Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Jamg‘arma faoliyatini boshqarish



Yüklə 481,5 Kb.
səhifə3/12
tarix13.04.2023
ölçüsü481,5 Kb.
#97358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3 курс учун АМАЛИЁТ КУНДАЛИГИ 2023

Jamg‘arma faoliyatini boshqarish
Jamg‘arma faoliyati Kuzatuv kengashi tomonidan boshqariladi. Kuzatuv kengashining a’zolari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi. Kuzatuv kengashi: Jamg‘arma faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. har yili Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari balansining prognoz ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi. Jamg‘arma daromadlarining shakllanishini va mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini ta’minlash bo‘yicha uning faoliyatini yuzasidan nazorat qiladi. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasini, zarur hollarda, tasdiqlangan smetalarga kiritiladigan tegishli o‘zgartirishlarni tasdiqlaydi. qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Kuzatuv kengashi Jamg‘armaga yuklangan vazifalarning ijrosini tashkil qilish, tegishli loyihalarni ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish va zarur tavsiyalar tayyorlanishini ta’minlash maqsadida davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, shuningdek, fuqarolardan iborat tarkibda ekspert guruhi tashkil qilishi mumkin.
Kuzatuv kengashi majlislari zaruratga ko‘ra o‘tkaziladi. Kuzatuv kengashi majlisini kengash raisi, u bo‘lmagan taqdirda esa — kengash raisining o‘rinbosari boshqaradi. Kuzatuv kengashi majlisi unda Kuzatuv kengashi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Kuzatuv kengashining qarori kengash a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolanadi. Ovozlar teng bo‘lganda, Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Kuzatuv kengashi qarorlari Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomalari bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kuzatuv kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Jamg‘armaning ijrochi organi hisoblanadi.


Yüklə 481,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin