respublika vakili — hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida iqtisodiyot va investitsiya komplekslariga kiruvchi vazirliklar, idoralar, tijorat banklarining har bir tuman va shaharga biriktirilgan mas’ul xodimlari;
hokim yordamchisi — har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisi lavozimiga tayinlangan shaxs;
kompensatsiya — boshqa hududlardan kelib ishlayotgan hokim yordamchilariga va respublika vakillariga turar joy ijarasi, avvalgi ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda yetishmagan qismi, o‘z shaxsiy avtomobilidan foydalanayotgan respublika vakillarining transport xarajatlari, shuningdek, bir oyda bir marta doimiy yashash joyiga temir yo‘l transportida borib kelishi uchun Jamg‘arma hisobidan qoplab beriladigan to‘lov;
subsidiya — o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan respublika vakillariga va hokim yordamchilariga ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilish uchun Jamg‘arma hisobidan qoplab beriladigan to‘lov. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Jamg‘arma Kuzatuv kengashi qarorlariga muvofiq hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida faoliyat yuritadi.
Amaliyot o’tash joyidan tayinlagan rahbar___________________ ________
(nasl nomasi va ismi) (imzo)
3-mavzu. Korxona (tashkilot) personali mehnatini tashkil etishni o‘rganish Bunda respublikadagi jami 9600 ta hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish maqsadida hududiy boshqarmalari va tuman markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizimda ish tashkil etish dastlab respublika miqyosida yuqori tashkilot Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligidan boshlanib, Toshkent viloyat Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy boshqarmalari, tuman kesimida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari orqali MFY hududida faoliyat yurituvchi hokim yordamchilariga yetib boradi. Kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlik dasturlarini aalga oshirish va aholinig ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishsiz qatlamiga subsidiya ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faoliyat va topshiriqlar ijrosi mana shu tizim orqali to‘liq tartibga solinadi va muntazaam ravishda nazorat qilinadi. Amaliyotimning uchinchi xaftasida markaz hodimlarining ish jarayoni va undagi mehnat taqsimotini o’rgandim. Bunda respublikadagi jami 9600 ta hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish maqsadida hududiy boshqarmalari va tuman markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi va ushbu tizimda ish tashkil etish dastlab respublika miqyosida yuqori tashkilot Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligidan boshlanib, Toshkent viloyat Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy boshqarmalari, tuman kesimida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari orqali MFY hududida faoliyat yurituvchi hokim yordamchilariga yetib boradi. Kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlik dasturlarini aalga oshirish va aholinig ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishsiz qatlamiga subsidiya ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faoliyat va topshiriqlar ijrosi mana shu tizim orqali to‘liq tartibga solinadi va muntazaam ravishda nazorat qilinadi. Mehnatga haq to’lash tartibi soatbay, haftasiga 5 ish kun tartibda ish haqi hisoblanadi.
a) hokim yordamchilari ish haqining avvalgi ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo‘lgan qismini kompensatsiya qilish xarajatlari har oy yakuni bilan amalga oshiriladi.
Bunda o‘rtacha oylik ish haqi miqdori Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibiga asosan hisoblab chiqiladi. Oylik ish haqi o‘rtasidagi farqni kompensatsiya qilish mexanizmi Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
b) boshqa hududlardan kelib ishlayotgan hokim yordamchilari va respublika vakillari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida turar joy ijarasi xarajatlari uchun kompensatsiya to‘lanadi. Uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasini to‘lash tartibi Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
v) hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish va baholab borish imkonini beruvchi “Onlayn mahalla” elektron platformasiga qarab quyidagi miqdorlarda oylik mukofot puli to‘lanadi:
qoniqarli deb topilganda — oylik ish haqining 15 foizi miqdorida;
yaxshi deb topilganda — oylik ish haqining 30 foizi miqdorida;
a’lo deb topilganda — oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
hokim yordamchilari ish haqining avvalgi ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo‘lgan qismini kompensatsiya qilish;
boshqa hududlardan kelib ishlayotgan hokim yordamchilari va respublika vakillari uchun turar joy ijarasi xarajatlari uchun kompensatsiya to‘lash;
ish faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan hokim yordamchilari va respublika vakillarini har oyda mukofotlash;
o‘z shaxsiy avtomobilidan foydalanayotgan respublika vakillarining transport xarajatlarini kompensatsiya qilish;
respublika vakillarining bir oyda bir marta doimiy yashash joyiga temir yo‘l transportida borib kelishi uchun kompensatsiya to‘lash;
yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan respublika vakillariga va hokim yordamchilariga ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilish uchun subsidiya to‘lash;
“Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlar;
hokim yordamchilari, respublika vakillari va ularning faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan boshqa shaxslarni tayyorlash, qayta tayyorlash, va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, seminarlar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda tashkil qilish;
hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etishga kompyuterlar, planshetlar, multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy ta’minotlarni xarid qilish;
ekspert guruhi faoliyatini tashkil etish, ekspert guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar uchun haq to‘lash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining va Jamg‘arma Kuzatuv kengashining tegishli qarorlarida belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Kuzatuv kengashining qarori asosida respublika vakillarining doimiy yashash joyiga (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari) temir yo‘l transportidan boshqa transport vositalaridan (samolyot va shaharlararo avtobus) foydalangan holda borib kelishi uchun Jamg‘arma hisobidan kompensatsiya to‘lanishi mumkin.
Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda Moliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladi.
Jamg‘arma xarajatlari Agentlikning so‘rovnomalari asosida moliyalashtiriladi.
Agentlik Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi va keyingi hisobot davrida kutilayotgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Jamg‘armadan mablag‘lar tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida Jamg‘armaning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan ajratiladi.
Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari budjetga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi davrda foydalaniladi.