12
Moliyaviy hisobot auditi maqsadlarini tushunish realizatsiya qilinishi
auditorning kasbiy fikrlarini ifodalash uchun etarlicha isbot yig’ish
imkonini
beruvchi auditorlik amallari metodik asoslari shakllanishini ta’minlaydi.
“Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy tamoyillar”
nomli 200-son xalqaro audit standartiga muvofiq moliyaviy xisobot auditining
maqsadi: auditorlarga moliyaviy hisobot barcha axamiyatli javxalari bo’yicha
moliyaviy hisobotni taqdim etishga oid belgilangan kontseptual asosga muofiq
tayyorlanganligi xaqida o’z fikrini bildirish uchun imkoniyat yaratishdir.
Moliyaviy hisobot auditining vazifalari:
-
Moliyaviy hisobot tarkibini tekshirish;
-
Moliyaviy hisobot tuzish printsiplariga mosligini tekshirish;
-
Buxgalteriya balansining to’g’riligini tekshirish;
-
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni tekshirish;
-
Pul oqimi to’g’risidagi hisobotni tekshirish;
-
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotni tekshirish.
Moliyaviy hisobot auditini tartibga soluvchi tamoyillar sifatida mustaqillilik,
xalollik,
xolislik, kasbiy bilimga egalilik va tegishli sinchikovlik, kasbiy xulq
atvorga egalilik, texnikaviy standartlarga rioya qilish
kabi tamoyillarni kiritish
mumkin.
Moliyaviy xisobot auditining axborot manbalari bo’lib quyidagilar xizmat
qiladi:
-
Ta’sis xujjatlari;
-
Ta’sischilarning umumiy majlis bayonnomalari, qaror va buyruqlari;
-
Xisob siyosati;
-
Moliyaviy xisobot shakllari;
-
Buxgalteriya xisob registrlari;
-
Boshlang’ich xujjatlar.
Moliyaviy hisobotni hosil qilish pog’onalari
-
Moliyaviy hisobot moddalari ko’rsatkichlari
-
Sintetik va
analitik hisob reestrlari
13
-
Xo’jalik operatsiyalari
Auditorlik tekshiruvida dalillar to’plash amallari sifatida esa quyidagilarni
kiritish maqsadga muvofiqdir:
-
Testlash orqali baholash
-
Ichki nazorat tizimi bo’yicha test o’tkazish;
-
Buxgalteriya hisobi tizimini bo’yicha testlash;
-
Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan xisob siyosatini taxlili;
-
Solik hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatini taxlili;
-
Ishchi schetlar rejasini taxlil kilish.
Mohiyati buyicha schetlarning qoldiq va oborotlarini tekshirish amallari:
a) NAZORATLASH - bu qog’oz yoki elektron ko’rinishdagi yoki boshqa
tashuvchilardagi tashqi va ichki hujjatlar yozuvlarini
tekshirishni hamda material
aktivlarni tekshirish aktivlarning inventarizatsiya tekshirishlardan tashkil topgan.
b) KUZATISH - boshqa shaxslar tomonidan bajarilgan muolaja va
jarayonlarni o’rganishni o’z ichiga oladi;
v) SO’ROV - xo’jalik sub’ekti ishi bo’yicha yoki ishidan tashqari boshqa
shaxslardan ma’lumot to’plash;
g) HISOBLASH - bu buxgalteriya yozuvlarida
va dastlabki hujjatlarda
arifmetik aniqlikni tekshiradi.
Moliyaviy hisobot auditida ko’rsatkichlarni baholash va tasdiqlashga ta’sir
etuvchi omillar sifatida quyidagi omillarni misol qilish mumkin:
-
Mavjudligi;
-
Kelib chiqishining aniqligi;
-
Xuquq va majburiyatlar;
-
To’laligi;
-
Baholanishi;
-
Aniqligi;
-
Taqdim va oshkor qilish.
Moliyaviy hisobot auditi jarayonida eng ko’p qo’llaniladigan tahliliy amallar:
-
xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotlari ko’rsatkichlarini uning
14
rejadagi ko’rsatkichlari bilan solishtirish;
-
moliyaviy hisobotlarning amaldagi ko’rsatkichlarini auditorlik tashkiloti
tomonidan belgilangan prognoz ko’rsatkichlari bilan solishtirish;
-
moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini amaldagi qonunchilik va me’yoriy
hujjatlar yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zi tomonidan belgilanadigan
me’yoriy hujjatlar bilan solishtirish;
-
moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan
ko’rsatkichlar bilan solishtirish;
-
moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini tarmoqning o’rtacha ma’lumotlari bilan
solishtirish;
-
moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining vaqt o’tishi.
Tekshiruv
vazifalarini aniqlab borish, auditorlar xo’jalik muomalalari
tarkibini, ularning hajmini, jadalligi, rasmiylashtirish va ro’yxatdan o’tkazish
tartibini, korxonada qo’llaniladigan axborotlarga ishlov
berish texnologiyalari va
boshqa omillarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi lozim.
Dostları ilə paylaş: