3-rasm. Tijorat banklari sof foydasining shakllanishi mexanizmi15
Tijorat banklari foydasining shakllanishi jarayonida foydaning xarakterli belgilari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xarakterli belgilarga quyidagilarni sanab o’tishimiz mumkin:
15 Sh. Abdullayeva “Bank ishi” darslik yordamida muallif tomonidan mustaqil tayyorlandi.
tijorat banklari akkumlyatsiya qilingan mablag’larning egalari bo’lmasada, shu mablag’larni faoliyat ko’rsatuvchi boshqa xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning oborotiga joylashtiradilar va foiz shaklida foyda oladilar.
tijorat banklarining foydasi har doim alohida tovar shakliga ya’ni pul shakliga egadir, shuning uchun ham u hech qachon tovar substansiyasini yo’qotmaydi
tijorat banklari foydasining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ishlab chiqarish sohasida muomala xarajatlari to’liq foizlar hisobidan qoplanadi. Natijada, tijorat banklarida foyda olingan foizlar va muomala xarajatlari o’rtasidagi farq sifatida shakllanadi.
Tijorat banklarining foydasini ifodalovchi ko’rsatkichlar va
me’zonlar
Bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari moliyaviy natijalarini yakuniy holati foyda yoki zarar bilan tugallanadi. Umuman olganda barcha tijorat banklari o’z ish faoliyatining yakunlarini foyda bilan tugatishga harakat qiladilar. Bank muassasalarining moliyaviy natijalarini yakunida asosiy ko’rsatkich foyda hisoblanadi.
Tijorat banklarining moliyaviy natijalarini, foydasini ifodalovchi ko'rsatkichlar rentabellik ko’rsatkichlari orqali baholashi mumkin. Bank faoliyati natijadorligining (K1) asosiy umumlashtiruvchi ko’rsatkichidir. K1 ko’rsatkichi tijorat bankining o’z sarmoyasi foydaliligi nuqtai nazaridan bank qanday ishlayotganini ko’rsatadi. Bankning o’z sarmoyasi qanchalik foyda keltirishi shu tijorat banki aksiyadorlarining hammasini qiziqtiradi. Zero sarmoya foydaliligi asosida bank aksiyalari foydaliligi haqida xulosa chiqarishi mumkin. K1 - universal ko’rsatkich bo’lib, u ikki o’lchamni o’zida birlashtiradi. Bular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
aktivlar foydaliligi (K2);
sarmoya yetarliligi koeffisiyenti (K3);
Mazkur o’lchamlar bank ichki siyosatini hamda uning apparati kasb - mahoratini aks ettiradi. Quyida tijorat banklarining moliyaviy natijalarini rentabellik ko’rsatkichlarini ifodalovchi ko’rsatkichlarga to’xtalamiz.
K1 = foyda/sarmoya;
K2 = foyda/aktivlar;
K3 = sarmoya/aktivlar;
K4 = foyda/daromad;
K5 = daromad/aktivlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat bankining daromad olishga yo’naltirgan aktivlarining tarkibi muhim ahamiyatga ega. K2 ko’rsatkichi aktivlarning daromadliligiag bevosita bo’g’liq hisoblanadi. Bank aktivlarining tarkibi deyilganda bank balansining aktiv qismida joylashgan moddalarning sifat nuqtai nazaridan uning umumiy miqdoridagi ulushi tushuniladi. Tijorat banklari aktivoperatsiyalar orqali ularning milliy iqtisodiyotdagi roli va faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari namoyon bo’ladi. Tijorat banklarining aktivlari daromad olib kelishiga qarab ikki guruhga bo’linadi, bular:
Daromad keltirmaydigan aktivlar:
pul mablag’lari;
boshqa banklarhisobraqamidagi mablag’lar;
bino va inshootlar;
nomaterial aktivlar;
debitorlar;
hisob-kitobdagi mablag’lar.
Daromad keltiradigan aktivlar:
qisqa va uzoq muddatli ssudalar (aholiga,mijozlarga, boshqa banklarga);
muddati o’tib kelgan ssudalar bo’yicha qarzlar va foizlar;
faktoring, lizing, forfeyting, trastoperatsiyalaridan olinadigan daromadlar;
qimmatli qog’ozlaroperatsiyalaridan olinadigan daromadlar;
berilgan kafolat va topshiriqnomalar keltiradigan daromadlar.
K3 ko’rsatkichi bankning o’z mablag’ining aktivlariga nisbatini bildiradi. Bank sarmoyasining daromadliligi bankka ta’sis ulushini kiritgan har bir sub’ektni qiziqtiradi. Tijorat bankining chiqim moddalarini nazorat qilish bank faoliyatining muhim tomonlaridan biriga aylanmoqda. Bank rahbariyati esa bank xarajatlarini oqilonalashtirishga intilmog’i kerak. Bankning qarz mablag’lari kamayishi, shu bilan birga, foizga doir chiqimlar kamayishi, K4 ko’rsatkichini oshirish yo’llaridan biridir. Biroq shuni ta’kidlab o’tish lozimki, xizmatchi xodimlarni saqlash xarajatlari qisqartirilishi maqsadga muvofiq emas. Yillar davomida daromadning oshish dinamikasini tashkil etishi o’z navbatida bank foydasining ko’payishiga ham sabab bo’ladi. Shuni ham unutmaslik lozimki, xarajatlarning kamaytirilishi ham alohida ahamiyat kasb etadi. K5 ko’rsatkichi daromadning aktivlarga nisbatini anglatadi. Ya’ni, bank aktivining bir so’miga qancha daromad olinayotganligini ko’rsatadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, aktivlarning daromadliligi asosiy omil vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham banklarning rentabellik ko’rsatkichlari aniqlanadi va tahlil qilinadi. Rentabellik ko’rsatkichlari-nisbiy ko’rsatkich bo’lib, foyda summasini barcha aktivlari, o’z sarmoyasi summalariga bo’lish bilan aniqlanadi.
Tijorat banklarining mavjud barcha mablaglarni to’g’ri joylashtirib ulardan foydalanish darajasi aktivlar rentabelligi bilan o’lchanadi. Bank aktivlarining rentabelligi sof foyda summasini barcha aktivlar summasiga (balans jami summasi) bo’lib topiladi.
Aktivlarning rentabelligi (K1)
Aktivlar rentabilligi (ROA) ning optimal me’zoni: oraliqda bo’lishi bank faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Aktivlarning tarkibi, ya'ni daronad olib kelishiga qarab tashkiliy tuzulishi muhim ahamiyatga ega. Jami aktivlar tarkibida sof foyda ulushining ko'payishi bank faoliyati uchun yaxshi hisoblanadi. Chunki, daromadga yo'naltirilgan aktivlarning bankka foyda keltirish dinamikasi o'sish xususiystiga ega ekanligidann dalolat beradi. Tijorat banklarida daromad keltiruvchi aktivlar qatorida kreditlardan tashqari qimmatli
qog’ozlar, chet el valyutasida jalb qilingan mablag’lar ham mavjud.Agar aktivlar tarkibida daromad keltiruvchi aktivlar salmog’i qancha ko’p bo’lsa, bu holat bank o’z aktivlaridan daromad olish maqsadida samarali foydalanayotganini bildiradi.
Daromad keltiruvchi aktivlar rentabelligi (K2)
K2 ko'rsatkichi tijorat bankining daromad olishga yo'naltirilgan aktivlarining qanchalik bankka foyda olib kelayotganligini bildiradi. Bu bankning sof foydasi jami daramad olib keluvchi aktivlar bilan taqqoslanadi. Bu ko'rsatkichning qanchalik ijobiy natijani tashkil etishi bank aktivlarining bankka maksimal foyda olib kelayotganligini bildiradi. K2 ko'rsatkichining ijobiy holatga ega bo'lishiga sof foydaning o'rni katta hisoblanadi. Bank foydasining oshishi har bir ko'rsatkichning natijasiga bevosita bog'liq hisoblanadi.
Bank o’z kapitali qiymati multiplikatori (K3)
K3 ko'rsatkichi bank kapitali tarkibida aktivlar salmog'ini bildiradi. Bunda asosiy e'tibor beriladigan narsa, bankning 1 so'mlik kapitaliga qancha aktiv to'g'ri kelishini bildiradi. Bu ko'rsatkich ham tijorat banklari tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi.
Kapitalning rentabelligi ( )
Kapital rentabilligi (ROE) ning minimal me’yori: 0,1 teng bo’lishi belgilab qo’yilgan. Bu ko’rsatkich 1 so’mlik bank kapitaliga to’g’ri keladigan foyda miqdorini bildiradi va u ayniqsa, aksionerlari bankdagi mablag’laridan qanchlik darajada samarali foydalanilayotganligini bildiradi. K4 ko'rsatkichi bankka aksionerlar sonining ko'payishiga, shu bilan birgalikda ularning bankka bo'lgan ishonchini yanada oshiradi.
Ustav kapitali rentabelligi (K5);
Bu ko’rsatkich bank ta’sischilari uchun muhim bo’lib, u aksiyalar uchun dividend to’lanishining potensial asosi hisoblanadi. Lekin shunga e’tibor berilishi lozimki, ushbu ko’rsatkich bank kapitalining yetarlilik darajasi pastligi tufayli ham yuqori bo’lishi mumkin.
Yuqoridagilardan tashqari bank faoliyatining foydalilik darajasiga kredit portfelining sifati, soliq tizimi, xarajatlar tejamkorligi kabi bir necha omillar ham ta’sir etishi mumkin. Xalqaro amaliyotda bank rentabelligi darajasini aniqlashda K4 ni hisoblashga e’tibor qaratiladi.
Bank foydasining shakllanishida marja asosiy o’rinni egallaydi. Marja – bu savdo, birja, sug‘urta va bank amaliyotida tovarlar narxi, valuta va qimmatli qog‘ozlar kursi, foiz stavkalari va boshqa ko‘rsatkichlar farqini aniqlash uchun ishlatiladigan atama. Soddaroq qilib aytganda, marja tijorat bankining daromad foizi bilan xarajat foizi o‘rtasidagi farq yoki olingan va to‘langan foizlar o‘rta- sidagi farq. Aynan marja bank foydasi va xarajatlarni qoplash manbayidir.
Absolut miqdorlarda marja quyidagicha aniqlanadi16:
Masalan, marjali ssudalar bo‘yicha marjaning absolut summasi
quyidagicha hisoblanadi17:
Marjali ssudalar qarz oluvchiga kredit qiymatiga ustama qo‘shish evaziga
beriladigan ssuda. Marja bankning muhim ko’rsatkichidan biri bo’lib, marjaning absolut miqdori va uning dinamikasi bir qator omillar ta’sirida o‘zgaradi. Bu omillar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
daromad keltiruvchi kredit va boshqa aktiv operatsiyalar miqdori;
16 Abdullayev Yo., Qoraliyev T., Toshmurodov Sh., Abdullayeva S. Bank ishi. o‘quv qo‘llanma 2010-yil
17 Abdullayev Yo., Qoraliyev T., Toshmurodov Sh., Abdullayeva S. Bank ishi. o‘quv qo‘llanma 2010-yil
bankning aktiv operatsiyalar bo‘yicha foiz stavkalari;
bankning passiv operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari;
aktiv va passiv operatsiyalari foiz stavkalari o‘rtasidagi farq (spred);
bank kredit portfelida foizsiz ssudaning ulushi;
foizli daromad keltiruvchi riskli aktivlar operatsiyalari ulushi;
jalb qilingan resurs tarkibi va bankning o‘z kapitali o‘rtasidagi nisbat;
inflatsiya sur’ati va boshqalar.
Tijorat banklarining marjasi quyidagi nisbiy ko‘rsatkichlarda tavsiflanadi18:
Yuqorida ko’rsatilgan bu nisbiy ko’rsatkichlar har bir tijorat banki
faoliyatida alohida e’tiborga olinadi. Bankning to’laydigan foizlar summasi, ya’ni jalb qilgan depositlar foizstavkalari shu bilan birgalikda olinadigan foizlar summasi, ya’ni bankning jalb qilingan mablag’larni daromad olish maqsadida kreditlarga, investitsiyalarga va boshqa sohalarga yo’naltirib, buning uchun oladigan foizlari muhim ahamiyatga ega. Tijorat banlari faoliyatida bu ko‘rsatkichlardan tashqari marja foizining yetarliligi ham hisoblanadi. Marja foizining yetarliligini quyida ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
18 Abdullayev Yo., Qoraliyev T., Toshmurodov Sh., Abdullayeva S. Bank ishi. o‘quv qo‘llanma –T.: “iqtisod-moliya”, 2010-yil, 532 bet.
Demak, tijorat bank uchun marja foizining yetarliligi ko‘rsatkichi bank uchun marjaning zaruriy minimal darajasini belgilaydi va uni hisoblashdan maqsad – bank o‘z xarajatlarini qanchalik qopladi degan savolga javob berishdan iborat.
Banklar mavjud aktivlaridan samarali foydalanishlari lozim va bu o’z navbatida banklar moliyaviy holatiga ta’sir etadi. Shu sababli aktivlardan samarali foydalanish ko’rsatkichlariga ham alohida e’tibor berish lozim. Bank barcha aktivlarining samarali foydalanishini ifodalovchi umumiy ko’rsatkichlarga: aktivlarning natijaviyligi (An), aktivlarning daromadliligi (Ad), aktivlarning tejamkorligi (At) va aktivlarning foydaliligi (Af) ko’rsatkichlarini kiritish mumkin.
Bank aktivlarining natijaviyligi (An) deganda, bank faoliyatining asosi bo’lgan kredit aylanmasini aktivlarining o’rtacha summasiga nisbati tushuniladi. Bu ko’rsatkich bank mavjud aktivlaridan foydalanib, hisobot davrida (oy, kvartal, yil) ularning har bir so’miga necha so’mlik kredit aylanmasiga erishdi degan savolga javob beradi.
Bank kredit aylanmasi deganda tahlil qilinayotgan davrda (chorak, 6 oy, 9 oy, bir yil va hokazo) mijozlarga kredit berib, qaytarib olingan summa tushuniladi. Albatta, bank kredit aylanmasi miqdori bankning kredit siyosati va uning kredit resurelariga hajmiga bog’liq.
Bank aktivlarining daromadliligi (Ad) bank kredit va boshqa operatsiyalardan olingan barcha daromad summalarini ya’ni hisobot davrida olingan barcha daromad summalarini aktivlarining o’rtacha summasiga bo’lib topiladi.
Bank aktivlari tejamkorligi (At) deganda, bank mavjud aktivlardan foydalanish uchun, ularning har bir so’miga qancha xarajat qilayotgan degan savolga javob beradi. Bu ko’rsatkich (At) bankning tahlil qilinayotgan davridagi xarajatlar summasini aktivlar o’rtacha summasiga bo’lib topiladi.
Rentabellik ko’rsatkichlari nisbiy ko’rsatkich bo’lib, foyda summasini barcha aktivlari, o’z sarmoyasi summalariga bo’lish bilan aniqlanadi. Faoliyat rentabelligi ko’rstkichlari bankning likvidlilik, aktivlari va passivlar tarkibi kabi ko’rsatkichlar bilan uyg’unlashgan holatda ko’rib chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Bank foydalilik va likvidlilik ko’rsatkichlarining optimal darajasini aniqlab olmog’i lozim. Rentabellik ko’rsatkichlari tahlilini quyidagi tartibda amalga oshirish samarali hisoblanadi:
hisobotlarga asosan rentabellik koeffitsiyentlarini aniqlash;
hisoblangan rentabellik koeffitsiyentlari dinamikasi tahlilini amalga oshirish;
aniqlangan koeffitsiyentlarga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;
ushbu omillarni bank likvidliligi va faoliyat risklari bilan bog’liq baholash.
Har qanday bir qarzdor yoki o’zaro aloqador qarzdorlar guruhining balansdan tashqari majburiyatlarini ham hisobga olgan holda, kreditlari jami summasi I darajali bank regulyativ kapitalining 10 foizidan oshgan holat yirik kredit deb ataladi. Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki ekspertlari tomonidan tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlar taklif qilingan:19
Kreditlardan ko’riladigan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zaxira ajratmalari darajasi.
19 T.I.Boboqulov, Sh.A. Toshmatov va boshqalar “Moliya-bank tizimini tahlil qilish va baholashda qo’llaniladigan xalqaro me’yorlar, mezonlar va standartlar”. Toshkent: “Moliya”, 2011-yil
Ushbu ko’rsatkich 0,5foizidan yuqori bo’lmasligi lozim. Kreditlardan ko’riladigan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zaxira ajratmalari jami bank aktivining 0,5 foizidan oshib ketsa, tijorat banki tasniflangan kreditlarining tarkibi yomonlashganligi xususida xulosa qilish mumkin. Shu inobatga olgan holda har bir tijorat bu ko’rsatkichni o’z me’yorida saqlashga harakat qiladi. Aks holda tijorat bankiga xakqaro tashkilotlar tomonidan salbiy baho berilishi, buning natijasida esa bank o’z mijozlarini yuqotishi hech gap emas.
Tijorat banki aktivlarining daromadliligi.
Bank aktivlarining daromadliligi kamida 1,0 ga teng bo’lishi kerak. bunda tijorat bankining yalpi daromadi deganda uning foizli va foizsiz daromadlarining yig’indisi tushuniladi.
Sof foizli spred koeffitsiyenti.
Ushbu koeffitsientning minimal me’yoriy darajasi 1,25 ni tashkil qiladi. Ko’pchilik ekspertlar o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida sof foizli spred koeffitsiyentining me’yoriy darajasini belgilashda inflyatsiya darajasini hisobga olish kerak, deb hisoblashadi. Agar mazkur talabni inobatga olsak, u holda, O’zbekiston banklari uchun sof foizli spred koeffitsientining me’yoriy darajasi 7,45 foizni tashkil etadi, ya'ni quyidagicha topiladi 1,25%+6,2%=7,45 %.
Shuni unutmaslik lozimki, sof foizli spred koeffitsiyentini hisoblashda talab qilib olinadigan depozitlar summasi va ularga to’langan foizlar hisobga olinmaydi.
4 Sof foizli marja koeffitsiyenti.
Ushbu ko’rsatkichning me’yoriy darajasi 4,5% qilib belgilangan.
Bundan tashqari ba’zi mutaxasislarlar tomonidan bank ishonchlilik koeffisiyentlari taqdim etilgan.20
Bular:
K1 ning minimal darajasi: 25%.
K2 ning minimal darajasi: 10%.
ning me’yoriy darajasi: oralig’ida bo’lishi belgilangan.
Shu bilan birgalikda tijorat banklarining foydalilik darajasini ifodalovchi quyidagi ko’rsatkichlar ham ular faoliaytini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko’rsatkichlarni 4-jadvalda ko’rib chiqishimiz mumkin.
aktivlarning bir so‘miga to‘g‘ri kelgan foyda ko‘rsatkichi eng asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Ammo bu ko‘rsatkich ham bank faoliyatining samaradorligini baholashda yetarli emas. Bu, birinchidan, yuqori foyda olish katta risk bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan bu ko‘rsatkichning dinamikasiga ta’sir qiluvchi omillar turli tuman va noaniqdir. Shu sababli bank rentabelligini tahlil qilishda bir vaqtning o‘zida uni riskdan himoya qilish darajasi to‘g‘risida ham o‘ylash kerak.
Sof foydaning o‘z kapitalga bo‘lgan nisbat asosida uchta ko‘paytuvchi koeffitsiyentga ajratib hisoblanishi jahon amaliyotida Dyukon formulasi nomi bilan mashhur21. Bu koeffitsiyent tijorat banklari investorlari daromadlarining o‘sish yo‘nalishlarini, shuningdek, bankning barqaror rentabelligini ta’minlash darajasini ko‘rsatadi. Marja daromadi foiz stavkalari darajasi va vositachilik xizmatlaridan tushgan daromadlarga, bankning daromadi va xarajati o‘rtasidagi
20 “Tijorat banklari faoliyati tahlili” T.M.Karaliyev, O.B.Sattarov, I.F.Sayfiddinov. Toshkent 2013.
21 Abdullayev Yo., Qoraliyev T., Toshmurodov Sh., Abdullayeva S. Bank ishi. o‘quv qo‘llanma –T.: “iqtisod-moliya”, 2010-yil, 532- bet.
o‘sish nisbatlariga, resurs qiymati va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi.
Umuman, bank tizimi va alohida olingan tijorat banklarining likvidliligi va moliyaviy barqarorligini baholashda xalqaro reyting agentliklari tomonidan qo’llanilayotgan usul va uslubiyotlar o’zining takomillashganligi bilan ajralib turadi. Bunda dunyodagi uch yirik xalqaro reyting agentliklari - Mudis, Standart & Purs va Fitch reyting agentliklarini ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birgalikda tijorat banklarining foyda ko’rsatkichini ifodalivchi ko’rsatkichlarni muntaham nazorat qilib borish ular faoliyatining barqaror amalda oshirilishiga muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |