59
Bu ma‘lumotlar elektron hisoblash mashinalariga kiritiladi. So‗ngra ular
asosida juft va xususiy korrelyatsiya
koeffitsiyentlari matritsasi, ko‗p miqdorli
regressiya
tenglamasi, korrelyatsiya koeffitsiyentlari
ishonchliligi yordamida
baholanuvchi ko‗rsatkichlar hamda bog‗lanish tenglamalari: Styudent mezoni (t),
Fisher mezoni (F), approksimatsiyaning o‗rtacha xatoligi (?), korrelyatsiyaning
ko‗p miqdorli koeffitsiyentlari (R) va determinatsiyalar (D) hisoblanadi.
Korrelyatsiyaning juft va xususiy koeffitsiyentlari matritsasini o‗rganib,
ko‗rilayotgan holatlar bir-birlari bilan chambarchas bog‗liq degan xulosaga kelish
mumkin. Juft korrelyatsiyalar koeffitsiyenti umumiy holda, natijaviy ko‗rsatkichlar
darajasini aniqlovchi boshqa omillar ta‘sirini hisobga olgan holda, ikki ko‗rsatkich
orasidagi bog‗lanish chambarchasligini xarakterlaydi.
1.31-jadvaldagi ma‘lumotlar (birinchi ustun) shundan darak beradiki, barcha
omillar rentabellik darajasiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatar ekan.
Asosan rentabellik
material unumi, jamg‗arma unumi, mahsulot sifati
va mehnat unumdorligiga
chambarchas bog‗liqdir. Ushbu ko‗rsatkichlar oshishi
bilan rentabellik oshadi
(to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗lanish); mablag‗ aylanishining
davomiyligi oshsa,
rentabellik kamayadi (aylanma bog‗lanish).
2.27-jadval
Dostları ilə paylaş: