4. Bozor mexanizmining takibiy qismlari. Bozor muvozanatiga ta’sir qiluvchiomillar. Muvozanat - bu tizimning shunday bir holatiki, agar unga biror bir tashqi kuch ta'sir qilmasa, u o‘zining ushbu holatini saqlab qoladi.
D Talab va taklif modelida talab chizig‘i bilan taklif S chizig‘ining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta'minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga ko‘ra shuni ta'kidlash mumkinki, agar bozor muvozanat holatida bo‘lsa, u holda, uning qatnashchilari tovar narxini yoki tovar miqdorini o‘zgartirishga hech narsa sabab bo‘lmaydi.
Muvozanat narx deb, shunday narxga aytiladiki, agar u Q S bozorda taklif qilinadi ne'mat miqdori ni unga bo‘lgan talab miqdori unga Q Q S =D Q bo‘lgan talabmiqdori D ga tenglashtirsa, ya'ni 1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, bozor muvozanati yagona. Talab va taklif Q Pe e chizig‘iqlari yagona muvozanat E nuqtada kesishadi. va nuqtalar,muvozanat nuqta E ning koordinatlari hisoblanadi.
Bozordagi talab va taklifning o‘zgarishi, bozor muvozanatini o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, bozordagi talab oshsa, (talab chizig‘i o‘ngga siljiganda) muvozanat narx Q Pe e va muvozanat tovar hajmi o‘sadi. Agar bozor talabi kamaysa (talab chizig‘i chapga siljisa), va lar ham kamayadi. Bozor taklifi oshsa (taklif chizig‘i Q Pe S o‘ngga siljisa), muvozanat narx kamayadi, muvozanat tovar hajmi o‘sadi.
Pe Agar bozor taklifi kamaysa (taklif chizig‘i S chapga siljisa), muvozanat narx Q S o‘sadi, muvozanat tovar hajmi kamayadi.
Agar taklif va talab chiziqlari bir vaqtning o‘zida siljishsa, muvozanat narx Qe va muvozanat miqdor larning o‘zgarishi har xil bo‘lishi mumkin.Yuqorida keltirilgan bozor modeli statik bo‘lib, u ma'lum vaqt oralig‘ini oladi (masalan, u bir oyga, bir yilga teng bo‘lishi mumkin). Bunday bozor modelida o‘zgaruvchilar vaqtga bog‘liq emas.
Modelda talab, taklif va narxlarning bog‘liqliklarini vaqt o‘zgarishi bilan bog‘lasak, model dinamik modelga aylanadi. Faraz qilaylik, ma'lum vaqt oralig‘ida
P(t) (masalan, bu oraliq bir oy bo‘lsin) bir birlik tovarning bozor narxi bo‘lsin (ya'ni, tovar narxi bir oy ichida o‘zgarmaydi). Tovarning bozor narxi muvozanat narxga teng bo‘lishi ham, teng bo‘lmasligi ham mumkin.
Umuman olganda bozorning dinamik modelida bozor narxi ning o‘zgarishi uch xil variantga olib kelishi mumkin: P(t)
1. Vaqt o‘tishi bilan bozor narxi ning muvozanat narxdan chetlanishi kamayib boradi;
2.Bozor narxi muvozanat narxdan uzoqlashib boradi;
3.Bozor narxi muvozanat narx atrofida tebranib turadi va bozor muvozanatiga hech vaqt erishilmaydi.
Agar taklif chizig‘i S talab chizig‘iga nisabat tikroq bo‘lsa, birinchi hol yuz beradi. Agar taklif chizig‘ining yotiqligi talab chizig‘ining yotiqligiga nisbatan tikroq bo‘lsa, birinchi hol amalga oshadi Uchinchi holatda talab va taklif chiziqlari yotiqligi bir xil bo‘ladi.
Taklif talab bilan qarama-qarshi turadi. Bozorda talab xaridor tarzida namoyon bo’lsa, unga qarama-qarshi sotuvchi o’z taklifi bilan turadi. Taklif bu bozorda mavjud yoki bozorga olibkelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar yig’indisidir. Taklif ishlab chiqarish bilan aniqlansa-da, aynan uning o’zi emas. Tovarlar taklifi yaratilgan mahsulotlar miqdoriga teng bo’lmasligi mumkin, ya’ni tovarlarni taklif qilish va ne’matlar ishlab chiqarish hajmlari bir xil bo’lmasligi mumkin. Yaratilgan mahsulotni faqat bozorga chiqariladigan qismi tovar deyiladi, uning bozorga chiqarilmaydigan qismi taklifni yuzaga keltirmaydi. Masalan, fermer, jamoa, dehqon xo’jaliklari etishtirgan qishloq xo’jalik mahsulotlarining bir qismini o’zi iste’mol qiladi. Masalan, etishtirgan kartoshkasining bir qismini o’zi iste’mol qiladi, urug’likka ishlatadi va hokazo. Agar shu maqsadlarga jami etishtirilgan kartoshkaning 20% i sarflansa, 80%i tovar bo’lib sotiladi, ya’ni taklifni yuzaga keltiradi. Undan tash-qari, agar uni bir qismi chirishi mumkinligini hisobga olsak, yana ham kam bo’ladi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida taklif talab bilan muvofiqlashgan yoki talabga nisbatan ko’p bo’ladi. Bu o’z navbatida tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat kurashini kuchaytiradi.
Taklif qilingan tovar miqdoriga juda ko’p omillar ta’sir qiladi. Taklifga eng avvalo, narx ta’sir qiladi. Talabni o’rganganimizda boshqa omillarni o’zgarmaydi deb narxni o’zgarishi talabni o’zgarishiga qanday ta’sir etishini ko’rib chiqdik. Endi xuddi shunday tarzda taklifni ko’rib chiqaylik. Xuddi talab kabi taklifni ham xususiy va umumiy takliflarga ajratish mumkin. Dastlab, tovar narxi o’zgarganda ayrim sotuvchi qanday ish tutishini ko’rib chiqaylik.
Bir kg tovar narxi 100 so’m bo’lsa, taklif 10 kg, narx 120 ga ko’tarilsa 12 kg va hokazo tarzida taklif etiladi. Ana shu narx bilan miqdor o’rtasidagi bog’lanishni shartli ma’lumotlarimiz asosida grafikka o’tkazamiz. Nuqtalarni birlashtirsak taklif egri chizig’i hosil bo’ladi. Bu egri chiziq taklif qilingan tovar va xizmatlar miqdori bilan ularning narx o’rtasidagi bog’lanishini ko’rsatadi. Tovar uchun narx qancha yuqori bo’lsa, bozorga ishlab chiqaruvchilar tomonidan shu tovarni shuncha ko’p miqdorda taklif etiladi, negaki tovar sotuvchi olayotgan puli (tushumi) tovarning narxi oshishi bilan ko’payib boradi. Bu holat ularni mavjud tovar ishlab chiqarish hajmini o’stirishga undaydi. Demak, narxni o’sishi taklifni o’sishiga, pasayishi taklifni pasayishiga olib keladi. Bu matematik nuqtai nazardan to’g’ri proportsional bog’lanishdir. Mana shu bog’lanish, ya’ni narxni ortishi taklifni ham ortishiga, aksincha pasayishi taklifni ham pasayishiga olib kelishi taklif qonuni deb ataladi.