daromadkeltirmaydiganaktivlarningsalmog’i (2014-yil1-y.holatida)44 Rasm ma’lumotlaridan shuni ko’rish mumkinki, 2014-yil 1-yanvar holatida tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida daromad keltirmaydigan aktivlarining mamlakatimiz bank tizimida sezilarli ko’rsatkichlarni tashkil etgan. jumladan eng yuqori ko’rsatkich daromad keltirmaydigan aktivlar bo’yicha AT Sanoatqurilishbank tegishli bo’lib, bu ko’rsatkich tijorat banki umumiy aktivlari hajmida 31,2 foizni tashkil etgan. Bu bank daromadlarining kamayishi va natijada yakuniy moliyaviy foydaning o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. TIF Milliy bank daromad keltirmaydigan aktivlarining miqdoriy ko’rsatkichi tijorat banki umumiy aktivlari hajmida 30,6 foizni tashkil etgan. shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimiz tijorat banklari ichida daromad keltirmaydigan aktivlar ulushi bo’yicha yaxshi ko’rsatkich Asaka bankka tegishli bo’lib, bu 21,7
44 Annual Review 2012 Delivering in a changed environment 2013. -P.66), Barclays PLC Annual Report 2012. –
P. 233, bank axborotnomasi №21 (888) Toshkent-2013 ma’lumotlari asosida.
foizni tashkil etgan. Bu albatta bank aktivlarining daromadliligini oshishini ta’minlaydi. Yevropa bank amaliyotida esa daromad keltirmaydigan aktivlar umumiy aktivlar hajmida juda kam miqdorni tashkil etgan.
Bank tomonidan aktiv operatsiyalar bir vaqtning o’zida qonuniy me’yorlarga roiya qilgan, bank likvidligini ta’minlagan, alohida operatsiya turlari bo’yicha risklarni mutanosib taqsimlagan holda foyda olish maqsadida amalga oshiriladi. Ko’proq daromad keltiruvchi (yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar, valyuta bilan bog’liq operatsiyalar, komission daromadlar kabi) operatsiyalar hajmini oshirib, daromad keltirmaydigan operatsiyalar hajmini mumkin qadar kamaytirish kerak. Bundan tashqari, ko’rsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish maqsadida daromad keltiruvchi operatsiyalarning yangi ko’rinishlarini qidirib topish zarur. Shuningdek, barqaror daromadlarni ham oshirish lozim.
Quyidagi aktiv operatsiyalar hajmini oshirish kerak:
yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlarning turlarini yanada ko’paytirish, ularni turli xil maqsadlarga yo’naltirish va bu borada qulay shart-sharoitlarni yaratish;
davlat va yuridik shaxslar tomonidan chiqariladigan qimmatli qog’ozlarga investitsiyalarni ko’paytirish, o’z nomi va o’z hisobidan chiqariladigab qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalar hajmini kengaytirish;
investitsion loyihalarni amlaga oshirish;
lizing operatsiyalarning yana yangi turlarini amaliyotga joriy etish.
Jahon svilizatsiyasi jadallik bilan rivojlanayot paytda, dunyoda birja bozorining ahamyati ham ortib bormoqda. Hozirda jahonning ko’plab banklari bu soha bilan shug’ullanmoqdalar Biz bu sohani O’zbekistonda ham juda tez rivojlanishi uchun banklar xizmatidan foydalanishimiz, to’g’rirog’i bu sohani bank xizmat turlaridan biriga aylantirishimiz kerak. Bu bilan har bir jismoniy va yuridik shaxs qo’shimcha daromad manbai sifatida shug’ullanishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasida banklarning foydasini yanada oshirish uchun quyidagilar amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi:
o xalqaro amaliyotdan foydalangan holda bank nazorati samaradorligini
o oshirish;
o respublika moliya-bank tizimi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot
o tizimini Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) to’liq moslashtirish;
o mijozlarni kreditga layoqatliligini baholash tizimini takomillashtirish va
o yangicha baholash usullaridan foydalanish;
o banklarda yangi turdagi xizmat turlarini tashkil etish orqali ularning
o rentabellilik darajasini, hamda jozibadorligini oshirish;
o ichki audit xizmatini takomillashtirish orqali, bank filiallari ulardan
o maslahatchi sifatida foydalana olish imkoniyatini yaratish;
o banklar joriy likvidlilikning talablarini bajarishi uchun Markaziy bank
o tomonidan obligatsiya va sertifikatlarni chiqarish;
o banklarda marketing va menejment xizmatlarini rivojlantirish yordamida banklar moliyaviy ahvolini yaxshilash va boshqalar.
o banklarning elektron tijorat faoliyatini yanada rivojlantirsh va ular bo’yicha yangi qonunlar joriy etish.
o tijorat banklari o’z faoliyatini yanada kengaytirish uchun ular foyda solig’ining tushirilishi, shuningdek imtiyozlar belgilanishi.
Umumiy daromadda foyda ulushining kamayishiga foizli va foizsiz xarajatlarning ham ta’siri bor, shuning uchun bu xarajatlarni kamaytirish maqsadga muvofiq.
Foizli xarajatlar: jalb qilingan resurslar hajmi, deposit bazasining strukturasi, jalb qilingan resurslarning foiz stavkalari kabilarga bog’liq.
Quyidagi xarajatlarni qisqartirishga erishish kerak:
foizsiz xarajatlar (valyuta operatsiyalarida, qimmatli qogo’z bilan bog’liq operatsiyalarda, vositachilik xarajatlari);
ma’muriy boshqaruv bilan bog’liq xarajatlar.
Bank xarajatlarini kamaytirish orqali resurs bazaning tarkibi yaxshilash ya’ni mijozlarning depozitlarini ko’paytirish va qimmat depozit vositalarining (masalan banklararo kreditlar) ulushini kamaytirish imkonini beradi.
Raqobatchilik sharoitida bank tomonidan taklif etilayotgan har bir mahsulot yoki xizmat turlari mijozlarga tushunarli, qulay va mashhur bo’lishi kerak.
Internetdagi ma’lumotlar hajmini yanada ko’paytirish, mijozlarga xizmat ko’rsatishning qulay usullarini qo’llash, taklif etilayotgan mahsulot va xizmat turlari, ularning afzallik tomonlari to’g’risida, umuman bankning texnologik imkoniyatlari haqida mijozlarga ko’proq va batafsil ma’lumotlarni qiziqarli qilib reklama yordamida yetkazish mumkin. Zaruriyat tug’ilsa, mijozlar uchun maxsus seminar va konferensiyalar, maqsadli reklama aksiyalarini tashkil etish lozim. Bunday ishlar mijozlarning shu bankka bo’lgan qiziqishlarini yanada orttiradi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yuqoridagi aytib o’tilgan fikrlarimiz hamma banklarimiz amalayotida ham qo’llanilib kelinmaydi, ayniqsa bank o’z faoliyatida filiallar bilan bog’liq faoliyatga ham alohida va chuqur e’tibor qaratib ularning sifatini oshirishlari kerak. Zero, bunday qilingan samarali harakatlar albatta o’z samarasini ko’rsatib,bank foydasini oshirishga xizmat qiladi.
XULОSA
Mazkur bitiruv malakaviy ishida ko’tarilgan mavzudan shunday xulosa qilishimiz mumkinni, tijorat banklarining yuqoriroq foyda olishi, ularning daromadlilik va likvidliligining ta’minlanishi, shuningdek banklarning moliyaviy barqarorligi, avvalumbor, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga salmoqli ahamiyatga ega bo’lib, bundan tashqari banklarning qanchalik ko’proq foydaga ega bo’lishi, o’z navbatida, banklarning omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini shunchalik darajada himoya qilinganligidan, hamda tijorat bankining xizmatlari, operatsiyalari va faoliyati barqaror ekanligidan dalolat beradi.
O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilganda, avvalambor shuni ta’kidlashimiz kerakki, global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga qaramasdan 2014-yilda O’zbekiston o’z iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholining turmush darajasini izchil yuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o’z pozitsiyasini mustahkamladi. Ayni paytda barqaror va ishonchli faoliyat yuritib kelayotgan mamlakatimizdagi barcha tijorat banklari iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, uning yetakchi tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik jihatdan yangilash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda aholining ish bilan bandligini ta‟minlashga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Aholining bo’sh pul mablag’larini bank omonatlariga jalb qilish orqali ular uchun nafaqat daromad manbai, shu bilan birga bank uchun ham qo’shimcha resurs manbaidir. Shuningdek, bu orqali iqtisodiyotda pul mablag’larini bankdan tashqari jamg’arilishiga yo’l qo’yilmaydi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqib, bu borada aholining manfaatlarini ham inobatga olgan holda, tijorat banklari tomonidan aholi uchun jozibador omonat turlari joriy etilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyati natijalarining tahlili shuni ko’rsatadiki, banklarning sof foydasi oshgan. Bank foydasining oshishi
bank daromadlarining, ayniqsa bankning kredit operatsiyalari bo’yicha daromadlarining o’sganligi evaziga bo’lgan. Lekin tahlil natijalari shuni ko’rsatmoqda banklarimiz jami daromadlari tarkibida foizsiz daromadlarning hajmi ko’proq, jami xarajatlar tarkibida esa operatsiya xarajatlari ko’proq ulushni tashkil etmoqda. Bu natijalarga berilgan kreditlar, depozitlar va boshqa jalb qilingan mablag’larning oshganligi evaziga erishildi. Shuningdek foizsiz xarajatlar hajmining oshishini ham inobatga olish kerak, bu bank faoliyatida menejmentni rivojlantirish kerak ekanligini anglatadi, aks holda bu qoniqarsiz natijaga olib kelishi mumkin. Shuningdek foizli marja ko’rsatkichi bank foydasini shakllanishida muhim bo’lgan ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. U bank xarajatlarini qoplab, foydaning shakllanishiga asoslangan, uning oshgani bank qo’yilmalarining daromadliligini ko’rsatadi.
rasm. Tijorat bankining foydasi hajmiga ta’sir etuvchi quyidagi asosiy omillar mavjud45
Respublikamiz tijorat banklarining asosiy daromad manbasi kreditdan oladiga foizli daromadlar ekanligini ko’p bora ta’kidlab o’tdik. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, bozor iqtisodiyotida kreditdan foydalanish uchun to`lanadigan foiz darajasi iqtisodiy jihatdan belgilangan chegarasiga ega.
45 Sh. Abdullayeva “Bank ishi” darslik yordamida muallif tomonidan mustaqil tayyorlandi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning o`rtacha tarmoq rentabellik darajasi foiz stavkalarining yuqori chegarasini belgilab beruvchi mezondir. Shu narsadan kelib chiqqan holda kredit olgan хo`jalik yurituvchi sub’ekt uchun ushbu darajadan ortiqcha foizni to`lash maqsadga muvofiq emasdir. Kredit uchun olinadigan foizning quyi chegarasi esa bank tizimining ob’ektiv zaruriy хarajatlar normasi bilan belgilanadi. Bu ob’ektiv zaruriy хarajatlar normasi quyidagilardan tashkil topadi:
resurslarni akkumulyatsiya qilish va joylashtirish bilan bog`liq хarajatlar;
markazlashtirilgan fondlar, majburiy rezervlar yaratish bilan bog`liq bo`lgan хarajatlar;
tijorat bankining turli rivojlantirish fondlarini shakllantirish bilan bog`liq bo`lgan хarajatlar va boshqalar.
Bizning fikrimizcha, ushbu chegaralarda foiz stavkasining darajasi quyidagi omillarning ta’siri natijasida aniqlanishi maqsadga muvofiq:
Tijorat banki kredit resurslarining tarkibiy tuzilishi (chetdan jalb etilgan resurslar hissasining qanchalik yuqoriligi, kreditning qanchalik qimmatligi);
Kreditga bo`lgan talab va taklifning darajasi (talab qanchalik ko`p bo`lsa, kredit shunchalik qimmat bo`ladi);
Mamlakatdagi pul muomalasining ahvoli (pulning inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, tijorat banklari o`z daromadlarini yo`qotish хatari qancha baland bo`lsa, o`z navbatida kreditning bahosi ham shuncha yuqori bo`ladi);
Bundan tashqari qimmatli qog`ozlar bozor kursi va boshqalar bilan ham belgilanadi.
Shu boisdan quyidagi yakuniy fikrlarga kelishimiz mumkin bo’ladi:
tijorat banklari akkumulyatsiya qilingan mablag`larning egalari bo`lmasalarda, shu mablag`larni faoliyat ko`rsatuvchi boshqa хo`jalik yurituvchi sub’ektlarning oborotiga joylashtiradilar va foiz shaklidagi qo`shimcha qiymatga ega bo`ladilar. Ana shu foizlar ular foydasining asosiy manbai bo`lib
tijorat banklarida foyda, asosan, olingan foizlar va muomala хarajatlari o`rtasidagi farq sifatida shakllanadi. Shuni inobatga olgan holda ular olingan foizlar bazasini yanada kengaytirish va xarajatlarini imkon darajada kamaytirish;
bugungi kunda tijorat banklarining asosiy xarajatlarini operatsion xarajatlar tashkil etmoqda. Aloqa bank misolida tahlil qilganda ham jami xarajatlar salmogída operatsion xarajatlar asosiy o’rinni tashkil etgan. Foydani oshirish uchun operatsion xarajatlarni kamaytirish;
tijorat banklarida vositachilik operatsiyalarini yanada oshirish, xususan trast operatsiyalarni, konsalting operatsiyalarni, outsorsing va boshqa operatsiyalarni takomillashtirish;
banklarning elektron tijorat orqali oladigan foydasining manbalarini oshirish, buning uchun yangi texnika-texnologiyalarni banklar faoliyatiga olib kirish;
shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki,quyidagi foydaning mutlaq hajmiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni har doim nazorat qilib borilishi ham muhimdir:
bank daromadi bilan xarajatining o‘sishi sur’atlari o‘rtasidagi nisbat;
bankning ayrim aktiv operatsiyalaridan olingan o‘rtacha daromad;
bank aktivi tarkibida daromad keltiruvchi aktivlar salmog‘i ;
bankning aktiv va passiv operatsiyalari bo‘yicha foiz stav-kalarining harakati;
daromad keltiruvchi aktivlar tarkibi;
kredit portfeli tarkibi;
riskli aktiv operatsiyalarining bank aktividagi salmog‘i;
har bir aktiv operatsiyalarning daromadliligi
Bank texnologiyasining takomillashishi natijasida bankning samarali faoliyatini ta’minlash, foydani oshirish maqsadida quyidagi faoliayatlarga alohida ahamiyat berish lozim maqsadga muvofiq:
o risklarni boshqarish;
o bank texnologiyalari;
o bankning mijozlar bilan ishlash faoliyati yanada sifatini oshirish;
o reklama va marketing faoliyatlarini takomillashtirish;
o bank foydasini o’stirish imkoniyatlarini hisoblash va ularni yo’lga qo’yish chora-tadbirlarini belgilash.
Respublikamiz tijorat banklarining daromadlarini oshirish, bank foydasini ko’paytirish maqsadida quyidagi takliflarni kiritishimiz mumkin:
Tijorat banklarining foizli daromadlarini yalpi daromad hajmidagi salmog’ining mo’tadil darajasini ta’minlash, bunda jami daromad tarkibida foizli daromadlarning ulushini 70% va undan ortiqroq qilishga erishish lozim. Bu ishlarni bajarishda maxsus fondlar yordamidan kengroq foydalanish zarur.
Tijorat banklariga barqaror resurs manbalarini ko’proq jalb qilib, shu orqali har xil kutilmagan zararlarnin kamaytirishga erishish kerak.
Banklarda innovatsion texnologiyalar va yangi zamonaviy xizmat turlarini ko’proq qo’llagan holda bank faoliyatining samaradorligini oshirish va bu orqali operatsion va boshqa xarajatlar salmog’ini kamaytirishga erishish lozim.
Tijorat banklarida marketing tadqiqotlarini samarali va keng yo’lga qo’yish orqali banklarga yangi mijozlar jalb qilishni takomillashtirish tizimini yaratish kerak, bu esa o’z navbatida bank foydasini yanada ko’paytirishga xizmat qiladi.
Foyda va zararlarni chuqur tadqiq etishda foyda va rentabellikni o’stirishning ichki imkoniyatlarini aniqlashda, bank foydasini o’stirish yuzasidan har tomonlama asoslangan xulosalarni chiqarishda moliyaviy hisobotlarning takomillashgan tartibini joriy etish lozim.
Respublika tijorat banklarining moliyaviy bozordagi operatsiyalarini rivojlantirish.
Yuqoridagi takliflarni bank amaliyotida qo’llanilishi tijorat banklari foydasini oshirishga yordam beradi degan umiddamiz.