Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod


- rasm. Bank хarajatlarining tasniflanishi (shakli bo`yicha)14



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə7/19
tarix18.05.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#116435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Foiz va Foizsiz

2- rasm. Bank хarajatlarining tasniflanishi (shakli bo`yicha)14


Хarajatlarni to`g`ri hisoblash banklarga muqobil konservativ resurslar narхlarini taqsimlash va bank aktivlarini aniq baholash hamda хarajatlarni qoplab, aksiyadorlar uchun daromadlarni to`g`ri taqsimlash imkonini beradi. Хarajatlarni baholashga kreditlar ustama foizlarini belgilashning asosiy omili sifatida qarash kerak. Odatda, bank daromadlarining 2/3 qismi foizli xarajatlarga, berilgan ssudalar bo’yicha yo’qotishlarni qoplashga, soliqlarni to’lashga, kutilayotgan foydaga va sarmoyaning o’sishiga sarflanadi. Xarajatlarga likvidlilik singari har qanday ustama foiz o’zgarishlari, passivlar tarkibi va xususiy kapital hajmi ta’sir qiladi. O’z navbatida bank xarajatlari tarkibidagi o’zgarishlar aktivlar daromadligiga ham o’zgarishlar kiritishni talab qiladi.
Tijorat banklari kredit resurslari tashkil etishda talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hamda muddatli depozitlar qabul qiladi. Ushbu depozitlarga banklar ma’lum belgilangan foizlarda pul to`laydilar. Tijorat banklari bankning qarz majburiyatlari bo`yicha to`lanadigan foizlar to`laydilar, shu jumladan qimmatli qog`ozlarining sotuv narхi bilan nominal qiymati orasidagi salbiy tafovut bo`lganida, ba’zi bir keltirilgan, lekin to`lanmagan


14 SH.Abdullaeva. Bank ishi. T:.Moliya. 2007-yil
foizlarni to`lashda banklarda foizli хarajatlar yuzaga keladi.
Banklar foizli хarajatlarining yana biri kredit va unga bog`liq operatsiyalardir. Banklar eng avvalo Markaziy Bankdan, boshqa tijorat banklaridan, byudjetdan tashqari fondlardan, bank bo`lmagan moliyaviy muassasalardan kreditlar olishi mumkin. Olgan kreditlar uchun to`lanadigan qarz foizli хarajatlarga kiradi. Bank avvalgi yillar hisobiga to`lagan foizlar va vositachilik yig`imlari, hamda o`tgan yillarda bank mijozlardan ortiqcha undirgan foizlar, hamda vositachilik yig`imlarini qaytarishi bilan foizli хarajatlar qiladi. Foizsiz хarajatlarga maoshlar va qo`shimcha to`lovlar, uskuna yoki binolarni ijaraga olish, хarid qilish, shuningdek boshqa operatsiya хarajatlari kiradi.
Tijorat banklari omonat bo’yicha to’laydigan foizni o’zlari taqdim etadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Olingan va to’langan foizlarning summalari o’rtasidagi farq banklarning yalpi foydasini tashkil etadi. Unga boshqa har xil operatsiyalardan ko’rilgan daromadlar ham kiradi. Bank yalpi foydasining bir qismini o’z xarajatlarini qoplashga ishlatadi, qolgan qismi esa sof foydani tashkil qiladi. Bankning sof foizli foydasi uning vositachilik faoliyatini aks ettirsa, sof foizsiz foydasi uning ishlab chiqarish rolini namoyon etadi. Sof foizli foydadan ssudalar bo’yicha yo’qotishlarni qoplovchi mablag’larni ajratgan holda, biz ssudalardagi yo’qotish xarajatlaridan tashqari hisoblangan sof foydaga ega bo’lamiz. Bundan kelib chiqib shuni ta’kidlash joizki, bank xarajatlari hisob tizimida 3 ta umumiy operatsiyalar xarajatlari ko’rinishi mavjud: bular - foizlar to’lovi bo’yicha xarajatlar, ssudalardan yo’qotishlarni qoplash uchun rezerv xarajatlar va foizsiz xarajatlar.
Tijorat banklarining daromadlari va xarajatlarini tarkibini ko'rib chiqib, ular sof foydasini tashkil etish mexanizmini quyidagicha aks ettirishimiz mumkin:


Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin