II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARI FOYDASINING JORIY HOLATI TAHLILI
Mamlakatimiz tijorat banklari foydasining hisobi va uni taqsimlashtartibi
Banklar daromadlarini tahlil qilishda dastaval ularning tarkibi va dinamikasi o‘rganiladi. Daromadlarning o’z vaqtida tegishli hisobvaraqlarda to’g`ri aks ettirilishi, daromad va xarajatlarning har bir moddasining jami daromadlardagi hissasi birma-bir tahlil qilinadi. Bundan tashqari daromad va xarajatlarni o’tgan davr bilan taqqoslagan holda ham tahlil qilinadi. Bank daromadlarining qonuniyligini tekshirish audit tekshiruvlarinnig asosini tashkil qiladi. Bank daromadlarining har bir hisobi alohida tekshirilib, natijalari hisobotda aks ettirilishi kerak.
Tijorat banklari foydasini taqsimlash Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan 2-shaklga asosan, ya’ni “Foyda va zararlar” hisobotiga asosan amalga oshiriladi. Foyda bank rahbariyatiga faoliyatidagi operatsiyalarni kengaytirish va takomillashtirish, xarajatlar kamayishi, operatsiyalar ko’lamini kengaytirib, rag’batlantirish imkonini beradi.
“Foyda va zarar to’g’rida”gi hisobot foydaning shakllanishi va yakuniy miqdori bilan bog’liq bank daromad va xarajatlari shakllanish jarayonini faol boshqarish imkoniyatini beruvchi asosiy ma’lumotlar manbaidir. Bu moliyaviy hisobotning asosiy ko’rsatkichi sof foyda hisoblanadi. Ushbu jarayonda tijorat banklarining aktiv operatsiyalardan oladigan daromadlarini oshirishning samarali tizimini vujudga keltirish, pul muomalasi va kredit sohasida yuzaga keladigan holatlarning iqtisodiyotning boshqa sohalariga nisbatan salbiy ta’sirini oldini olish, chora-tadbirlarini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Chunki tijorat banklari joriy va investitsion xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy, birlamchi manbalaridan biridir. Buning uchun esa banklarning daromadlilik mohiyatini chuqur anglab yetish va mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda undan foydalanish masalalarini atroflicha tahlil qilish zarurdir. Tijorat banklarining moliyaviy natijalari asosiy o’rganiladigan masalaning eng muhim
jihatlaridan biridir. Bu tijorat banklari foydasini shakllanishi va uni taqsimlash bilan ham bog’liq. Bu natijalar bank rivojlanishi uchun uning uzoq istiqbolga mo’ljallangan rejalarini yaratish, bank faoliyatini yanada samarali ishlashi uchun tavsiyalar berish imkoniyatini yaratadi.
Foizsiz daromadlar “Foyda va zararlar to`g`risida”gi hisobotning “Xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” satridan boshlaydi. Bu satrda bankning O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa banklarga ko`rsatilgan xizmatlar uchun, akkreditivlar va akseptlar bo`yicha, overdraft bo`yicha ko`rsatilgan xizmatlardan vositachilik haqi va to`lovlar ko`rinishida hisoblangan daromadlar, kredit majburiyatlari bo`yicha, menejment bo`yicha, mahalliy va xorijiy to`lovlar bo`yicha, inkasso operatsiyalari bo`yicha ko`rsatilgan xizmatlardan daromadlar va vositachilik va xizmatlar uchun to`lovlar ko`rinishida boshqa daromadlar aks ettirilishi lozim.
“Valuta operatsiyalaridan olingan foyda” valutani sotish, sotib olish va valyuta bilan amalga oshiriladigan boshqa operatsiyalardan olinadigan foydani o`zida aks ettiradi. Bu satrda quyidagilar o’z ifodasini topadi:
45401 “SPOT” bitimi bo`yicha xorijiy valyutalardagi foyda;
“Dividendlar ko`rinishidagi daromadlar”- ushbu satrda xususiy kapitalga qilingan investitsiya bo`yicha olingan dividendlar aks ettiriladi.
“Investitsiyalardan olingan foyda”- bu satr bankning qimmatli qog`ozlarga qilingan investitsiyalaridan olingan daromadlarni o`zida aks ettiradi. Quyidagi hisobvaraqlarning qoldiqlari bu satrni tashkil qilishi lozim:
45801 Obligatsiya va boshqa qarz vositalariga qilingan investitsiyalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda;
45803 Sotishga mo`ljallangan qimmatli qog`ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda;
45805 So`ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog`ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda.
“Sof pul moddalari bo`yicha foyda”- ushbu satrda inflyatsiya ta`sirini hisobga olish uchun hisobot moddalarini qayta hisoblash natijasi aks ettiriladi. “Boshqa operatsion daromadlar”- ushbu satrga yuqoridagi satrlarga kiritilmagan daromadlar kiritiladi. Hozirgi kunda mamlakatimiz tijorat banklarining ko`pchilik qismida aynan foizsiz daromadlarning ulushi deyarli foizli daromadlarning ulushiga teng. Bu banklarning asosiy faoliyat turi hisoblanadigan operatsiyalardan kam daromad olayotganligini anglatadi. Ushbu
satr:
45905 Bankning boshqa ko`chmas mulkka qilingan investitsiyalardan olingan daromadlar;
45909 Bankning asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda;
45913 Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan daromadlar
45994 boshqa foizsiz daromadlar hisobvaraqlar qoldiqlarini o`zida aks ettiradi22.
Tijorat banklari daromadlari tarkibida yuqori ulushga ega bo‘lgan vositachilik haqi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni hisobga olishda ular avvalambor tan olinadi va shundan so‘ng daromadlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi:
Debet 16401 – «Hisoblangan vositachilik haqi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar»;
Kredit 45249 – «Mahalliy to‘lovlar bo‘yicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlar».
Hisoblangan daromad undirilganda esa:
22 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 17-iyuldagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan (2004-yil 13-avgustda 773-17-son bilan ro’yxatga olingan) "O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi" (yangi tahrir)
Debet - mijozning hisobvarag‘i;
Kredit 16401 – «Hisoblangan vositachilik haqi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar».
Fikrimizcha, 16401, 16405, 16409, 16413 shaxsiy hisobvaraqlardagi hisoblangan foizsiz daromadlarning o‘z vaqtida to‘lanmaganlarini hisobga olish uchun 16477 – «Olish uchun hisoblangan, shartnoma muddatida to‘lanmagan foizsiz daromadlar» hisobvarag‘ini kiritsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi23.
Banklarning moliyaviy natijalari hisobot davrid (oy, chorak, yil) 31206- “sof foyda (zarar)” hisobvarg’ida hisobga olinadi.
Bank balans foydasi uning haqiqatda olingan daromadlari (40000- “Daromadlar”) va xarajatlari (50000-“Xarajatlar”) o’rtasidagi ijobiy farq sifatida vujudga keladi. Bank balans foydasi yil davomida shakllanib boradi, bank ma’lum oy yoki chorakni foyda bilan emas, balki zarar bilan ham yakunlashi mumkin, lekin uning moliyaviy holatiga baho berilganda hisobot yilining oxiridagi natijalari e’tiborga olinadi.
Banklarning foydasi hisobot davrining oxirida daromad yoki xarajat hisobvaraqlari qoldig’i 31206-“sof foyda (zarar)” hisobvarag’iga kirim qilinadi. Tijorat banklari foydasini aniqlash va ularning buxgalteriya hisobda aks ettirish tartibining amaliyotdagi holatini ko’rib chiqish uchun uning daromad va xarajatlari hisobvaraqlaridagi qoldiq summalarni 31206-“sof foyda (zarar)” hisobvarag’iga yopiladi. Buning uchun A. Omoniv, T. Qaraliyevlarning “Banklarda buxgalteriya hisobi” darsligining “bank daromad va xarajatlari hisobi” paragrafida daromad va xarajatlar bo’yicha keltirilgan buxgalteriya amaliyotlaridan foydalanamiz24.
Dastlab 40000-“Daromadlar” hisobvaraqlaridagi qoldiq summalarni yopish bo’yicha quyidagi buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiramiz:
23 Umarov Z.A. Tijorat banklarida moliyaviy natijalar hisobi va tahlilining nazariy-uslubiy masalalari. i.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. – T.: 2010. – 24 b.
24 A. Omonov, T. Qoraliyev, “Banklarda buxgalteriya hisobi”, TMI,-Toshkent –Moliya” 2014-yil, 172-173- betlar
Debet- 42601-“xususiy korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo’yicha foizli daromadlar” 35 000 000,00
Debet- 42001-“jisminiy shaxslarga berilga qisqa muddatli kreditlar bo’yicha foizli daromadlar” 25 000 000,00
Debet- 40205-“Markaziy bankdagi depositlar bo’yicha foizli daromadlar ” 1000 000,00
Debet- 40401-“boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari bo’yicha foizli daromadlar” 5 000 000,00
Debet- 40713-“korxonalarning qarz qimmatli qog’ozlari bo’yicha foizli daromadlar” 45 000 000,00
Debet - 45217-“sotib olingan debitorlik qarzlari bo’yicha daromadlar- faktoring” 15 000 000,00
Debet- 45221-“bakning trast operatsiyalari bo’yicha daromadlar” 5 000 000,00
Debet- 45001-“O’zR MBdan sotib olingan QQ lar bilan amalga oshirgan REPO bitimlari bo’yicha foizli daromadlar 10 000 000,00
Debet - 45261-“kafolat va kafilliklar bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirishda ko’rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar” 12 000 000,00
Debet - 40294-“ boshqa ko’rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” 46 250,00
Debet - 45713-“qo’shma korxonalarga qilingan investitsiyalardan olingan foyda-boshqalar” 5 000 000,00
Debet - 45713-“xorijiy to’lovlar bo’yicha vositachilik uchun olingan daromadlar” 10 000 000,00
Kredit - 312065-“sof foyda (zarar)” 168 046 250,00
Quyida bankning xarajat hisobvaraqlarining qoldiq summalarini 31206- “sof foyda (zarar)” hisobvarag’ining debetiga olib boorish orqali yopamiz va quyidagi buxgsalteriya yozuvini amalga oshiramiz.
Debet –312065-“sof foyda (zarar)” 145 000 000,00
Kredit -50108- “xususiy korxonalar, xo’jalik shirkatlari va jamiyatning TQOS (talab qilib olinguncha saqlanadigan) depositlari bo’yicha foizli xarajatlari” 5 000 000,00;
Kredit -51108- “xususiy korxonalar, xo’jalik shirkatlari va jamiyatning muddatli depositlar bo’yicha foizli xarajatlari” 50 000 000,00;
Kredit -51108-“ xususiy korxonalar, xo’jalik shirkatlari va jamiyatning jamg’arma depositlar bo’yicha foizli xarajatlari” 5 000 000,00;
Kredit -53101-“ O’zR MB dan olingan qisqa muddatli kreditlar bo’yicha foizli xarajatlar” 15 000 000,00;
Kredit -56795-“boshqa operatsion xarajatlar” 5 000 000,00
Kredit -56795-“boshqa operatsion xarajatlar” 8 000 000,00
Kredit -52101-“boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo’yicha bo’yicha foizli xarajatlari” 5 000 000,00
Kredit -52102-“ish haqi” 25 000 000,00
Kredit -56118-“ijtimoiy himoya bo’yicha xarajatlar” 2 000 000,00 Kredit -56202-“ijara to’lovlari”
Kredit -56210-“suv to’lovi”
Kredit -56210-“elektr energiyasi va isitish tarmoqlari xarajatlari” 5000 000,00
Kredit -56214-“ta’mirlash va ta’minot xarajatlari” Kredit -56218-“qo’riqlash xizmati xarajatlari” Kredit -56302-“xizmat safari xarajatlari”
Kredit -56306-“xizmat safaridagi kunlik xarajatlari” 5 000 000,00
Kredit -56314-“yoqilg’i xarajatlari” 5 000 000,00
Kredit -56402-“reklama va e’lon xarajatlari” 5 000 000,00
Kredit -56418-“kitob, gazeta va boshqa davriy nashriyotlar bo’yicha xarajatlar” 5 000 000,00
Yuqoridagi buxgalteriya yozuvlari orqali bankning daromad va xarajat hisobvaraqlaridagi qoldiq summalar 31206-“sof foyda (zarar)” hisobvarag’iga
to’liq yopiladi. Quyida ushbu hisobvarag’i bo’yicha debet va kreditlarni korrespondetsiya qilish orqali bankning sof foydasi yoki zararini aniqlaymiz.