155
Har ikki bir-biri bilan bog‘liq ob`ektlarni chuqur o‘rganish orqali bozordagi
holat va korxona imkoniyatlari hisobga olingan
holda optimal variantdagi
assortiment dasturi yaratiladi. Bu das-turni amalga oshirish orqali korxona
mahsulotini raqobatbardoshligi, barqarorligi ta`minlanadi.
Komleks marketing
tahlilining asosiy vazifalari:
– korxona xizmatiga bo‘lgan talab va ehtiyojni baholash, tahlil etish,
ishlab
chiqarish dasturi real asosga ega ekanligiga ishonch hosil qilish;
– mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talablarga ta`sir etuvchi asosiy omillarni
tahlil etish;
– talab etilmagan xizmat turlarini aniqlash;
– baho siyosati va assortiment turlarini tahlil etish;
– mahsulotning raqobatbardoshligini baholash va tahlil etish;
– marketing faoliyatining taktika va strategiyasini ishlab chiqish.
Kompleks marketing tahlilining axborot tizimi ichki manba,
tashqi manba,
marketing tadqiqotlaridan iborat. Tahlil etish jarayonida bu bo‘limlarning har biri
mustaqil axborot tizimi sifatida ishtirok etadi. Ichki axborot manbalari tarkibiga
korxonaning buxgalteriya va statistika hisobotlarining tezkor va joriy ishlab
chiqarish va ilmiy-texnik manbalari kiradi. Tashqi manbalar tizimiga korxonaning
tashqi faoliyati, bozor va uning
infratuzilmasi, xaridor va mol yetkazib beruvchilar
holati, raqobatchi-lar harakati, bozor mexanizmini tartibga solish bo‘yicha davlat
tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar va boshqalar kiradi.
Bu manbalar
vaqtli va maxsus nashr, statistik to‘plam, tijorat tashkilotlari olib borgan
izlanishlarga oid sharhlarda aks etadi. Bunday manbalar
qatorini tashkil etilgan
ko‘rgazma va anjuman manbalari, ishbilarmonlar uchrashuvi va ularning olib
borgan muzokaralar bo‘yicha tuzilgan bayonnomalari yanada to‘ldiradi. Tahlilning
axborot manbalari sifatida korxonaning biznes-rejasi (marketing rejasi)dan ham
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: