Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod


-rasm. Tijorat banki foydasining taqsimlanish tartibi26



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə11/19
tarix18.05.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#116435
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Foiz va Foizsiz

4-rasm. Tijorat banki foydasining taqsimlanish tartibi26


Shuni alohida ta’kidlash joizki, tijorat banklarida moliyaviy natijalar, ayniqsa ular sof foydasining buxgalteriya hisobining maqsadi – hisob tizimi va foydalanuvchilar uchun bank faoliyati natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni tan olish, hisoblash, ularni jamlash va ularni aniq yetkazib berishdir. Bugungi kunga kelib mamlakatimiz bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar banklar barqarorligini yanada mustahkamlash, ularning likvidligini va kapitallashuv darajasini oshirish hamda investitsion faolligini kuchaytirish, yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishni ta’minlash, moliya – bank tizimi qonunchilik bazasini takomillashtirish va banklar faoliyatini yanada erkinlashtirishga qaratilgandir.
    1. Respublikamiz tijorat banklari foydasining joriy holati tahlili


Tijorat banklari moliyaviy natijalarini, shu jumladan foydani tahlil qilish uchun ma’lumotlarni asosan, banklar buxgalterii balansi, «Foyda va zararlar to’grisidagi xisobot»lardan, hamda audit tekshiruvi, yig’ilishlar bayonnomalaridan, zaruriyat tugilganda buxgalteriya hisobining anamitik






26 Sh. Abdullayeva “Bank ishi” darslik yordamida muallif tomonidan mustaqil tayyorlandi
yozuvlaridan olish mumkin. Shuni aytish joizki, tijorat banklari ularning faoliyat turlari va mijozlarining shug’ullanadigan faoliyat turlariga bevosita bog’liq. Daromad va xarajatlarning tarkibi ham muhim ahamiyatga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, qaysidir banklar asosiy daromad olish manbasi sifatida kredit operatsiyalarini amalga oshiradi, qolgan ba’zi banklar investitsiya faoliyatini amalga oshiradi. Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida daromad va xarajatlari tarkibini ko’rib chiqamiz.

4-jadval O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida daromad va xarajatlar


tarkibi27(%)



Ko’rsatkichlar

2012-yil

2013-yil

2014-yil

Jami daromadlar:

100,0

100,0

100,0

- kreditlardan olingan daromadlar

57,46

59,76

62,10

- komission daromadlar

31,97

29,91

27,65

- xorijiy valutadagi daromadlar

4,05

4,25

4,12

- tijorat operatsiyalardan daromad

0,0008

0,0016

0,0005

- investitsiyalardan daromadlar

1,27

1,07

0,59

-boshqa daromadlar

5,25

5,00

5,54

Jami xarajatlar:

100,0

100,0

100,0

- foizli xarajatlar

37,53

39,54

40,81

- komission xarajatlar

7,43

6,87

6,29

- xorijiy valutalardan zararlar

2,28

1,34

1,53

- sotib olishdagi zarar

0,0

0,0

0,0

- investitsiyalardan zararlar

0,001

0,009

0,014

- boshqa xarajatlar

0,13

0,14

0,08

- operatsion xarajatlar

43,14

42,60

41,98

- soliqlar, rezerv va boshqa

9,39

9,50

9,30



27 Рeйтинговое Агентсво “Ahbor-reyting”, “Аналитический обзор банковского сектора Узбекистана по итогам 2013 года”. Февраль, 2014 год.
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, daromadlar tarkibida yuqori darajani kreditlardan olingan daromadlar tashkil etadi. Bu 2012- yili 57,46%ni tashkil etgan bo’lsa, 2014-yil bu 62,10 foizni tashkil etdi. Komission daromadlar miqdori 2014-yil yakunlari bo’yicha jami daromadlarning 27,65 foizni tashkil etadi. Banklarimizning asosiy daromad manbalari ma’lum bir soha bilan cheklanib qolgani yaxshi holat emas. Shuning uchun daromad sohalarini diversifikatsiya qilish kerak. Xarajatlar tarkibiga qaraydigan bo’lsak eng yuqori ulushni operatsion xarajatlar tashkil etmoqda. Albatta bu ham yaxshi holat emas, bank imkon boricha operatsion xarajatlar salmog’ini kamaytirishi lozim. Hozirgi kunda tijorat banklarining foydasi quyidagi yo‘nalishlarda foydalanilmoqda: ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanayapti; aksiyadorlarga dividend sifatida berilayapti; byudjetga to‘lovlar amalga oshirilayapti; bank xodimlari o‘rtasida taqsimlanayapti; bank kapitali miqdori oshirilayapti.
Tijorat banklari foydasi tahlilining asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar:

  • faoliyat moliyaviy natijalarini (foyda yoki zarar) aniqlash;

  • foydaning belgilangan reja, o’tgan davrlardan farqini o’rganish;

  • foydaning tarkibi: daromadlar, xarajatlar qanday o’zgarganligini o’rganish hamda bu o’zgarish sabablarini aniqlash;

  • faoliyat davomida tejamkorlikga rioya qilinganligini o’rganish;

  • rentabellik (foydalilik) ko’rsatkichlarini aniqlash va ularning qanday o’zgarayotganliklarini o’rganish;

  • xarajatlarini kamaytirib, daromadlarini ko’paytirib, foydasini ko’paytirish ichki imkoniyatlarini aniqlash va shu kabilar.

Quyidagi 7-jadval ma'lumotlaridan shuni ko'rishimiz mumkinki, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan barcha tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari 2013-2014-yillar davomida o'sish tendensiyasini tashkil qilgan. 2013-yil davomida banklarning jami daromadlari 1 994 037,7 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2014-yil davomida jami daromadlar o’tgan yilda nisbatan 16,2 foizga oshib, 2 317 867,9 ming so’mga yetgan.



Tijorat banklari jami daromadlari tarkibi va dinamikasi 28


  1. jadval






Ko'rsat- kichlar



2013-yil
31-dekabr

2014-yil
31-dekabr

O'zgarishi (+;- )

Summa
(mln. so'm)

%
da

Summa
(mln.so'm )

%
da

Summa
(mln. so'm)

%
Da

1

Foizli
daromadlar

1 299 000,8

65,1

1 565 870,5

67,5

266 869,7

20,5

2

Foizsiz
daromadlar

695 036,9

34,9

751 997,4

32,5

56 960,4

8,1

3

Jami
daromadlar

1 994 037,7

100

2 317 867,9

100

32 3830,2

16,2

Foizli daromadlar joriy yilda o’tgan yilda nisbatan 20,5 foizga o’sgan bo’lsa, foizsiz daromadlar o’tgan 2013-yilga nisbatan 8,1 foizga oshganligini ko’rishimiz mumkin. Quyidagi 8-rasmda 2013-2014-yillarda tijorat banklarining jami foydasini ko’rishimiz mumkin.

    1. rasm. Tijorat banklarining jami foydasining o’sish dinamikasi29






28 Рeйтинговое Агентсво “Ahbor-reyting”, “Аналитический обзор банковского сектора Узбекистана по итогам 2013 года”. Февраль, 2014 год.
29 Рeйтинговое Агентсво “Ahbor-reyting”, “Аналитический обзор банковского сектора Узбекистана по итогам 2013 года”. Февраль, 2014 год.

Yuqoridagi ma’lumotlar asosida shuni aytish mumkinki, barcha tijorat banklarining sof foydasi 2014-yilda 2013-yilga nisbatan o’sgan. 2014-yilda jami sof foyda 772 173 mln. so’mni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 24,09 foiz o’gan. Har bir tijorat bankiga to’g’ri keladigan sof foyda ham o’sish dinamikasiga ega. 2014-yilda bu ko’rsatkich 29 698 mln.so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2013-yilda esa 23 932 mln. so’mni tashkil etgan.
Quyidagi 8-jadvalda AT “Aloqa bank”ning foizli daromadlarining 2012-2014-yillar oralig’idagi holatini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.

      1. jadval

AT “Aloqa bank” ning foizli daromadlari (ming.so’mda)30



Foizli daromad



2014-yil
31-dekabr

2013-yil
31-dekabr

2012-yil
31-dekabr

Farqi
(so’m)

Farqi
(foiz)

Kreditlar bo'yicha
foizli daromad

85 208 238



63 880 185



51 104 312



34103926


24,99


O'zR Markaziy banki va boshqa banklar hisobvaraqlari bo'yicha foizli
daromad

895 434

734 528

1 049 336

-153 902

-30,0

So'ndirilguncha ushlab turilgan investitsiyalar bo'yicha foizli
daromad

498 630



431 342



907 672



-409042


-52,47


Boshqa foizli
daromadlar

35 441



38 060



24 452



10989


55,65


Jami:

86 637 743

65 084 115

53 085 772

33551971

22,60

Yuqoridagi jadval asosida AT “Aloqa bank”ning foizli daromadlari 2014- yilda 2012-yilga nisbatan ko’paygan. Joriy yilda bankning foizli daromadlari


30 Bank axborotnomasi. N 18-19 (989-990), 2015-yil 30-aprel.
86 637 743 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2012-yilga esa bu ko’rsatkich 53 085 772 ming so’mni tashkil etgan. Oshgan daromad miqdori 33 55 971 ming so’mni tashkil etgan. Bank daromadlarining o’sishiga kredit bo’yicha foizli daromadlarning ulushining ko’payishi asosiy sabab bo’lgan. Kredit bo’yicha foizli daromadlar 2014-yilda 85 208 238 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich o’tgan 2012-yilda 51 104 312 ming so’mni tashkil qilgan. Bundan shuni aniqlashimiz mumkinki, bankning kredit bo’yicha foizli daromadlari 2014-yilda deyali 30,0 foizga oshib, ko’paygan summa 34103926 ming so’mni tashkil qilgan. Shuni yana alohida ta’kidlash lozimki, boshqa foizli daromadlar ham 2014-yilda 2012-yilda nisbatan oshgan.
AT “Aloqa bank”ning foizli daromadlari guruhidan ba’zi bir daromadlari o’tgan yil bilan taqqoslanganda kamayganligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
Bu foizli daromadlar guruhiga O'zR Markaziy banki va boshqa banklar hisobvaraqlari bo'yicha foizli daromad, so'ndirilguncha ushlab turilgan investitsiyalar bo'yicha foizli daromad misol bo’ladi. Har bir daromad turini alohida tahlil qiladigan bo’lsak, so'ndirilguncha ushlab turilgan investitsiyalar bo'yicha foizli daromad 2014-yilda 498 630 ming so’mni tashkil qilgan bo’sa, 2012-yilda bu ko’rsatkich 409 042 ming so’mni tashkil qilgan. O’tgan yilga nisbatan so'ndirilguncha ushlab turilgan investitsiyalar bo'yicha foizli daromad 52,47 foizga kamayganligini guvohi bo’lamiz.
Yuqoridagi jadval asosida AT “Aloqa bank”ning foizsiz daromadlari 2014-yilda 2012-yilga nisbatan ko’paygan. Joriy yilda bankning jami foizsiz daromadlari 41 909 544 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2012-yilga esa bu ko’rsatkich 28 522 526 ming so’mni tashkil etgan. Bank daromadlarining oshishiga xizmatlar va vositachlik haqlari uchun oladigan foizsiz daromadlarining ulushining ko’payishi asosiy sabablardan biri bo’lgan. Joriy yilda xizmatlar va vositachilik haqlaridan olingan daromadlarning qiymati 40 761 079 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, o’tgan yilning shu davrida 21
988 193 ming so’mni tashkil etgan.

      1. jadval

AT “Aloqa bank”ning foizsiz daromadlari ( ming so'mda)31


Foizsiz daromad



2014-yil
31-dekabr

2013-yil
31-dekabr

2012-yil
31-dekabr

Farqi
(so’mda)

Farqi
(foizda)

Xizmatlar va vositachilik haqlaridan olingan
daromad

40 761 079



28 505 274

21 988 193

18772886

29,64

Xizmatlar va vositachilik haqlarini to'lash bo'yicha
xarajatlar

5 302 141

4 135 985

3 825 447

1476694

8,12

Savdo
operatsiyalarida n foyda(zarar)

249 653

338 991

1 303 105

-1053452

-73,98

Valuta
operatsiyalarida n foyda(zarar)

3 319 138

1 855 506

1 086 059

2233079

70,85

Dividendlar
shaklidagi daromadlar

41 244

67 137

68 619

-27375

-2,16

Investitsiyadan
foyda (zarar)

1 258 990



934 955



4 460 720



-3201730


-79,04


Boshqa operatsion
daromadlar

1 581 581

8 660 993

3 441 277

-1859696

151,68

Jami foizsiz
daromadlar

41 909 544



36 226 871



28 522 526



13387018


27,01


Bundan shuni ko’rish mumkinki, daromadning bu turi o’tgan yilda nisbatan 29,64 foizga oshib, 18772886 ming so’mni tashkil etgan. Shuningdek, tijorat bankining valuta operatsiyalaridan olgan daromadlari ham o’tgan yilga nisbatan oshgan. Joriy 2014-yilda bu daromadlar 3 319 138 ming so’mni tashkil etgan




31 Bank axborotnomasi. N#18-19 (989-990), 2015-yil 30-aprel.
bo’lsa, 2012-yilning shu davrida 1 086 059 ming so’mni tashkil qilgan. Demak, valuta operatsiyalardan olgan daromadlar 70,85 foizga oshib, oshgan summa
2 233 079 so’mni tashkil etgan.
Sof foydasi miqdori bo’yicha 1-oltitalik tijorat banklarini ko’rishimiz mumkin:


    1. rasm. Sof foydasining miqdori bo’yicha birinchi oltitalik tijorat banklari32


Quyidagi rasmdan shuni ko’rishimiz mumkinki, 2014-yilda sof foydasining miqdori bo’yicha yetakchilikni TIF Millliy bank egallagan. Joriy yilda sof foydasi 102 181 mln. so’mni tashkil etgan. 2-o’rinda DAT Xalq bankining sof foydasi tashkil etgan. Keyingi o’rinlarda Asaka bank, Ipoteka bank, Asia alliance bank va SQB ning sof foydasi tashkil etgan.
Yuqoridagi jadval asosida o’nida shuni aytish mukinki, AT “Aloqa bank”ning foizsiz xarajatlari 2014-yil 31-dekabr holatida o’tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli ravishda oshgan. 2014-yil davomida bankning jami operatsion xarajatlari 44 801 866 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2013-yil davomida bu xarajatlar tarkibi 36 712 834 ming so’mni tashkil etgan.
Joriy yilda bank tomonidan amalga oshirilgan foizsiz xarajatlar o’tgan yilga nisbatan 8 089 032 ming so’m ko’pni tashkil etgan. Buning asosiy sabablari esa operatsion xarajatlar tarkibining o’tgan tilga nisbatan o’zgarishi hisoblanadi.
32 Рeйтинговое Агентсво “Ahbor-reyting”, “Аналитический обзор банковского сектора Узбекистана по итогам 2013 года”. Февраль, 2014 год.

  1. Foizsiz
    xarajatlar

    2014-yil
    31-dekabr

    2013-yil
    31-dekabr

    2012-yil
    31-dekabr

    Farqi
    (so’mda)

    Foizda
    (foizda)

    Xodimlarning ta’mininotiga sarflangan
    xarajatlari

    28243 168



    18912 242



    15 821890



    12421278


    19,53


    Ijara va taminot
    xarajatlari

    1 584 788

    1 306 803

    1 189 875

    394 913

    9,82

    Transport va xizmat safarlari
    xarajatlari

    501 699



    550 769



    298 286



    203 413



    118,17


    Ma'muriy
    xarajatlar

    14178 875

    12530 586

    11032 629

    3146 246

    13,58

    Asosiy
    vositalarning eskirishi

    4 642 367



    3 959 671



    2 547 287



    2 095 080



    55,45


    Sug'urta, soliq va boshqa xarajatlari

    8 557 478



    6 521 362



    5 619 420



    2 938 058



    16,05


    Ehtimoliy zarar
    zahiralari bahosi

    -

    223310

    -

    223 310




    Boshqa
    operatsion xarajatlar

    287 496



    797 123



    203 447



    84 049



    291,8


    Jami foizsiz
    xarajatlar

    57 996 141

    44 801 866

    36 712 834

    21283 307

    22,03



    jadval AT “Aloqa bank”ning foizsiz xarajatlari tarkibi (ming so'mda)33

Xodimlarni taminlash xarajatlari 2013-yilda15 821 890 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2014-yilga esa 18 912 242 ming so’mi tashkil etgan bo’lib, o’tgan yilga nisbatan 3 090 352 ming so’mga oshib, 19,53 foiz ko’paygan. AT “Aloqa bank” joriy yilda xodimlarning ish haqlari, mukofotlar va boshqa to’lovlarni ko’paytirgan. Keyingi ijara va taminot xarajatlari o’tgan 2013-yilda 1 306 803 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, joriy moliya yili davomida 1 189 875


ming so’mni tashkil etgan. Bu o’z navbatida o’tgan yilga nisbatan 9.82 foizga oshib, 116 928 ming so’mni tashkil etgan.

  1. jadval

AT “Aloqa bank”ning foizli xarajatlari tarkibi (ming so’mda)34


Foizli xarajatlar

2014-yil 31-dekabr

2013-yil 31-dekabr

2012-yil 31-dekabr

Farqi (so’mda)

Farqi (% da)

Talab qilib olinguncha depozitlr bo'yicha
foizli xarajatlar

419 867



667 050



509 014



-89 147



-19,05


Jamg'arma depozitlar bo'yicha
foizli xarajatlar

3 990 593



11 714 836



9 976 146



-5985 553



-57,42


Muddatli
depozitlar bo'yicha foizli xarajatlar

22 761 149



14 487 364



12 532 721



10228428


85,59


Boshqa banklarga to'lanadigan mablag'lar bo'yicha
foizli xarajatlar

14 710 965



7 983 115



5 340 844



9370121


139,47


Boshqa qarz mablag'lari bo'yicha foizli
xarajatlar

264 633



307 031



514 568



-249 935



-40,33


Chiqarilgan qarz qimmatli qog'ozlar bo'yicha foizli
xarajatlar

1 202 794



1 209 436



756 493



446 301



59,87


Jami foizli
xarajatlar

43 350 001

36 368 832

29 629 786

13720215

22,74

Sof foizli daromad

43 287 742

28 715 283

23 455 986

19831756

22,42

Kreditlar bo'yicha
ehtimoliy zararlar zahirasini baholash

1 853 026



1 100 480



883 797



969 229



24,51


Zaxirani baholash chegirib tashlanganidan keyingi sof foizli
daromad

41 434 716

27 614 803

22 572 189

18862527

22,34

AT “Aloqa bank”ning foizli xarajatlari 2014-yil 31-dekabr holatida 2012- yilning shu davriga nisbatan sezilarli ravishda oshgan. Bankning jami foizli
daromadlari 2014-yilda 43 350 001 ming so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2012- yilda bu ko’rsatkich 29 629 786 ming so’mni tashkil qilgan. Foizli xarajatlar o’tgan yilga nisbatan 31,05 foizga oshib, ko’paygan foizli xarajatlar 13 720 215 ming so’mni tashkil qilgan. Bankning foizli xarajatlar guruhlarining har birini tahlilini ko’rib chiqadigan bo’lsak, eng katta ulushni bankning muddatli depozitlar bo'yicha foizli xarajatlari tashkil etgan bo’lib, bu ko’rsatkich 2014- yilda 22761 149 ming so’mni tashkil etgan bo’sa, 2012-yil davomida esa 12532 721ming so’m bo’lgan. Boshqa banklarga to'lanadigan mablag'lar bo'yicha foizli xarajatlar ham bankning xarajatlari ichida salmog’li ulushni tashkil etgan. 2014-yilda bu foizli xarajat miqdori 14 710 965 ming so’mni tashkil etgan. 2012-yilda esa boshqa banklarga to'lanadigan mablag'lar bo'yicha foizli xarajatlar 5 340 844 ming so’mni tashkil qilib, 2014-yilga nisbatan 49,47 foizda kamayib, kamaygan summa 2 9370121 ming so’mni tashkil qilgan.
AT “Aloqa bank”ning depositlar bo’yicha foizli xarajatlaridan talab qilib olinguncha depozitlr bo'yicha foizli xarajatlar joriy 2014-yilda 419 867ming so’mni tashkil qilgan. Depositning bu turi bo’yicha xarajat 2012-yilda 509 014 ming so’mni tashkil qilgan.

    1. rasm. AT “Aloqa bank” jami daromadlarining o’sish dinamikasi (mimg so’mda)35


Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan shuni ko’rishimiz mumkinki, AT “Aloqa bank” ning jami daromadlari o’sish tendensiyasiga ega. 2012-yilda
bankning jami daromadlari 81 608 298 ming so’mni tashkil etgan. 2014-yilga kelibjami daromadlar 127 117 782 ming so’mni tashkil qilgan bo’lib, joriy yilda jami daromadlar 2012-yilga nisbatan 15,58 foizga oshgan. Shuni ta’kidlash joizki, 2012-2014-yillar oralig’ida AT “Aloqa bank”ning jami daromadlari 45 509 484 ming so’mda oshgan. Shuningdek, bankning jami daromadlari yillar kesimida ham o’sishni tashkil qilgan. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bank daromadlari barqaror o’sib dinamikasiga ega va shu bilan mutanosib ravishda sof foyda miqdori ham ko’payib kelmoqda.



    1. Yüklə 1,53 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin