Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari___________________ ________
(F.I.O) (imzo)
7–8–mavzu. Korxona (tashkilot)ning moliyaviy holati va rentabelligini o`rganish va tahlil qilish O`zbekiston Respublikasi ATIB “Qishliq Qurilish Bank” Uchqo’rg’onfiliali faoliyatining pirovard maqsadi – daromad olishdir. Shunday ekan daromad olishga yo`naltirilgan bank faoliyatida asosiy e`tiborni bankning moliyaviy holatiga qaratish lozim.
Eng avvalo bankning yuqori foydalilik darajasiga erishish uchun, uning barqarorlik holatini saqlash uchun uning molliyaviy jihatdan qanday faoliyat olib borayotganligini, iqtisodiy ahvolini tahlil qilish, bankning hisob bo`linmalarida echiladigan masalalarni mahsus ko`rsatkichlar yordamida hisoblash lozim.
Bankning moliyaviy holatini tahlil qilish uchun moliyaviy koeffittsientlar usulidan foydalaniladi.Bu koeffittsientlar ichida bankning barqaror faoliyat yuritishida bank balansi likvidligi muhim omil hisoblanadi.Bank likvidligi muayyan muddat yoki kelgusi davr uchun baholanadi.
Bunda likvidlik zaxira nuqtai nazaridan juda tor yondashuv deb baholanadi. Likvidlikni oqim sifatida ko`rib chiqish jarayonida kamroq likvidlikka ega aktivlarni ko‟proq likvidlikka ega bo`lgan aktivlarga aylanishini ta`minlash imkoniyatlariga, shuningdek qo`shimcha mablag‟larni jalb qilishga alohida e`tibor beriladi.
Shunday qilib, likvidlikni oqim sifatida baholash emas, balki likvidlikni prognoz sifatida baholash ham muhim ahamiyatga egadir.zining lahzali likvidligini ta‟minlash uchun etarli likvid aktivlari zaxiralariga ega bo`lgan bank vaqt o`tishi bilan, ya`ni majburiyat oqimlarini likvid aktivlarga joylashtirilgan qo`yilmalar transformatsiya oqimidan ortib ketishi oqibatida o`z likvidligini yo`qotishi mumkin.
Likvidlik prognozini baholash muammoli masala hisoblanadi, chunki u bankning aktiv operatsiyalari havf–xatarini baholash bilan bog`liq. O`zbekiston amaliyotida bu maqsad uchun O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chiqarilgan bank nazorati bo`yicha me`yoriy hujjatlariga asosan tijorat banklari tomonidan hisoblanadigan iqtisodiy me`yorlar xizmat qiladi. Likvidlik havf–xatari odatda bankning muayyan lahzada naqd pulni ancha yuqori bo`lgan bahoda sotilib olishga yoki o`z aktivlari qiymatini yo`qolishiga majbur qiladigan havf–xatardir. Bunda bank aktivlari tezda va qiymatini yo`qolishiga yo`l qo`ymasdan sotilganida likvid hisoblanadi. Bank passivlari bank ssudalarini raqobatchi banklar xarid qilayogan stavka bo`yicha sotib olishi mumkin bo`lgan taqdirdagina likvid hisoblanadi.
Bank balansining likvidligiga uning aktivlari kabi ta`sir qiladi. Aktivlarning umumiy summasida birinchi toifa likvid mablag`lari qancha ko`p bo`lsa, bankning likvidligi shuncha yuqori bo’ladi.
Demak aytish mumkinki, bank mijozlarning ishonchini qozonmoqda aslida ham mijoz bank uchun emas balki bank mijoz uchun qayg’urish kerak va ana shu qoidaga doim amal qilib ishlashi zarur bо’ladi. Banklar faoliyati samaradorligiga ularning kapitallashuv darajasi ham ta’sir kо’rsatadi. bank kapitali 2020 yil 2018 yilga nisbatan 4.0 milliard sо’mga yoki 130,8 foizga oshgan. Nizom jamg’armasi esa keyingi uch yilda о’zgarmagan.
О‘zbekiston bank tizimining о‘ziga xosligi shunda ham kо‘rinadiki, rasman muayyan ixtisosdagi (investitsiya, ipoteka, birja va boshqa) bank sifatida rо‘yxatga olingan kо‘pgina tijorat banklari vujudga kelgan holatga kо‘ra universal bank sifatida faoliyat yuritishga majbur bо‘lmoqda va oddiy bank –kredit bitimlarini amalga oshirish bilan kifoyalanmokda. Shu bilan birgalikda qarz mablag’larini byudjetga jalb qilish maqsadida davlat banklarni davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan faolroq operatsiyalar о’tkazishga diqqatini tortmoqda.
Aktiv va passivlarni boshqarishning asosiy maqsadi tavakkal qilishning eng past darajasi sharoitida daromad foiz tushumlari va harajatlari orasidagi farqni mumkin qadar oshirish yoki uni juda bо’lganda barqaror darajada saqlab turishdan iborat ekanligi malum. О‘zbekiston Respublikasida banklar tizimining rivojlanishini taxlili ustidan fikr yuritganimizda ularning ustav sarmoyalariga kо‘ra shakllanishi usullari о‘sib borayotganligi hamda banklar guruxlarining rivojlanayotganligi guvohi bо‘lamiz. Shuning uchun bank faoliyati samaradorligini oshirish uchun, uning likvidliligi va tо’lov qobiliyatini о’rganish hamda tavsiyalar berish kerak. bank resurslarining xajmi 2017 yilnig 1–yanvar xolatida о’tgan 2015 yil shu davriga nisbatan 1852.0 mln sо’mga yoki 128,8 foizga oshgan. Shu jumladan jalb qilingan depozitlar xajmi 3508,9 mln sо’mga yoki 156, 7 foizga, jalb qilingan aholi omonatlari 157,8 foizga va muddatli jamg’armalar 115,8 foizga oshgan.