etish, ekspert guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar uchun haq to‘lash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining va Jamg‘arma Kuzatuv kengashining tegishli qarorlarida belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish. Kuzatuv kengashining qarori asosida respublika vakillarining doimiy yashash joyiga (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari) temir yo‘l transportidan boshqa transport vositalaridan (samolyot va shaharlararo avtobus) foydalangan holda borib kelishi uchun Jamg‘arma hisobidan kompensatsiya to‘lanishi mumkin. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda Moliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladi. Jamg‘arma xarajatlari Agentlikning so‘rovnomalari asosida moliyalashtiriladi. Agentlik Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi va keyingi hisobot davrida kutilayotgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. Jamg‘armadan mablag‘lar tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida Jamg‘armaning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan ajratiladi. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari budjetga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi davrda foydalaniladi.
Tuman mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari xodimlarining cheklangan soni tasdiqlangan bo`lib hokim yordamchilari va markazlar xodimlarining shtat birliklari mos ravishda mahalla fuqarolar yig‘ini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman bandlikka ko‘maklashish markazlarining ishga joylashtirish inspektori, tumanlar va shaharlardagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan tashkil etiladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish choralarini ko‘rsin.

Yüklə 481,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin