Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə3/17
tarix25.07.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#137400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
amaliyotbank 33333

Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari___________________ ________
(F.I.O) (imzo)

(muhr o’rni)


1–mavzu. Тashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish(davomi)


1994–yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 311–sonli qaroriga asosan 8,0 mln. so'm ustav kapitali bilan Respublika ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat “G‘allabank” tashkil etildi va shu yilning 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank xizmatlari ko'rsatish uchun 45–sonli Bosh litsenziya berildi. Noyabr oyida bankka O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chet el valyutasida amaliyotlarni amalga oshirish huquqini beruvchi 20–sonli Bosh litsenziya berildi. Bank filiallari soni yil yakunigacha 12 taga yetkazilib, mutaxassislar soni 160 nafardan iborat bo'ldi. 1995–yilda Bank ustav kapitali 50 mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 7425 mln. so‘mdan ortdi.Bank O'zbekiston banklari uyushmasi ta'sischisi sifatida uyushma a'zoligiga kirdi. Bankning Qaraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyat markazlarida mintaqaviy filiallari, shuningdek, 6 ta tuman filiallari faoliyati yo'lga qo'yildi. Bank jamg'arma shoxobchalari soni 21 taga etib, umumiy ishlovchi mutaxassislar soni 561 nafardan iborat bo'ldi.
1996 – yilda Bank ustav kapitali 150 mln. so‘mni, aktivlar hajmi esa 10541 mln. so‘mni tashkil etdi.Bank O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani qo‘lga kiritdi.Respublika “Toshkent” fond birjasida 170–sonli brokerlik idorasi ochildi.Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy va vakolatli dileriga aylandi.Emissiya hajmi 370 mln. so‘mlik bank veksellari muomalaga chiqarildi hamda “O‘zdonmahsulot” DAK tomonidan don mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga yetishtirilgan don mahsulotlari uchun hisob–kitob qilish hamda kelgusi yil hosili uchun bo‘naklash maqsadida jami 6174 mln. so‘mlik veksellarni muomalaga chiqarilishda hamkorlik qildi.Filiallar soni 24 ta va jamg‘arma shoxobchalari soni 3 taga yetkazilib, xodimlar soni 718 nafarni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimiz moliya sektorida tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, risklarni boshqarishning zamonaviy tamoyillariga asosan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi auditidan muvaffaqiyatli o‘tib, muvofiqlik standartini qo‘lga kiritdi.“Qishloq Qurilish bank’’ aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bor.Qishloq qiyofasini va qishloq aholisining uy–joy sharoitlarini sifatli yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy–joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida hamda tasdiqlangan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturiga muvofiq:
“G‘alla–bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari qarori va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Markaziy bankining: “G‘alla–bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risidagi“ Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik–tijorat banki ustav kapitalini 150 mlrd. so‘m miqdorida shakllantirish, ulushlarni uning aksiyadorlari orasida muvofiq taqsimlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.Belgilansinki, “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi hamda mulkiy, moliyaviy va boshqa majburiyatlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini saqlash hamda o‘z vaqtida qaytarishni kafolatlovchi talablar bo‘yicha “G‘alla–bank” aksiyadorlik tijorat bankining huquqiy vorisi hisoblanadi. “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:uy–joy–kommunal, ijtimoiy soha va qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish borasidagi ehtiyojlarni amalga oshirishda aholi hamda yuridik shaxslarga kredit berish va bank xizmati ko‘rsatish;qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha uy–joylar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish hamda ta’mirlashni amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarga kredit berish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish;yangi, zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqaradigan, tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloqda obyektlar qurishning industrial va yig‘ma texnologiyalarini joriy etadigan barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarga kredit berish va kompleks tarzda bank xizmatlarini ko‘rsatish;qishloq qiyofasini sifatli yaxshilashni, qishloq joylarda muhandislik hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va takomillashtirishni, jumladan, yo‘llar, energiya va suv ta’minoti tizimlari, qishloq vrachlik punktlari, maktablar, bolalar sporti obyektlarini rekonstruksiya qilish, qishloq aholi punktlarini transport kommunikatsiyalari, ichimlik suvi, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi obyektlari, telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashni nazarda tutgan holda investitsiya faoliyatini olib borish, shuningdek loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish;universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi boshqa kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining resurs bazasini quyidagilar hisobidan qo‘shimcha shakllantirish manbalari borasidagi takliflari qabul qilinsin:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yillik 3 foizli foiz stavkasi bo‘yicha va 2010–yilda Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar hisobidan 5 yil imtiyozli davr bilan 170,0 mlrd. so‘mgacha miqdorda kamida 15 yil muddatga beriladigan maqsadli kredit liniyasi.xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy moliya–kredit tuzilmalarining maqsadli, uzoq muddatga mo‘ljallangan imtiyozli kreditlari, investitsiyalari hamda grantlari.“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan qo‘shimcha chiqariladigan aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni yuridik va jismoniy shaxslarga sotishdan tushadigan mablag‘lar.



Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin