Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari___________________ ________
(F.I.O) (imzo)
(muhr o’rni)
2–mavzu. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha me’yoriy–huquqiy hujjatlar bilan tanishish, o’rganish “Qishloq Qurilish Bank yo’li” ATB oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi va Oʼzbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati toʼgʼrisida», «Oʼzbekiston Respublikasining Markaziy banki to’grisida», «Qimmatli qogʼozlar bozori toʼgʼrisida», «Аktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida»gi qonunlari va boshqa qonunlar, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining normative – huquqiy hujjatlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur ustav va bankning boshqa ichki hujjatlariga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1996–yil 25–aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni (Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2019–yil 5–noyabrdagi O‘RQ–580–sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan)ga amal qiladi.Respublika hududida faoliyat yuritayotgan barcha banklar faoliyati ushbu qonun orqali tartibga solinadi.Ushbu qonunning 8–moddasiga ko’ra har bir bankning o’z ustavi bo’lib banklar shu ustav asosida faoliyat ko’rsatadilar.Usbu moddaga ko’ra bank ustavida:
bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va qayerda joylashganligi (pochta manzili);
bank operatsiyalarining ro‘yxati;
ustav kapitalining miqdori, muassasalar ro‘yxati va ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimoti;
bank auditi tartibi, shu jumladan buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.