391
iqtisodiyoti sharoitida bozorning ma‘lum qismini egallab, korxona erkin
moliyalashtirishiga xizmat qiladi.
Sof daromadning qiymati ko‗p omillarga bog‗liqdir. Korxona faoliyatini
moliyaviy boshqaruvi yuzasidan quyidagi ta‘sir birliklarini kiritish mumkin:
- moliyaviy resuslarning qanchalik darajada
oqilona ishlatilganligi;
- mablag‗lar manbasi tuzilmasini.
Mahsulot tannarxining asosiy elementlari bu doimiy va o‗zgaruvchan
xarajatlar hisoblanadi. Bunda ular orasidagi farq har xil bo‗lishi mumkin. Bu farq
korxonaning texnika va texnologiya siyosati bilan bevosita bog‗liqdir. Mahsulot
tannarxining o‗zgarishi umumiy sof daromadni o‗zgartirishga olib keladi. Asosiy
vositalarni moliyalashtirish, doimiy harakatlarni o‗sishiga va o‗zgaruvchan
xarajatlarni kamayishiga olib keladi. Biroq, bu o‗zgaruvchanlik to‗g‗ri chiziq
orqali ifodalanmaydi. Shuning uchun doimiy va o‗zgaruvchan
xarajatlarning
optimal nuqtasini topish oson ish emas. Ana shu o‗zaro bog‗lanish ishlab chiqarish
leveridjini tashkil etadi.
Shunday qilib, ishlab chiqarish leveridji – bu mahsulot tannarxi va ishlab
chiqarish hajmini tuzilmalarini o‗zgarishi natijasida yalpi foydaga ta‘sir
ko‗rsatishning potensial imkoniyatidir.
Moliyaviy leveridjda, korxona o‗zining mablag‗lari va qarzga olgan
mablag‗larini moliyalashtirish manbasi sifatida aks ettiriladi. Qarzga olingan
mablag‗larni ishlatish korxona uchun ma‘lum ushlanishlar bilan bog‗liqdir.
Korxonaning o‗zini mablag‗lari bilan uzoq muddatga olingan qarzlar o‗rtasida
qanday farq (ularning hajmi) bo‗lishi, ularning daromadga ta‘siri
moliyaviy
leveridjda o‗rganiladi.
Shunday qilib, moliyaviy leveridj – bu korxona passividagi uzoq muddatli
qarzlarning hajmi va tuzilmasining o‗zgarishi orqali foydaga potensial
imkoniyatlarning ta‘sir qilishidir.
Umumiy leveridj – bu o‗z ichiga uchta narsani ya‘ni, tushum, moliyaviy va
ishlab chiqarish xarakteridagi xarajatlar va sof daromadni oladi.
392
Bu umumiy leveridjni tahlil qilish uchun iqtisodiyotda ma‘lum bo‗lgan,
―o‗lik nuqta‖sidan foydalaniladi.
―O‗lik nuqta‖ usuli. Har bir korxona ishlab chiqarish jarayonida turli xildagi
xarajatlarga duch keladi. Yangi hisobotlar rejasiga binoan, mahsulot ishlab
chiqarish va uni sotish bo‗yicha ikkita xarajat hisobi varianti bor. Birinchi, sobiq
iqtisodiyotga xos bo‗lgan, xarajatlarni egri va to‗g‗ri xarajatlarga bo‗lish
orqali
mahsulot tannarxini aniqlash. Ikkinchi variant, bu iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlarda ko‗p qo‗llaniladigan sir bo‗lib, bunda korxona xarajatlari
o‗zgaruvchan (ishlab chiqarish) va doimiy xarajatlarga ajratiladi. O‗zgaruvchan
xarajatlar sotish hajmiga to‗g‗ri proporsionaldir. Doimiy xarajatlar esa sotishga
bog‗liq emasdir. Agar biz doimiy va o‗zgaruvchan
xarajatlarni doimiy,
o‗zgaruvchan va yarim o‗zgaruvchan xarajatlarga bo‗lsak maqsadga muvofiq
bo‗ladi.
O‗rtacha tannarx usuli zaxiralarni o‗rtacha bahosida ishlab chiqarish
tannarxiga olib borishni, Fifo usuli dastlabki kirimni dastlab chiqarishni, Lifo usuli
so‗nggi kirimni dastlab hisobdan chiqarishni xarakterlaydi.
Bu usullarni farqlashni ahamiyati shundaki, ularning natijaviy ko‗rsatkichga
ta‘siri turlicha bo‗ladi. Masalan; o‗rtacha tannarx bo‗yicha alohida ishlab chiqarish
tannarxiga, Fifo usulida alohida, Lifo usulida alohida ishlab chiqarish tannarxi
ko‗rsatkichlariga ega bo‗linadi. Buning ta‘sirida natijaviy ko‗rsatkich ham turlicha
bo‗ladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini baholashda boshqa
xarajat elementlarini
baholanishi xarajatlarning tarkibi bo‗yicha farqlanadi. Masalan; xizmatlar shaklida
olingan ishlar hajmi ularning haqiqiy qiymati yoki majburiyatlarning tan olingan
qiymati bo‗yicha baholanadi.
Dostları ilə paylaş: