Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

1. Sotish xarajatlari: 
- tovarlarni temir yo‗l, havo, avtomobil, dengiz, daryo transportida va ot-
ulovda tashish xarajatlari;
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sotish bo‗yicha xarajatlari; 


386 
- sotish bozorlarini o‗rganish bo‗yicha xarajatlar (marketingga, reklamaga 
sarflangan xarajatlar); 
- yuqorida sanab o‗tilmagan sotish bo‗yicha boshqa xarajatlar. 
2. Ma‟muriy xarajatlar 
Ma‘muriy xarajatlarga quyidagilar kiradi: boshqaruv xodimlariga tegishli 
bo‗lgan mehnatga haq to‗lash xarajatlari; boshqaruv xodimlariga tegishli bo‗lgan 
ijtimoiy sug‗urtaga ajratmalar; xizmat yengil avtotransportini va xizmat 
mikroavtobusini saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari; xo‗jalik yurituvchi 
subyekt va uning tarkibiy bo‗linmalarini tashkil etish va ularni boshqarish 
xarajatlari; boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari, 
hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo‗lmagan boshqaruvning 
boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat ko‗rsatish xarajatlari; 
telekommunikatsiyalar xizmatlari, shu jumladan: mahalliy tarmoqlar abonent 
raqamidan foydalanganlik uchun to‗lov; kanallarni ijaraga berish; ko‗chma 
yo‗ldosh va peyjing aloqa; radiochastota spektridan foydalanish; ma‘lumotlarni 
uzatish tarmoqlari, shu jumladan internet uchun haq to‗lash; shaharlararo va 
xalqaro telefon so‗zlashuvlari uchun haq to‗lash; ma‘muriy-boshqaruv ehtiyojlari 
uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq to‗lash; ma‘muriy ahamiyatga ega 
bo‗lgan asosiy vositalarni saqlash va ularni tuzatish, shuningdek‚ eskirish 
(amortizatsiya) xarajatlari; boshqa ma‘muruiy xarajatlar; 
3. Boshqa operatsiya xarajatlari 
Boshqa operatsiya xarajatlariga quyidagilar kiradi: kadrlar tayyorlash va 
ularni qayta tayyorlash xarajatlari, yangi tashkil etilayotgan xo‗jalik yurituvchi 
subyektda ishlash uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mustasno; 
loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini 
qoplash, shuningdek‚ obyekt qoshidagi omborgacha transportda tashish chog‗idagi 
shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib 
chiqqan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga 
o‗xshash boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan 
yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar 


387 
ko‗rish uchun javobgar bo‗lgan yetkazib beruvchi yoki boshqa xo‗jalik yurituvchi 
subyektlar hisobiga undirilishi mumkin bo‗lmagan darajada amalga oshiriladi; 
maslahat va axborot xizmatlariga haq to‗lash; auditorlik xizmatlariga haq to‗lash, 
o‗tkaziladigan auditorlik xizmatlariga haq to‗lash; zararlar, jarimalar, penyalar; 
boshqa operatsion xarajatlar. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin