Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə13/17
tarix25.07.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#137400
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
amaliyotbank 33333

Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari___________________ ________
(F.I.O) (imzo)

12–mavzu.Marketing faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish
ATB “Qishloq qurilish bank” marketing xizmatidan unumli foydalanish uning samaradorligini oshirish maqsadida bankning innovatsion strategiyasini ishlab chiqish zarur deb hisoblaydi. Bank mijozlariga xizmat koʼrsatishda bir necha strategiyalarni amalga oshirish muvaffaqiyatga erishishga imkoniyat beradi. Ushbu strategiyalar quyidagicha:
1. Moliyaviy barqaror boʼlgan ishonchli mijozlar bilan munosabatlarni takomillashtirishni kengaytirish.
2. Munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish. Bunda bank mijozlarning soʼrovlarini oʼrganish va ularga yangi sifatli xizmatlar taklif etish lozim.
3. Xizmatlar taqdim etish jarayoni sifatini takomillashtirish strategiyasini tanlash. Bankning raqobatbardoshlik darajasi pastligi va mijozning jalb etuvchanligi yuqoriligi bankni qatʼiy harakatlardan foydalanishga majbur qiladi. Mijozlar uchun ularning ushbu bankda xizmat koʼrsatishdan manfaatdorligini hisobga olgan holda xizmatlar taqdim etish va narxlar taklif qilish muhim ahamiyatga ega. Shu tariqa, bu mijozlarga xizmatlar taqdim etishda bank raqobatbardoshligi sezilarli darajada yaxshilanishi lozim.
4. Bankning barcha xizmat turlarini saqlash va taklif etish. Jalb etuvchanlik darajasi oʼrtacha boʼlgan mijozlar va raqobatbardoshligi yuqori boʼgan bank ularga xizmat koʼrsatishda boshqalardan ajralib turadigan, jalb etuvchan mijozlarni jalb qilish imkoniyatiga ega boʼlmasdan «oʼrtacha» mijozlar uchun kurashga bor eʼtiborini qaratishi mumkin boʼlgan raqobatchi banklar taʼsiridan ehtiyot boʼlishi lozim. Bunda bank mustahkam pozitsiyalarga ega boʼlgan holda ham xuddi shunday xizmatlar koʼrsatiladigan bozorda raqobatchilarning harakatlarini nazorat qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
5. Mijozlarga bank xizmatlarini tanlab olgan holda koʼsatishni amalga oshirish. Raqobatbardoshlik darajasi oʼrtacha boʼlgan bank tomonidan jalb etuvchanligi oʼrtacha boʼlgan mijozlarga xizmat koʼrsatishda foydalaniladi.
Bugungi kunda banklararo raqobatning kuchayishi, axborot texnologiyalarining taraqqiyoti hamda bank xizmatlariga boʼlgan talabning oshishi yangidan yangi bank xizmatlarining keng miqyosda joriy etilishi natijasida respublika boʼyicha jami moliyaviy xizmatlar tarkibida tijorat banklari xizmatlari ulushi 87.1% foizni tashkil etib, bu koʼrsatkich yildan yilga oshib bormoqda.
Bu borada xizmatlar tarkibi ham tubdan oʼzgarib borayotganligini taʼkidlash joiz. Mobil aloqa, yuqori tezlikda ishlaydigan internet, kabelli televizion aloqa, masofaviy bank xizmatlari, qishloq xoʼjaligi texnikasi, avtomobillar va texnologik uskunalarni taʼmirlash va ularga xizmat koʼrsatish kabi zamonaviy yuqori texnologiyalar asosidagi xizmat turlari aholi oʼrtasida tobora ommalashib bormoqda.
Bugun jahon boʼyicha internet tarmogʼidan foydalanuvchilar soni 3,5mlrd.dan ortgan. Ularning aksariyat qismi, yaʼni 2,5 mlrd. nafari rivojlanayotgan mamlakatlar fuqarolaridir. Internetdan foydalanish kengayib borishiga oid tendentsiyaning dinamikasini baholash uchun
Butunjahon elektraloqa uyushmasi qayd etgan raqamlarni quyida keltirib oʼtsak: soʼnggi 15 yil davomida internet foydalanuvchilari ulushi qariyb yetti barobar, yaʼni 6,5 foizdan 43 foizga oʼsgan .
Soʼnggi besh yilda anʼanaviy maishiy va kommunal xizmatlar ulushi 16 foizdan 9,5 foizga tushdi, yuqori texnologiyalar asosidagi xizmatlar ulushi esa 21,2 foizga qadar koʼtarilgan.
Yuqori texnologiyalarga asoslangan xizmatlar orasida keyingi yillarda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari boshqa sohalarga nisbatan jadal rivojlanib, ushbu xizmatlar hajmi soʼnggi besh yilda 3,3 barobar, oʼtgan yili esa 24,5 foizga oʼsgan.
Hozirgi kunda, respublikamizda toʼlovlarni naqd pulsiz amalga oshirishning innovatsion shakllariga boʼlgan ehtiyoj muttasil ortib borishi natijasida, tadbirkorlik subʼektlari va aholi tejamli, kam vaqt va harakat sarflagan, yuqori axborot texnologiyalaridan foydalangan holda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, maʼlumot olishga koʼproq extiyoj sezmoqda.
Аyni paytda barcha tijorat banklari Internet tarmogʼidaoʼzlarining web–saytlarini ochib, ular bank faoliyati, yangi xizmat turlari va shartlari, mijozlar manfaatiga tegishli maʼlumotlarni berib borishmoqda.

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin