Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari___________________ ________
(F.I.O) (imzo)
(muhr o’rni)
3–4–mavzu. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha amaliy ma’lumotlarni o’rganish, tizimlashtirish, qayta ishlash va tahlil qilish So‘nggi yillarda mamlakatimiz tijorat banklari faoliyatida bank xizmatlarini takomillashtirishga eʼtibor yildan–yilga oshib bormoqda. Shunga qaramay chakana bank xizmatlari bozorida banklar faoliyatini yanada rivojlantirish, mijozlarni bank xizmatlariga bo‘lgan talabini maksimal darajada qondirish maqsadida banklarimirz oldida turgan asosiy vazifalardan biri bank xizmatlari rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish, ularni banklar faoliyatiga joriy etishdir.
Yevropa banklarida chakana bank xizmatlari bozoriga etkazib beriladigan xizmatlari sifatini oshirishga bo‘lgan eʼtiborning yuqoriligiga sabab, etarlicha rivojlangan chakana xizmatlar bozorida aynan etkazib berilayotgan xizmat sifati bankning raqobatbardoshlik darajasini belgilab beradi. Chakana bank xizmatlarini etkazib berishda sifatli xizmat ko‘rsatishning asosiy meʼzonlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
–xizmatning hammabob va oddiyligi. Bunda kerakli xizmatlarni minimal harajat va kam vaqt sarflab, qulay vaqt va joyda ko‘lga kiritish imkoniyati tushiniladi.
–xizmat ko‘rsatish omillarining moddiy holati. Bank binosining ichki ko‘rinishi, orgtexnika, hodimlarning tashqi ko‘rinishi, axborot materiallari va boshqalar kiradi.
–xizmat ko‘rsatadigan bank hodimining tayyorgalik darajasi–bank hodimining chuqur bilimga ega ekanligi va maʼsuliyatliligi, o‘z ishiga ijodiy yondashishi tushuniladi. Barcha bank xizmatchilari xizmatlarni taklif etish xususiyatlari va mijozlar bilan muloqot qila olish fazilatlari bo‘yicha mahsus uqish kurslaridan o‘tishlari darkor.
–bank xizmati xususiyati – bankda hodim ko‘rsatiladigan xizmatni to‘lik, mijoz uchun tushunarli ravishda etkazib bera olishi.
–xizmatning ishonchliligi – bank xizmati aniq ko‘rsatilgan talablarga asoslanib vaqtida etkazib berilishi.