Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari___________________ ________
(F.I.O) (imzo)
(muhr o’rni)
3–4–mavzu. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha amaliy ma’lumotlarni o’rganish, tizimlashtirish, qayta ishlash va tahlil qilish(davomi)
Statistik maʼlumotlarga ko‘ra bugungi kunda Rossiyada 500–600 ming inson Internet–banking xizmatidan to‘liq foydalanadi. Taqqoslash uchun quyidagilarni ko‘rishimiz mumkinki, AQShning WellsFargo banki 4,2 mln kishiga, Shvetsiyaning Swedbank banki 1,5 mln kishiga, Finlandiyaning Nordia banki 1,2 mln kishiga, Buyuk Britaniyaning FirstDirect banki esa 1 mln. dan otriq kishiga internet orqali xizmat qiladi. ING (Niderlandiya) banki “INGDirect” nomi ostida buyuk Britaniya bozoriga chiqish uchun 6 oy ichida 250 mingdan ortiq yangi mijozlarni jalb qildi. Yuqoridagi natijalarga qarab aytishimiz mumkinki, O‘zbekistonda Internet–banking etarli darajada amal qilmaydi. Yirik mamlakatlarda Internet–bankingdan foydalanish ko‘rsatkishlari yukoriligining sabablari qanday?
Masalan, internet orqali Rossiyaning Moskva banki orqali yo‘l chekiga buyurtma berish, Sitibank orqali esa kredit bo‘yicha to‘lovlar grafikini olish mumkin. Ushbu virtual banklarning ilk ko‘rinishlari AQShda paydo bo‘lanligi tufayli bugungi kunga kelib AQShda ushbu banklarning juda ko‘plab turlari mavjud, ular AQSH bank tizimida o‘ziga xos o‘rinni egallaydilar.
Mamlakatimiz tijorat banklari aktivlari moddalari xususida keltirilgan maʼlumotlari asosida ularning likvidliligini tartibga solish holati bo‘yicha quyidagi xulosalarni shakllantirishimiz mumkin:
– mamlakatimiz tijorat banklari likvidliligini tezkor tartibga solish va manipulyasiya qilish imkoni mavjud emas, chunki aktivlari tarkibida yuqorilikvidli aktiv moddalar ayrimlari umuman yo‘q, mavjudlarining ham ulushi juda past darajada;
– tijorat banklari aktivlari tarkibida kredit quyilamalarining ulushini yuqori ulushga egaligi likvidlilikni tartibga solish bilan bog‘liq risk darajasini oshiradi. Yurtimizda har yuz ming katta yoshdagi aholiga 49,7 ta bank muassasasi to‘g‘ri kelayotgani, har ming kishi nomiga 1 ming 28 ta bank hisobraqami ochilgani xalqaro normalar bo‘yicha «yuqori” degan baho ko‘rsatkichiga mos keladi”.
Dostları ilə paylaş: |