389
- ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
- ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari
va ajratmalari;
- ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita
qatnashayotgan asosiy va
nomoddiy aktivlarni eskirish xarajatlari;
- ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar.
Ularni baholanishi tarkib bo‗yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan;
mehnat haqini baholanishi hisoblangan mehnat haqi va ajratmalar summasidan
yoki mehnat haqi va ajratmalar yuzasidan tan olingan majburiyatlar summasidan
kelib chiqib baholanadi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya, eskirish qiymatlari
belgilangan, qat‘iy, normalar asosida hisob-kitob
qilingan qiymat bilan
baholanadi
46
.
Asosiy aktivlar va nomoddiy aktivlar ularning to‗liq boshlang‗ich qiymati
bo‗yicha hisobga olinadi. Asosiy aktivlar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan
chiqarish ularning qiymati to‗liq to‗langunga yoki obyekt safdan chiqib ketgunga
qadar bo‗lgan eskirishini (amortizatsiyani) hisoblash yo‗li bilan amalga oshiriladi.
Amortizatsiya ajratmalari obyekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan
boshlab amalga oshiriladi. Yerning qiymati amortizatsiya qilinmaydi.
Moliyaviy qo‗yilmalar buxgalteriya hisobi standartlariga
muvofiq hisobga
olinadi.
Majburiyatlar taraflarning kelishuviga binoan pulda o‗lchov bilan aks
ettiriladi.
Sud qarori bo‗yicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli summada aks
ettiriladi.
Potensial majburiyatlar dastlabki haqiqiy bahosi bo‗yicha aks ettiriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiruvchi
moddiy xarajatlarni
baholanishi asosiy vositalarni yoki nomoddiy aktivlarni eskirishi, mehnat haqi va
ajratmalar baholanishidan keskin farq qiladi.
46
Бухгалтерия ҳисоби тўғрисидаги қонун 12-моддаси. Активлар ва мажбуриятларни баҳолаш
390
Aylanma aktivlarni baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo‗yicha
balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarxi bo‗yicha (sotib
olish narxi yoki
ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo‗yicha (sof sotish qiymati) amalga
oshiriladi.
Moddiy resurslar tarkibiga kiruvchi va ishlab chiqarish xarajatlarida asosiy
element hisoblangan zaxiralarni baholanishini buxgalteriya hisobini milliy
standartlari bo‗yicha quyidagi turlari tarkiblanadi:
Dostları ilə paylaş: