4-BOB. XO„JALIK YURITUVCHI SUB‟EKTLARNING MARKETING FAOLIYATIDA TAHLIL 1. Xo‟jalik sub`ektlarining marketing faoliyatida tahlilining maqsadi, vazifasi va uning axborot manbalari 2. Marketing faoliyatini tahlil qilish yo‟nalishlari va usullari 3. Tovarning bozordagi holatini baholash va uni tahlili. Talabning o‟zgaruvchanligi 4. Tovar va korxonaning baho siyosatining tahlili 5. Korxona mahsulotining raqobatbardoshligining tahlili 1. Xo‟jalik sub`ektlarining marketing faoliyatida tahlilining maqsadi, vazifasi va uning axborot manbalari Хo‘jalik sub‘ektlarining moliyaviy axvolining barqaror rivojlanishi bevosita
marketing faoliyatini chuqur tahlil qilishga bog‘liqdir. Resurslardan samarali
foydalanish va iste`molchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun xo‘jalik sub‘ektlari
bozorni o‘rganishni talab etadi. Shu maqsadda xo‘jalik sub‘ekti tomonidan
yaratilgan maxsulot, bajarilgan ish va ko‘satilgan xizmat bo‘yicha marketing
tadqiqotlari olib boriladi. Bozorni o‘rganish asosida taklif etilmagan yangi xizmat
turlari aniqlanadi, buning natijasida xo‘jalik sub‘ekti maxsulot assortimentini
oshirish orqali ko‘proq foyda olishga erishadi. Marketing orqali kor-xona xo‘jalik
faoliyati tartibga solinadi. Shu tufayli korxonaning ishlab chiqarish faoliyati
natijasining tahlili marketing faoliyatini tahlil etishdan boshlanmog‘i lozim.
Komleks marketing tahlili marketing tadqiqoti tizimining asosiy qismi bo‘lib,
manbalarni yig‘ish, ularni ro‘yxatga olish, bozordagi tovarlar, ish va xizmatlarga
tegishli ma`lumotlarga ishlov berish orqali samarali marketing xulosalari qilinadi.
Marketing tadqiqoti jarayonidagi kompleks iqtisodiy tahlil ob`ekti sifatida,
bizningcha,