35
tizimidagi o’rnidan kelib chiqqan holda tadqiq etish lozimligini ko’rsatadi.
Yuqoridagi
tahlillardan xulosa qilib, biz audit faniga quyidagicha tavsif berishni
maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:
Moliyaviy hisobot auditi fani - xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni samarali
boshqarish va rivojlantirish, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni to’g’ri
qarorlar qabul qilishi uchun ularni ishonchli axborot bilan ta’minlash maqsadida
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarfaoliyatining qonuniyligi va moliyaviy hisobotining
ishonchliligini baholashga oid bilimlarni mujassamlashtiruvchi va hosil qiluvchi
fandir.
Auditorlik faoliyatiga oid o’zaro munosabatlarda sub’ekt sifatida davlat,
auditorlik tashkilotlari, auditorlar, korxona menejerlari va mulkdorlari,
buxgalteriya (moliyaviy) hisobotidan foydalanuvchilar, auditorlarning professional
jamoat tashkilotlari qatnashadi. Moliyaviy hisobot auditi
fan sifatida auditorlik
faoliyati sub’ektlari o’rtasidagi munosabatlarni o’rganib, amaliy faoliyat sohasi
sifatida esa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining qonuniyligi hamda
moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligiga oid tekshiruv natijalarini
tasdiqlangan rasmiy shakl va mazmundagi auditorlik hujjatlarida umumlashtiradi
va sub’ekt rahbariyatiga taqdim etadi.
Moliyaviy hisobot auditi usulini fan sifatida ta’riflaganda,
u foydalanadigan
umumiy tadqiqot usullarini dialektika, rasmiy mantiq va tizimli yondashuv kabi
usullarga ajratish mumkin. Moliyaviy hisobot auditi tadqiqot ob’ektlariga nisbatan
professional qarorni shakllantirish maqsadida umumiy usullarning barchasidan
auditorlik dalillarini to’plash va ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonida
foydalaniladi.
Shuningdek, moliyaviy hisobot auditining alohida va aniq
ob’ektlarni tekshirishda qo’llaniladigan xususiy yoki maxsus usullari ham mavjud.
Bu esa, auditorlik faoliyatining uslubiy asoslari quyidagi elementlardan tashkil
topadi (2.1-rasm).
O’z navbatida, yuqoridagi 2.1.-rasmda keltirilgan moliyaviy hisobot auditini
tashkil etish shakllarining me’yoriy-huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonuni hisoblansa, auditorlik dalillarni to’plash
36
amallarining me’yoriy asosi 500-son “Auditorlik dalillar” nomli XAS, auditning
umumilmiy va maxsus usullarining me’yoriy asosi MHXS, XASlar va auditga oid
o’quv
adabiyotlari, auditorlik tahliliy amallarining me’yoriy-huquqiy asosi esa
520-son “Tahliliy amallar” nomli XAS kabi hujjatlarda (mazkur usullarning
mazmuni va qo’llash tartibi) yoritilgan.
Dostları ilə paylaş: