Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko’ra



Yüklə 119,41 Kb.
səhifə6/11
tarix15.04.2023
ölçüsü119,41 Kb.
#98295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Азизбек курс иши

Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko’ra bozorlar quyidagi turlarga bo’linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.
Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga ko’ra ulgurji va chakana savdo to’g’risida ga’ yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do’konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo’jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o’rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa dehqon va fermerlar xo’jaliklaridir.
Shuningdek, dehqon bozori savdosi ham muhim o’rin tutadi. Dehqon bozorida savdoni, alohida fuqarolar, jamoa va fermer xo’jaliklari hamda boshqalar amalga oshiradi.
Tovar va xizmatlar bozori bozorning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu bozorda xo’jalik sub’ektlarining barcha uchta turi: fuqarolar (uy xo’jaliklari) davlat va korxonalar qatnashadi.
Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi intellektual tovarlar bozoridir. Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli bo’lgan tovarlar — ilmiy g’oyalar, texnikaviy yangiliklar, san’at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi qilinadi. Intellektual bozor tarkibida ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni ayirboshlash katta o’rin tutadi. U amalda ‘atent, listenziya va nou-xau sotishdan iborat bo’lib, bu bozorda asosan innovastiya firmalari ish ko’radi. Mazkur firmalar yangiliklarni to’ish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha xizmat ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida tovar sifatidagi mehnat vositalari va materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina, asbob-uskuna, xom ashyo, yoqilg’i va materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari yirik hajmda ko’tarasiga (ulgurji) sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy iste’molga emas, ishlab chiqarish iste’moliga xizmat qiladi, ya’ni ishlab chiqarish talabini qondiradi.
Bozorning barcha sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste’mol tovarlari va resurslar bozori orqali ancha to’liq va yorqin namoyon bo’ladi. Shu sababli bozorning ikki turi va uning sub’ektlari o’rtasida amalga oshiriladigan oldi-sotdi bitimlarining ko’rgazmali tavsifini keltiramiz.
Uy xo’jaliklari resurslarni sotishdan olinadigan ‘ul daromadlarini sarflash jarayonida son-sanoqsiz ko’’ tovar va xizmatlarga o’zlarining talabini bildiradi. Bir vaqtda korxonalar aynan shu bozorda tovar va xizmatlarni taklif qiladi. Tovar va xizmatlarga iste’molchilik sarflari oqimi korxonalarning ‘ul tushumi yoki daromadini tashkil qiladi.
Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori tashkil qiladi. Ishchi kuchi bozorida – o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan iqtisodiy resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biznes tomonidan ishchi kuchiga bo’lgan talab, uy xo’jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi bilan to’qnash keladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy sub’ektlarning ikki turi – tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi. Ishchi kuchi insonning mehnat qilish qobiliyati sifatida tovarga aylanadi, bu qobiliyat bozor orqali uning egasidan ajratib olinishini bildirmaydi. Ishchi kuchibozorida insonning o’zi emas, uning mehnat qilis hqobiliyati ma’lum muddatga sotiladi.
Ishchi kuchi bozorining aniq namoyon bo’lish shakllaridan eng muhimi — mehnat birjasidir. Mehnat birjasi — ishchilar va tadbirkorlar o’rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro’yxatga oluvchi muassasa.
Moliya bozori. Bu bozor turli-tuman va ko’p jihatli bo’lsa ham, oldi-sotdi ob’ekti bitta, ya’ni pul (‘ulga tenglashtirilgan qog’ozlar) hisoblanadi va turli xil shakllarda bo’ladi. Ortiqcha mablag’larga ega bo’lgan xo’jalik sub’ektlari, bu moliyaviy resurslarni, mablag’lar kamyobligini sezgan sub’ektlarga taklif qiladi.
Moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab, moliya bozorini turkumlash mumkin. Bunda moliyaviy bozor ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari (iste’molni qondiradigan pul) va ka’ital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz hisoblanadi va olingan pul shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladi. Mulk bozorida qo’yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag’lar ka’ital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib ka’ital bozorini ikkita bo’g’inga ajratish mumkin: ssuda ka’itali bozori va qimmatli qog’ozlar bozori. Ssuda ka’itali bozori — pul shaklidagi ka’italning foiz to’lash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada bo’ladi. Bular asosan davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi.
Qimmatli qog’ozlar bozorida akstiya, obligastiya, veksel, chek, de’ozit kabilar oldi-sotdi qilinadi. Bular davlat tomonidan chiqarilgan uzoq muddatli majburiyatlar hamda kor’orastiyalarning akstiya va obligastiyalaridan iboratdir. Bu bozorda broker va dilerlar vositachilik qiladi. Mazkur bozor amalda fond birjalari, aukstionlar va banklardan iborat bo’ladi.
Qimmatli qog’ozlarning harakati xususiyati bo’yicha moliya bozori birlamchi va ikkilamchi (hosila) bozorlarga bo’linadi. Birlamchi bozorda yangi nusxadagi qog’ozlar sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorda oldin chiqarilgan qimmatli qog’ozlar harakat qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli qog’ozlar sotilsa, ikkilamchi bozorda qayta sotiladi.
Iqtisodiyot uchun qimmatli qog’ozlarning ikkilamchi bozori favqulodda muhim ahamiyatga ega. U xo’jalik sub’ektlari o’rtasida moliyaviy vositalarning erkin harakat qilishini ta’minlaydi.

Yüklə 119,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin