Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə6/19
tarix18.05.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#116435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Foiz va Foizsiz

2-jadval




Bank faoliyati
turlari

Daromad turlari

Ssuda operatsiyasi



  • kredit berganlik uchun foiz

  • veksellar bo‘yicha foizli daromad

  • o‘tgan yilgi kredit operatsiyalari bo‘yicha daromad

Diskont operatsiyasi

  • faktoring va forfeyting operatsiyalari bo‘yicha

diskont daromad

Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiya

  • uzoq muddatli majburiyatlarga qo‘yilmalardan daromad

  • qimmatli qog‘ozlarni qayta sotishdan daromad

  • qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalardan olinadigan boshqa daromadlar

Kafillik faoliyati

  • berilgan kafolatlar bo‘yicha olingan komissiyalar

Depozit opera- siyalari va mijoz topshirig‘i bo‘yicha
operatsiyalar

  • kassa operatsiyasi;

  • inkassatsiya operatsiyasi;

  • hisob-kitob operatsiyalaridan olinadigan komissiya

Valuta operatsiyasi

o‘tkazishdan daromadlar

Bank faoliyatining boshqa yo‘nalishi



  • mulkni ijaraga berishdan daromad

  • lizing operatsiyalaridan daromad

  • axborot xizmatlaridan daromad

  • jarima, penyalar va boshqalar

Rossiyada, shuningdek ko‘pgina chet el davlatlarida ko‘pchilik banklar hisob- kitob, kassa va boshqa xizmatlarini mijozlarga tekinga ko‘rsatishardi. Foiz marjasining pasayishi natijasida, ya’ni, resurslarni jalb qilish va joylashtirishning o‘rtacha qiymatlari orasidagi farq tufayli banklar bunday amaliyotdan voz kechishlariga to‘g‘ri keldi.




12 T.M.Karaliev, O.B. Sattarov, I.F.Sayfiddinov “Tijorat banklari faoliyati tahlili’. T. 2012-yil

Hozirgi paytda banklar umumiy daromadlari hajmida komission daromadlarning o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu faqatgina foiz marjasi darajasining qisqargani va moliya bozoridagi daromadlaridan tashqari, komission daromadlarining foizli daromadlarga nisbatan barqarorligi bilan bog‘liq.
Xorijiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, jahon bank amaliyotida tijorat banklari oladigan foydasiga ular daromadlarining asosiy turlariga quyidagilar kiradi13:

  • ssuda operatsiyalaridan olinadigan daromadlar;

  • diskont tijorati daromadlar;

  • qo’riqlash tijorati;

  • qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladiganoperatsiyalar orqali olinadigan daromadlar;

  • bank o’zi emissiya qilish asosida olinadigan daromadlar;

  • boshqa emitentlar topshirig’i bilan amalga oshirilganoperatsiyalardan olingan daromadlar;

  • kafolat va kafillik xizmatlari uchun olinadigan daromadlar;

  • omonatlarni jalb qilishva mijozlar topshirig’ini bajarish asosida olinadigan daromadlar.

Bank muassasalarining asosiy ish prinsipi kamroq xarajat qilib, ko’proq daromad olish hamda moliyaviy natijalar yakunida maksimal foyda olish hisoblanadi. Bank tizimini erkinlashtirish munosabati bilan banklar davlat tasarrufidan chiqarilishi sababli xarajatlarni minimallashtirishga qaratilishini taqozo etmoqda. Bank faoliyati natijasini tahlil qilishda olingan barcha daromadlardan qilingan xarajatlar chegirib tashlash orqali oxirgi natija foyda yoki zarar aniqlanadi. Bankning daromadliligi, birinchi navbatda, xarajatlarni kamaytirishga bog’liq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar joriy xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Odatda, banklar o’z zimmasiga operatsiya xarajatlari, ustama foizlarga ketgan mablag’lar, shuningdek, kredit riski bilan bog’liq bo’lgan yo’qotishlarni qoplash uchun ajratmalarni oladilar.


13 Лаврушин О.И. Банковское дело: учебник. 2-е изд. Перераб. и доп. / – М.: Финансы и статистика, 2008
Quyidagi 2-rasmda tijorat banklari xarajatlari tasnifini ko’rishimiz mumkin.




Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin