Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod


Bitiruv malakaviy ishining tarkibi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə3/19
tarix18.05.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#116435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Foiz va Foizsiz

Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch asosiy bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti, nazariy va amaliy ahamiyati asoslab berilgan.
Bitiruv malakaviy ishining 1-bobida tijorat banklari foydasi va uni tashkil etish asoslari haqida batafsil to’xtaladi. Bunda tijorat banklari foydasi va uning bank faoliyatiga tutgan o’rni, tijorat banklari foydasining shakllantirish manbalari, tijorat banklarining foydasini ifodalovchi ko’rsatkichlar va me’zonlar yoritiladi.
Bitiruv malakaviy ishining 2-bobida respublikamizda faoliyat olib bora- yotgan tijorat banklari foydasining joriy holati tahlili ko’rib chiqiladi.
Bitiruv malakaviy ishining 3-bobida xalqaro bank amaliyoti tajribasidan kelib chiqib respublikamizda tijorat banklari foydasini oshirish yo’llari va barqarorligini ta’minlash istiqbollari, shu bilan birgalikda bank tizimida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari keltirib o’tilgan.
Bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida bitiruv malakaviy ishi yuzasidan tijorat banklari moliyaviy holati, foydasini oshirish va barqarorligini ta’minlash, hamda takomillashtirishga oid takliflar keltirilgan.

I BOB. TIJORAT BANKLARI FOYDASI VA UNI TASHKIL ETISH ASOSLARI





    1. Tijorat banklari foydasi va uning bank faoliyatida tutgan o’rni

Iqtisodiyotning jadallashuvi jarayonida har bir iqtisodiy sub’ekt o’zini old o’rinlarda ko’rishni, hamda bozorni egallab, yuqori foyda olib, o’z mavqeyini ko’tarishga harakat qiladi. Bu o’z navbatida raqobat muhitini rivojlanishiga sabab bo’lib, iqtisodiy sub’ektlar xizmat turlarini kengayishiga, mahsulot sifatining yaxshilanishiga va narxlarining pastlashuviga olib keladi. Iqtisodiy sub’ektlar, xususan tijorat banklari turli moliyaviy o’zgarishlarga dosh berishi, shuningdek bozorda yetakchilikka erishishi uchun, birinchi navbatda moliyaviy barqarorligi yaxshi bo’lishi lozim. Ma'lumki, banklar faoliyatining moliyaviy jihatdan yaxshiligi, ular foydasining muntazam ko’payib borishi, shu bilan birga ular ustidan nazoratning yetarliligi va samaradorligi bank tizimi barqarorligini ta'minlash va banklarga bo'lgan ishonchni mustahkamlashning asosiy omilidir.
Tijorat banklarining moliyaviy natijalari, xususan ularning asosiy o’rganiladigan masalaning eng muhim jihatlaridan biridir. Bu tijorat banklari foydasini shakllanishi va uni taqsimlash bilan ham bog’liq. Bu natijalar bank rivojlanishi uchun, uning uzoq istiqbolga mo’ljallangan rejalarini yaratish, bank faoliyatini yanada samarali ishlashi uchun tavsiyalar berish imkoniyatini yaratadi. Bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar banklar barqarorligini yanada mustahkamlash, ularning likvidligini va kapitallashuv darajasini oshirish hamda investitsion faolligini kuchaytirish, yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishni ta’minlash, moliya-bank tizimi qonunchilik bazasini takomillashtirish va banklar faoliyatini yanada erkinlashtirishga qaratilgandir.
Barchamizga ma’lumki, jahonning yirik davlatlarida, qolaversa, jahon moliya bozorida yuz bergan moliyaviy inqiroz aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga sezilarli ravishda salbiy ta’sir ko’rsatdi. Qator kredit tashkilotlari bankrotlikka uchradi, ko’plari esa bankrotlik
yoqasiga kelib qoldi, ayrim mamlakatlar uchun iqtisodiy barqarorlikni tiklash hamon juda og’ir kechmoqda. Eng avvalo ta’kidlash joizki, jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi ko’pgina mamlakatlar bank-moliya tizimi barqarorligini izdan chiqardi. Moliya institutlari yirik miqdordagi mablag’larni o’z zararlariga olib borib, hisobdan chiqarishga majbur bo’ldi. Tabiiyki, mazkur holat ularga berilgan reyting baholarini bir necha pag’ona pasayishiga olib keldi. Shu boisdan, jahon iqtisodiyotida yuz bergan moliyaviy inqiroz sabablarini chuqur tahlil qilish asosida O’zbekiston bank tizimi samaradorligini xolisona baholash muhim prinsipial ahamiyat kasb etadi.
Tijorat banklari vujudga kelganidan boshlab ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, resurs bazasini kengaytirish orqali ular foydasini oshirib borish va boshqarish bank tizimining yetakchi vazifalaridan bo’lgan. Bank tizimining nobarqarorligi makroiqtisodiy siyosatning barqarorligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida bu vazifalar yanada dolzarbroq ahamiyat kasb etmoqda, chunki o’tkazilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillardan biri bank tizimining barqaror faoliyat ko’rsatishi bo’lib qolmoqda. Shu munosabat bilan, 2010-yil 26-noyabrda Prezidentimiz tomonidan imzolangan “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida»gi PQ-1438-sonli qaror, mamlakatimizda moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini mustahkamlash, qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash ko’rsatkichlariga muvofiq, bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqoriroq darajasiga olib chiqish uchun dasturulamal sifatida xizmat qilmoqda.
Faqat moliyaviy jihatdan yuqori ko’rsatkichlarga ega, yakuniy moliyaviy natijada foydaga ega bo’lgan bo’lgan bank tizimigina iqtisodiyotning qon tomiri hisoblanmish bank-moliya tizimining barqaror faoliyat ko'rsatishini, iqtisodiy inqirozlarning oldi olinishini, xususiy kapital keng jalb qilinishini, xorijiy investorlarning mamlakat bank tizimiga ishonchi yanada oshirilishini
ta'minlaydi. Bank faoliyati va uning foydaliligi mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy hayotida muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda, bank foydasining tushunchasi, uning maqsadlari, shakllariga oid ilmiy va nazariy qarashlarni ma'lum darajada tizimga solgan holda o’rganish bugungi kunda iqtisodiyotda faoliyat olib borayotgan tijorat banklari oldidagi asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari ham boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kabi faoliyatidan daromad (foyda) oladilar. Tijorat banklari foydasining shakllanishi esa bankning ma’lum bir davr ichida olgan barcha daromadlari va shu daromadlarni olish jarayonida qilgan xarajatlarning o’rtasidagi farqni tashkil etadi. Tijorat banklari daromadi (foydasi)ni tashkil etishda markaziy o’rinni shu banklarning daromadlari bilan bog’liq bo’lgan masalalar egallaydi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda bilan bir qatorda daromad degan iqtisodiy kategoriya ham harakat qiladi va biz uning mohiyatini ham tijorat banklarida shakllanish xususiyatlarini to’g’ri aniqlash va uning iqtisodiyotdagi o’rnini (jumladan, tijorat banklari faoliyatida tutgan o’rnini) aniq belgilab olishimiz uchun yana tegishli manbalarga murojaat qilishimiz lozim.
Iqtisodiyotda mulkchilikning xilma-xil shakllari hukm surayotgan bir davrda foydaning, jumladan tijorat banklari foydasining ham iqtisodiy mohiyatini to’g’ri aniqlash uchun qiymat kategoriyasining harakati jarayoniga nazar tashlash ya’ni ushbu jarayonni chuqur tahlil qilib chiqish kerak. Agar foydaning iqtisodiy mohiyatiga bag’ishlangan xorijiy va o’zbekistonlik iqtisodchi olimlarning risolalari, ilmiy izlanishlari, ularning ayrim boblari, maqolalari va boshqa manbalarini o’rganib, ularni tahlil qiladigan bo’lsak, quyidagi fikrlar borligini ko’ramiz:
Birinchidan, iqtisodiy kategoriya sifatida foydaning moddiy asosi bo’lib qo’shimcha mahsulot hisoblanadi va foyda shu mahsulot namoyon bo’lishining shakllaridan biridir;
Ikkinchidan, foyda qo’shimcha qiymatning o’z aksini topuvchi sof tashqi ko’rinishlaridan biridir;
Uchinchidan, foyda avanslashtirilgan (ma’lum ma’noda sarflangan) qiymatning o’zgargan shakllaridan biridir;
To’rtinchidan, foyda qo’shimcha qiymatning o’zgargan shakli sifatida bir necha o’ziga xos xarakterli belgilariga ega.
Xususan, Sh. Abdullayeva tijorat banklari foydasiga quyidagicha fikr bildirganlar: ”foyda - tijorat banklari faoliyatlarining yakuniy natijalarini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichdir”3. Tijorat banklari foydasi yoki faoliyatini zarar bilan yakunlagan bo’lsa-zarari, ushbu hisobot davrida (oy, chorak, yil) barcha daromadlaridan xarajat hamda soliq va to’lovlarni chiqarib tashlangandan qolgan summani tashkil etadi. Buni quyidagicha keltirishimiz mumkin bo’ladi4:
Mamlakatimizda banklarning asosiy daromad manbalari bo’lib kredit

operatsiyalaridan olinadigan foizli daromadlardir. Tijorat banklarining daromadlari mijozlarga qisqa va uzoq muddatlarga berilgan ssudalar bo’yicha olinadigan foizlar, ssudalarning o’z muddatida qaytarilmagani uchun mijozlardan shartnomada ko’rsatilgani bo’yicha olinadigan yuqori stavkadagi foizlardir. Banklarning bu daromadlari ssuda tadbirkorligi daromadlari deb yuritiladi, hamda daromadlarning asosiy qismini tashkil etadi. Bank aktiv operatsiyalarining eng asosiysi bo‘lgan bu faoliyatdan olingan - «daromad jalb qilingan resurslar hisobidan berilgan kreditlar bo‘yicha olingan foizlar bilan jalb qilingan resurslar bo‘yicha bank tomonidan to‘langan foizlar o‘rtasidagi farqdan iborat»dir5.


Tijorat banklarining faoliyatiga diqqat bilan nazar soladigan bo‘lsak, «bank pul mablag‘larini mijozlarga joylashtirishdan olingan foizlar bank faoliyatidan olingan daromadlar»ga mos tushishini aniqlashimiz mumkin. Shuningdek,


3 Sh. Abdullayeva “Bank ishi” darslik. Toshkent 2003- yil.
4 Abdullayev Yo., Qoraliyev T., Toshmurodov Sh., Abdullayeva S. Bank ishi. o‘quv qo‘llanma 2010-yil.
«barcha operatsiyalar bo‘yicha tijorat bankining daromadi pul mablag‘lari tushumi bilan o‘sha operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy xarajatlar o‘rtasidagi farqdan iborat» ekanligi ham esdan chiqmasligi lozim6.
Bank ishini omadli yuritish- uning faoliyatini yaxshi tashkil etilganligiga, unga tijorat bankining ta’sischilari va mijozlari tomonidan bo’lgan ishonchi, va bankning barqarorligiga behihoyat bog’liq. Tijorat banklari faoliyatida foydaning tashkil etilishi, uning olish manbalarining barqarorligi va o’tgan yillarga nisbatan o’sib borish tendensiyasiga ega ekanligi bank uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Tijorat banklari foydasining xarakterli belgilari:

  • tijorat banklari akkumlyatsiya qilingan mablag’larning egalari bo’lmasada, shu mablag’larni faoliyat ko’rsatuvchi boshqa xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning oborotiga joylashtiradilar va foiz shaklida foyda oladilar. Demak, ana shu foizlar ular foydasining asosiy manbasi bo’lib hisoblanadi va uning bir qismi muomala xarajatlarini qoplashga sarf etiladi;

  • tijorat banklarining foydasi har doim alohida tovar shakliga ya’ni pul shakliga egadir, shuning uchun ham u hech qachon tovar substansiyasini yo’qotmaydi;

  • tijorat banklari foydasining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ishlab chiqarish sohasida muomala xarajatlari to’liq foizlar hisobidan qoplanadi. Oqibat natijada tijorat banklarida foyda olingan foizlar va muomala xarajatlari o’rtasidagi farq sifatida shakllanadi

Shuni ham ta’kidlash joizki, xorij bank amaliyotida bak foydasining sezilarli qismi tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirishdan olinadi. Masalan, jismoniy shaxslar Fransiyadan vino, Germaniyadan avtomobil, Italiyadan poyafzal yoki Angliyadan Ekonomist jurnaliga obuna bo‘lish bo‘yicha buyurtma beradilar, ayrim holatlarda xorijiy sotuvchining Amerika dollarida to‘lovni olishni istamasligi kabi holatlarga duch kelib qolishi

mumkin. Binobarin, chet el valutasi (masalan, evro, funt sterling, ien) da to‘lovlarni o’tkazish uchun chet el valutasiga ega bo‘lishi zarur.7 Tijorat bankining foydasi va uning bank faoliyatida tutgan o’rni bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhimdir. Banklar asosiy maqsadi foyda olishga qaratilga ekan, foydaning ahamiyati ular uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, bank uchun foyda asosiy provard maqsad ekanligi, shu bilan birgalikda ular daromadlari oshirish va xarajatlarini qisqartirish bugungi kunda ularning asosiy vazifasi hisoblanadi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda ko‘rsatkichining moliyaviy adabiyotlarda va kundalik amaliyotda mustahkam o‘rin egallamoqda. Bunday sharoitning vujudga kelganligi, bizning fikrimizcha, foydaning roli va funksiyalari yanada kuchayganligini ko‘rsatadi. Xuddi shuning uchun ham, bizning nazarimizda, shu kecha-kunduzning eng muhim vazifalaridan biri foyda hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillarni bilish, uni shakllantirish jarayonini oqilona boshqarishni bilish yoki uddasidan chiqishdan iboratdir. Agar bular tijorat banklari faoliyatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi inobatga olinadigan bo‘lsa, uning alohida ahamiyatga ega ekanligi yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi.



    1. Yüklə 1,53 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin