Tijorat banklari foydasining samaradorlik ko’rsatkichlari tahlili
Tijorat banklari samaradorlik ko‘rsatkichlari oshirish yo‘llari. foydalilik bankning o‘z mablag‘larini ko‘paytirishning eng ishonchli manbai bo‘lib, bu mablag‘lar bank faoliyatidan ko‘riladigan zararlarni qoplashga sarflanishi mumkin. Bundan tashqari bankning rentabellik darajasi asossiz ravishda ancha yuqori bo‘lmasligi lozim, chunki yuqori darajadagi rentabellik katta zararlar xatari bilan birga keladi. Eng yaxshi boshqariladigan bank o‘z xarajatlarini qat’iy nazorat qila olishi va kredit layoqatli qarz oluvchilarni to‘g‘ri tanlay olish evaziga o‘rtachadan yuqoriroq rentabellikka erisha oladi
ko’rsatkichlari41 (%da)
Ko’rsatkichlar
|
2012-yil
|
2013-yil
|
2014-yil
|
1.
|
Aktivlar rentabellligi(ROA)
|
2,05
|
1,91
|
1,70
|
2.
|
Kapital rentabelligi(ROE)
|
12,18
|
13,73
|
13,86
|
3.
|
Sof foizli marja
|
4,13
|
4,25
|
4,57
|
4.
|
Foizli spred
|
4,46
|
4,54
|
4,59
|
5.
|
Foizli daromadlar/daromad
keltiruvchi aktivlar
|
9,60
|
9,88
|
10,55
|
6
|
Daromadli aktivlar/umumiy aktivlar
|
72,33
|
76,22
|
79,07
|
Yuqoridagi jadvalda O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining bir necha rentabellik ko’rsatkichlari tahlil qilingan. Birinchi ko’rsatkich bu aktivlarning rentabelligi, uning darajasi 2012-yil yakunlari bo’yicha 2,05%ni, 2014-yil
yakuni bo’yicha esa 1,70 %ga kamaygan. Bu ko’rsatkichning muqobil darajasi 0,5%ni tashkil etadi. Demak O’zbekiston banklarining rentabilligi ko’rsatilgan me’yordan 3 barobar ko’pdir. Kapitalning rentabilligiga qo’yilgan minimal talab darajasi 10%ni tashkil etadigan bo’lsa, bizning tijorat banklarimiz kapitalining rentabelligi esa2012-yilda 12,18%n, 2014-yilda 13,86%i ko’rsatadi. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan sof foizli marja muqobil miqdori 4,5% qilib belgilangan bo’lsa, 2013-yil yakuni bo’yicha respublikamiz banklarida bu ko’rsatkich 4,25%ni tashkil etgan. Foizli spred ko’rsatkichi tijorat banklarida 2014-yilda 4,59%ni hosil qilgan. Bu ko’rsatkichga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan qo’yilgan talab 1,25% bo’lsada, bizda inflatsiya sezilarli yuqoriligi uchun, unga inflatsiya darajasi ham qo’shiladi. Ya’ni uning O’zbekiston banklari uchun talabi 7,45%ni tashkil qiladi. Foizli daromadlar 2014-yilda jami daromad keltiruvchi aktivlarning 10,55%ni tashkil etgani va daromad keltiruvchi aktivlarning jami aktivlardagi ulushi 76,22% ni ko’rsatkani ijobiy holat. Tijorat banklari faoliyatida ular foydasining samaradorlik ko’rsatkichlari tahlili muhim ahamiyatga ega. Chunki, ular faoliyatining natijaviyligi, foydaliligi va rentabelligi bevosita shu ko'rsatkichlarga bo'g'liq.
Jahon banki mutaxassislarining tavsiyasiga ko’ra tijorat banklari foydaliligini baholovchi ko'rsatkichlarning belgilangan me’yor darajasi quyidagi jadval ma'lumotlari yordamida ko'rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |