123
Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, buxgalteriya balansi auditi jarayonid
auditorlik tashkilotlari tomonidan o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvlarining sifati
va samaradorligi tahliliy amallarning nechog’lik keng qo’llanilishiga bevosita
bog’liqdir. Tahliliy amallar auditorlik dalillarini olishda eng samarali usul
hisoblanib, jahonnning etakchi auditorlik tashkilotlari tomonidan keng qo’llaniladi.
Shu boisdan ham, tahliliy amallarni respublikamiz auditorlik tashkilotlari
faoliyatida keng joriy etish maqsadga muvofiq.
Buxgalteriya balansi auditi jarayonida ko’pincha oddiy miqdoriy tahliliy
amallar keng qo’llaniladi. Mazkur amallarni qo’llash oson bo’lsada, ammo uning
natijalari etarli darajada ishonchli bo’lmaydi. Bugungi kunda tahliliy amallarni
bajarishda ekonometrik modellarni qo’llash bo’yicha dasturiy vositalarning
ko’plab turlari mavjud. Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari keng
rivojlanayotgan hozirgi sharoitda ko’proq ekonometrik modellarga asoslangan
murakkab
ifodalangan
tahliliy
amallarni
qo’llash zarurdir. Auditorlik
tekshiruvlaridan maqsad buxgalteriya balansining ishonchliligi yuzasidan xolis
fikrni shakllantirish ekan, auditorlik tashkilotlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
moliyaviy holatini ob’ektiv baholashi zarurdir. Fikrimizcha, tahliliy amallar
moliyaviy
barqarorlik,
moliyaviy
mustaqillik,
to’lovga
layoqatlilik
ko’rsatkichlarini to’g’ri aniqlashda eng samarali vosita hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: