Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi


-jadval  Moliyaviy natijalar auditi dasturining «xarajatlar auditi» bo’limi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

5.5-jadval 
Moliyaviy natijalar auditi dasturining «xarajatlar auditi» bo’limi
69
 
№ 
Moliyaviy natijalar 
to’g’risidagi hisobotni 
tayyorlash tamoyillari 
Audit yo’nalishlari 

Vujudga kelish, to’liqlik 
a) hisobotda aks ettirilgan moliyaviy faoliyat xarajatlari haqiqatda 
aktsionerlik jamiyati tomonidan tan olinganligiga ishonch hosil 
qilish; 
b) hisobotda aks ettirilgan moliyaviy faoliyat xarajatlari va 
daromadlari hisobot davriga taalluqliligiga ishonch hosil qilish 

Mavjudlik va to’liqliq 
moliyaviy faoliyat xarajatlari aktsionerlik jamiyati hisobotida to’liq 
aks ettirilganligi va aks ettirilmagan xarajatlar yo’qligi 

Baholash, aniq o’lchash 
hisobotda aks ettirilgan moliyaviy faoliyat daromadlari va 
xarajatlari to’g’ri baholanganligi 

Taqdim etish va ochib berish 
a)moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlarining hisobotda 
to’g’ri turkumlanganligiga ishonch hosil qilish; 
b)moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlari to’g’risidagi barcha 
muhim axborotlar to’liq va tegishli tarzda aktsionerlik jamiyati 
moliyaviy hisobotida ochib berilganligiga ishonch hosil qilish 
Bunda «auditor moliyaviy natijalarni tekshirayotganida byudjetga soliq o’z 
vaqtida va to’la to’lanayotganligini, shubhali qarzlar bo’yicha zahiralar to’g’ri 
vujudga keltirilganligini, firma qatnashchilari o’rtasida foyda o’z vaqtida va to’g’ri 
taqsimlanayotganligiga va aktsiyadorga dividendlar to’g’ri to’lanayotganligiga 
e’tibor berishi kerak», -deb hisoblanadi
70

Korxonaning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqadigan xarajatlari foiz 
ko’rinishidagi xarajatlar, kurs farqlaridagi zararlar hamda boshqa turdagi 
moliyaviy faoliyat xarajatlaridan iborat. Amaliyotda ayrim hollarda korxonaning 
69
Ivatov Z.F. Moliyaviy natijalar auditini takomillashtirish: 08.00.08-«Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» ixtisosligi bo’yicha 
nomzodlik dissertatsiyasi avtoreferati.-Toshkent: O’zbekiston Respublikasi Bank Moliya Akademiyasi, 2006.-22 b. 
70
Avloqulov A.Z. “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida moliyaviy natijalar ko’rsatkichlarini aks ettirish xususiyatlari” Toshkent 
“Xalqaro moliya va hisob” elektron jurnali 2017 y. №2-son.


168 
moliyaviy ahvolini «yaxshilash» maqsadida daromadlarni oshirib ko’rsatish yoki 
soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish maqsadida, ularni pasaytirish hollari 
uchraydi. Bunda tekshiruv o’tkazish uchun deduktiv usul ya’ni yozuvlarni 
moliyaviy hisobotdan dastlabki hujjatlarga tomon tekshirish tavsiya etiladi. Bu 
buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirilgan daromadlar haqiqatan ham 
korxonada olinganligini isbotlashga imkon beradi. 
Moliyaviy faoliyat xarajatlari hisobda pasaytirib ko’rsatilmaganligi, ya’ni 
barcha xarajatlar va zararlar hisobotda to’liq aks ettirilganligiga ham ishonch hosil 
qilish lozim. Bunda tekshiruv induktiv usul bo’yicha, ya’ni dastlabki hujjatlardan 
buxgalteriya hisobi va hisobotiga tomon amalga oshiriladi. Auditor moliyaviy 
hisobotda aks ettirilgan moliyaviy faoliyat daromadlari korxona tomonidan 
haqiqatda olinganligiga ham ishonch hosil qilishi lozim. Buning uchun tegishli 
daromadlarning olinganligini tasdiqlovchi dastlabki hujjatlarni tahlil qilish zarur. 
Bundan tashqari, xo’jalik faoliyatida sodir bo’lgan muomalalarni aks ettirishda 
muvofiqlik tamoyili buzilmaganligiga ishonch hosil qilish kerak. Buning uchun 
hisobot davrida aks ettirilgan moliyaviy faoliyatga doir daromadlar tanlab olinib, 
ularga tegishli dastlabki hujjatlar o’rganilishi va ushbu daromadlarni olish huquqi 
korxonada haqiqatdan hisobot davrida vujudga kelganligiga ishonch hosil qilish 
zarur. 
Aktsionerlik jamiyatining moliyaviy faoliyatiga doir xarajatlarini tekshirish 
chog’ida auditor ularning hisobotda o’z vaqtida va to’liq aks ettirilganligini 
aniqlash lozim. Moliyaviy faoliyatga doir daromadlar va xarajatlar hisobotda 
haqqoniy bahoda aks ettirilishi lozim. Auditor ularni buxgalteriya hisobi va 
dastlabki hujjatlar (masalan, bank kreditlari bo’yicha foizlar to’g’risidagi 
ma’lumotnoma, uzoq muddatli ijara bo’yicha foizlar hisob-kitobi, valyuta schyoti 
bo’yicha bank ko’chirmasi, moliyaviy qo’yilmalarni baholash hisob-kitobi) 
ma’lumotlari bilan taqqoslab tekshirishi kerak. Bunda quyidagi tekshiruv usullarini 
qo’llash maqsadga muvofiq: arifmetik qayta hisoblash (masalan, hisoblangan 
foizlarni, qayta baholashga doir hisob-kitoblarni) va daromadlarni hisoblashning 
asoslanganligini va hisob-kitoblarning to’g’riligini tekshirish. Bundan tashqari, 


169 
auditor moliyaviy hisobotda moliyaviy faoliyat daromadlari va harajatlarining 
to’g’ri turkumlanganligini ham tekshirishi lozim. «Moliyaviy hisobot shakllari va 
ularni to’ldirish qoidalari»ga (O’zR MV 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug’i 
bilan tasdiqlangan) muvofiq moliyaviy faoliyatga doir daromadlar va xarajatlar 
quyidagicha turkumlangan: 
-
daromadlar - dividendlar shaklida, foizlar shaklida, uzoq muddatli ijara 
(lizing)dan daromadlar, valyuta kursidan daromadlar va moliyaviy faoliyatning 
boshqa daromadlari; 
-
xarajatlar - foizlar shaklida, uzoq muddatli ijara (lizing) bo’yicha foizlar 
shaklida, valyuta kursi farqidan zararlar va moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa 
xarajatlar
.
Auditor hisobotda aks ettirilgan moliyaviy faoliyatga doir daromadlar va 
xarajatlarning har bir moddasi bo’yicha tafsilotini (rasshifrovkasini) mustaqil 
tuzishi yoki mijozdan talab qilib olishi mumkin. Bu daromadlar va xarajatlarning u 
yoki bu toifasi hisobda to’g’ri aks ettirilganligini aniqlash imkonini beradi. 
Xarajatlarning aks ettirilishini tekshirish chog’ida auditorga quyidagi usullarni 
qo’llash tavsiya etiladi: dastlabki hujjatlar bilan taqqoslash (soliqqa tortishda 
hisobga olinadigan daromadlar hisob-kitobining to’g’riligini ham qo’shgan holda); 
xarajatlarni u yoki bu davrga olib borishning to’g’riligini tekshirish; daromadlar va 
xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni tahlil qilish; 
tahlil amallari (joriy va o’tgan davrdagi moliyaviy faoliyatga doir daromadlar va 
xarajatlarni taqqoslash). 
Mulklarni uzoq muddatli ijaraga berish bilan bog’liq daromadlar, agar bu 
aktsionerlik jamiyatining asosiy faoliyat predmeti hisoblanmaganda, moliyaviy 
faoliyat daromadlariga kiritiladi. Ushbu muomalalarni tekshirish chog’ida auditor 
ijara shartnomasining mazmuni bilan tanishishi va shartnomaning O’zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va O’zbekiston Respublikasi «Lizing to’g’risida» 
qonuni hamda boshqa qonunosti hujjatlari me’yorlariga mosligi tekshirishi zarur. 
Jumladan: shartnomada mulk ijara ob’ekti sifatida ko’rsatilganligi; shartnomada 
ijara haqini to’lash tartibi, muddatlari va shartlari ko’rsatilganligi; shartnomada 


170 
ta’mirlash shartlari kelishilganligi; ijarachiga mulkni yaxshilash uchun qilingan 
kapital xarajatlar qiymatining qoplanish shartlari va h.k. aniqlanadi. 
Auditor tekshiruvni yakunlash chog’ida aktsionerlik jamiyati moliyaviy 
hisoboti va unga tushuntirishlarda xarajatlar to’g’risidagi barcha muhim axborotlar 
lozim bo’lgan darajada ochib berilganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning hisob siyosati to’g’risidagi axborotlari tarkibida moliyaviy 
hisobotda eng kamida quyidagi axborotlar ochib berilishi lozim: 
-
moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlarini tan olish tartibi to’g’risidagi 
axborotlar; 
-
moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromadlar va xarajatlar to’g’risidagi 
axborotlar. 
Foizlar ko’rinishidagi daromadlar, uzoq muddatli ijara (lizing)dan olingan 
daromadlar va valyuta kursi farqlaridan olingan daromadlar moliyaviy natijalar 
to’g’risidagi hisobotda ushbu daromadlarga tegishli xarajatlar chegirib tashlangan 
holda ko’rsatilishi mumkin: 
-
buxgalteriya hisobining tegishli qoidalari bunday aks ettirishni ko’zda tutgan 
yoki taqiqlamaganida; 
-
bir xildagi yoki o’xshash xo’jalik faoliyati natijasida vujudga kelgan 
daromadlar va ular bilan bog’liq xarajatlar (masalan, mulkni uzoq muddatli ijara 
(lizing)ga berish), korxona moliyaviy ahvolini tavsiflash uchun muhim 
hisoblanmaydi. 
Majburiyatlar moddiy mablag’lar bilan to’lanishi ko’zda tutilgan 
shartnomalarni bajarish natijasida olingan tushum bo’yicha eng kamida quyidagi 
axborotlar ochib berilishi lozim: 
-
mazkur shartnomalar amalga oshirilayotgan aktsionerlik jamiyatlarining 
umumiy soni, tushumning asosiy qismi to’g’ri keladigan korxonalar ko’rsatilgan 
holda; 
-
ko’rsatilgan shartnoma bo’yicha bog’liq tomonlardan olingan tushumning 
ulushi; 
-
aktsionerlik jamiyati tomonidan berilgan mahsulotlar qiymatini 


171 
aniqlash usuli. 
Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq, moliyaviy faoliyat daromadlarni 
hisobga oluvchi schyotlarda aks ettirilmaydigan, aktsionerlik jamiyatining hisobot 
davridagi moliyaviy faoliyatiga doir daromadlari moliyaviy hisobotda alohida 
ochib beriladi. Auditor aktsionerlik jamiyatidagi buxgalteriya hisobi tizimi 
aktsionerlik jamiyatining barcha daromadlarini, jumladan, asosiy, investitsion va 
moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlari to’g’risidagi axborotlarni ochib berish 
imkoniyatini ta’minlashi lozimligini hisobga olishi zarur. 
Aktsionerlik jamiyati hisob siyosati to’g’risidagi axborotlar tarkibida 
moliyaviy hisobotda kreditlar va uzoq muddatli ijara (lizing) bo’yicha foizlarni 
to’lash to’g’risidagi xarajatlarni tan olish tartibi ochib beriladi. Moliyaviy natijalar 
to’g’risidagi hisobotda aktsionerlik jamiyati xarajatlari sotilgan mahsulot (tovar, 
ish va xizmat)lar tannarxi, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat xarajatlari
favqulodda vaziyatlar vujudga kelgan hollarda esa-favqulodda xarajatlarga 
bo’linadi. 
Hisobot davri uchun aktsionerlik jamiyatining moliyaviy faoliyati bo’yicha 
xarajatlari moliyaviy hisobotda alohida ochib beriladi. Agar auditor fikriga ko’ra, 
moliyaviy faoliyatga doir daromadlar va xarajatlar to’g’risidagi qaysidir muhim 
axborot moliyaviy hisobotda va unga tushuntirishlarda ochib berilmagan yoki 
to’liq hajmda ochib berilmagan bo’lsa, auditor ushbu faktning moliyaviy hisobot 
va auditorlik xulosasiga ta’sirini baholashi lozim. Shuningdek, moliyaviy faoliyat 
bo’yicha xarajatlarni tekshirish chog’ida quyidagilar aniqlanishi zarur: 
-
banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlar 
bo’yicha foizlarni aks ettirishning to’g’ri va to’liqligi; 
-
royalti va kapital transfertini hisobda aks ettirish shartlariga rioya qilinishi; 
-
chet el valyutasi bilan amalga oshirilgan muomalalarga doir kurs tafovutlari 
bo’yicha daromadlar (zararlar)ning to’g’ri aks ettirilishi, o’z qimmatli qog’ozlarini 
chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlarni hisobdan o’chirishning to’g’riligi; 
-
qimmatli qog’ozlarga, sho’’ba korxonalarga va hokazolarga qilingan 
qo’yilmalarni qayta baholash bo’yicha daromadlar (zararlar)ni aks ettirishning 


172 
to’liqligi va to’g’riligi; 
-
O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulush qo’shgan holda qatnashishdan olingan 
daromad, aktsiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo’jalik 
yurituvchi sub’ektga tegishli boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha olingan 
daromadlar to’liqligi va to’g’riligi; 
-
mulklarni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo’yicha foizlar to’lanishi va 
mulklarni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlarni aks ettirishning 
to’liqligi; 
-
boshqa muomalalarni moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromadlar 
(xarajatlar) qatoriga olib borishning to’g’riligi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin