Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

98
 
Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun tushunarli 
bo’lib, unda auditorning ikkilanish va (yoki) noroziligidan kelib chiqqan 
cheklashlar aniq ko’rsatilishi lozim. Auditorlik xulosasi barcha moliyaviy 
hisobotdan foydalanuvchilar olish imkoniga ega bo’lgan ochiq axborot 
hisoblanadi. Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan chop ettirilishi mumkin. Agar ko’rsatilgan 
98
Muallif tomonidan tayyorlangan 


281 
kamchiliklar buxgalteriya hisobotining haqqoniyligiga ta’sir qilmaydigan bo’lsa, 
auditor xulosa tuzishga kirishadi. Aks holda auditor buxgalteriya hisobining 
yuritilishi va korxona tomonidan taqdim qilingan hisobotlar to’g’riligini 
tasdiqlashdan bosh tortishi lozim. Faqat ko’rsatilgan kamchiliklar tugatilgandan 
so’nggina tekshiruvlarni yakunlashi va ularning natijalari bo’yicha xulosa tuzish 
mumkin. Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishdagi kamchiliklarni 
tugatish uchun korxonaga berilgan vaqt, odatda, agar bunday ishlarning jiddiyligi 
va sermehnatligi real baholansa, ikki - uch oydan oshmasligi lozim. 
Auditorga barcha zarur ma’lumotlar buzib ko’rsatilgan holda taqdim 
etilganligini u bilmagan bo’lsa, bunga auditor javobgar hisoblanmaydy. Bu 
hollarda barcha javobgarlik zarur ma’lumotlarni auditorga taqdim etishi lozim 
bo’lgan, tekshirilayotgan korxona ma’muriyati va uning ma’sul xodimlariga 
yuklatiladi. Shu boisdan, korxona rahbari va moliya-hisob xizmati xodimlari 
oldindan, auditorlik xulosasini oxirgi tahrirda tuzgunga qadar tanishib chiqishlari, 
agarda ularda ayrim holatlarga nisbatan norozilik, mulohaza yoki qandaydir 
takliflari bo’lsa, ushbu bildirilgan fikrlar diqqat bilan eshitilib, korxona xodimlari 
ishtirokida muhokama qilinishi va asoslangan holda chiqarib tashlanishi yoki 
e’tiborga olinib, xulosaning oxirgi tahririda inobatga olinishi lozim.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin