Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari___________________ ________
(F.I.O) (imzo)
13–mavzu. Bitiruv malakaviy ishi mavzusiga oid korxonadagi mavjud muammolar va ularni hal etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishlari va mazmunini o’rganish Maʼlumki, banklar moliya tizimining ajralmas qismi bo‘lib, bozor va ishlab chiqaruvchilar talablari bilan chambarchas bog‘liq holda faoliyat olib boradi. Ular jahon iqtisodiy hayotining markazida joylashgan bo‘lib, ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchilarning ehtiyojlariga xizmat ko‘rsatish orqali sanoat va savdoni, qishloq xo‘jaligi va aholini o‘zaro bog‘laydilar.
Tijorat banklarining raqobatbardoshlikni taʼminlashida eng samarali yo‘li mijozlarning unga bo‘lgan ishonchini qozonish va ular uchun barcha qulayliklarni yaratish, shuningdek, xizmatlar turi, sifati va tezkorligini oshirish hisoblanadi. Banklar raqobatbardoshlikni taʼminlashi uchun zamonaviy bank xizmatlarini joriy etishga, yangi texnologiyalardan foydalanishga yanada ko‘proq ehtiyoj sezmoqdalar.
Respublikamiz prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2020–yil “Ilm–maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” davlat dasturida Joriy yilda “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish bo‘yicha tub burilish qilishimiz kerak.
Birinchi navbatda, qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog‘liqni saqlash, taʼlim, arxiv va iqtisodiy sohalarini to‘liq raqamlashtirish lozim. Shuningdek, “Elektron hukumat” tizimini, amalga oshirilayotgan dasturlar va loyihalarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, barcha tashkiliy va institutsional masalalarni kompleks hal etish zarur.Aholining turmush darajasi yaxshilanishi, zamonaviy bilimlarni egallashi natijasida ularning yangi moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talablari ortmoqda. Tijorat banklari xizmatlarning tezkorligi, sifati, to‘g‘riligi, xavfsizligi va ishonchliligi bank mijozlarining talabidir. Zamonaviy masofaviy bank xizmatlari ana shu talablarga javob bera oladi.
Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari___________________ ________
(F.I.O) (imzo)
4–kurs I–50 guruh talabasi ___________________________________________