79
Omilli tahlil.
Korxona moliyaviy holati haqidagi obyektiv ma‘lumotlarni
ifoda etuvchi natijaviy ko‗rsatkichlar va ularning o‗zgarishiga ta‘sir
etuvchi
omillarni o‗rganish imkoniyatlarni baholashda muhim usul hisoblanadi. Omilli
tahlil natijaviy ko‗rsatkichning qaysi omillar hisobiga o‗zgarganligini,
ularning
ijobiy va salbiy ta‘sirlarini aniqlash imkonini beradi. Bu esa korxona faoliyatini
samarali boshqarishning muhim yo‗nalishlarini
belgilab olishda ahamiyatli
hisoblanadi. Omilli tahlilni moliyaviy faoliyat va uning samaradorligi,
natijaviyligini xarakterlovchi barcha jihatlarga nisbatan qo‗llash mumkin.
Omilli tahlil quyidagi shartlar asosida bajariladi.
-natijaviy ko‗rsatkichga ta‘sir etuvchi birlik ikki yoki undan ortiq bo‗lishi
lozim;
-natijaviy ko‗rsatkich bir xil o‗lchovli bo‗lishi lozim;
-natijaviy ko‗rsatkichga ta‘sir etuvchi omillarni
hisob-kitoblar orqali
aniqlash mumkin bo‗lishi lozim;
-natijaviy ko‗rsatkichga ta‘sir etuvchi birliklar o‗rtasida uzviylik, bog‗liqlik,
aloqadorlik bo‗lmog‗i lozim;
-natijaviy ko‗rsatkichlarga ta‘sir etuvchi birliklar turli jihatlarni aks ettirishi
lozim (baho, tannarx, hajm, struktura va h.k. kabi).
Iqtisodiy tahlilda omilli tahlildan ko‗proq korxona moliyaviy faoliyati
natijaviyligini baholashda, foyda va zararlar o‗zgarishiga, rentabellik o‗zgarishiga
ta‘sir etuvchi birliklarni baholashda foydalaniladi.
Aslida har bitta natijaviy
ko‗rsatkichni omilli tahlilini amalga oshirish mumkin. Shu sababli moliyaviy holat
tahlili yuzasidan omilli tahlil mavzularini quyidagicha tarkiblash mumkin
-iqtisodiy resurslar samaradorligi, natijaviyligi bilan bog‗liq bo‗lgan
ko‗rsatkichlarning omilli tahlili;
-aktivlar samaradorligi, natijaviyligi bilan bog‗liq bo‗lgan ko‗rsatkichlarning
omilli tahlili;
-kapital
va majburiyatlar samaradorligi, natijaviyligi bilan bog‗liq
ko‗rsatkichlarning omilli tahlili;
-moliyaviy faoliyat natijaviyligi va rentabelligi bilan bog‗liq bo‗lgan
ko‗rsatkichlarning omilli tahlili;
-korxonaning bozordagi faolligi va ish aktivligi bilan bog‗liq bo‗lgan
ko‗rsatkichlarning omilli tahlili.
Omilli tahlil metodikasini xalqaro amaliyotda mashhur bo‗lgan, g‗arb tahlil
maktabining buyuk nomoyandasi Dyuponning uch faktorli modeli misolida ko‗rib
chiqish mumkin.
Dostları ilə paylaş: