Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari___________________ ________
(F.I.O) (imzo)
11–mavzu. Korxona (tashkilot)ning ishlab chiqarish va sotish (xizmat ko`rsatish, ish bajarish) faoliyatini o`rganish va tahlil qilish Onlayn xizmatlarimiz — internet tizimiga asoslangan qo‘shimcha zamonaviy kommunikatsion imkoniyatlardir. Biz sizni vaqtingizni tejash uchun, masofadan xizmat ko‘rsatishning turli variantlarini taklif etamiz. Ular bank xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtiradi va tezlashtiradi.
Internet banking — bu Qishloq Qurilish –bankning korporativ mijozlariga Internet tarmog‘idan foydalanib hisobraqamni masofadan boshqarish uchun to‘liq ko‘lamdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi dasturiy majmuadir.
Tizim yuridik shaxslarning, jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda kompaniyalarning hisobvaraqlarini masofadan boshqarish uchun mo‘ljallangan. Internet banking xizmatidan foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron kalitlar bepul beriladi. Bundan tashqari bank xizmatidan foydalanish uchun abonent to'lovi olinmaydi.
Internet bankingning imkoniyatlari:
Pul mablag‘larining harakati va hisobraqamidagi qoldiq mablag‘lar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar olish;
Qishloq Qurilish –bankka to‘lov hujjatlarini elektron ko‘rinishda jo‘natish;
Hisobraqam bo‘yicha amaliyotlarni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish;
Bankka elektron–raqamli imzo bilan imzolangan to‘lov hujjatlarini jo‘natish.
Qishloq qurilish bank SMS xabarchi xizmatini taklif qiladi. Bu Sizning biznesingiz uchun SMS–bildirishnomadir. Xizmat Sizga pul mablag‘larining hisobraqamga tushganligi va hisobrakamdan hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor tarzda olishingizga imkon beradi. Amalga oshirilgan amaliyotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar SMS–bildirishnomalar ko‘rinishida uyali telefoningizga kelib tushadi.
Siz 3 tagacha uyali telefon raqamlarini ulashingiz mumkin.
Xizmat ko‘rsatilganligi uchun vositachilik haqi bitta hisobraqam bo‘yicha bitta telefon raqami uchun bankning tarif rejasiga ko‘ra to‘lanadi.
Xizmatning asosiy afzalliklari
hisobraqam ustidan doimiy nazorat;
foydalanishning qulayligini va osonligi;
parametrlarni tizimning har bir foydalanuvchisi uchun yakka tartibda belgilanishi;
SMS ni qabul qilish funktsiyasiga ega bo‘lgan har qanday qurilma orqali foydalanish mumkinligi;
Xizmat O’zbekistondagi barcha uyali aloqa operatorlari bilan ishlaydi.