Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексининг 234-моддасида



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексининг 234-моддасида


433 
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari tahlilining 
vazifalari
qatoriga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
- aniq, to‗liq va o‗z vaqtida pul mablag‗lari va ularning harakati yuzasidan 
aniq hisob-kitoblarning yo‗lga qo‗yilganligini baholash; 
- hisob-kitoblarning va to‗lov intizomiga qat‘iy rioya qilinganlik holatini 
baholash; 
- debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining (qarzlarining) turlari, to‗lov 
muddatlari va asoslanganligi bo‗yicha tarkibini aniqlash; 
- muddati o‗tgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlari holatiga, ularning 
jami majburiyatlar tarkibidagi salmog‗iga baho berish; 
- tovarlarni kreditga sotish, hisob-kitoblarning turli shakllari bo‗yicha 
yuzaga kelgan majburiyatlarni baholash; 
- bank kreditlari va qarzlaridan maqsadli foydalanish, ular bo‗yicha 
majburiyatlarning joriy qismining qoplanishi yuzasidan holatini o‗rganish; 
- mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larni xorijga sotish bo‗yicha 
majburiyatlarning yuzaga kelishi va ularning oqlanishi yuzasidan korxonadagi 
(hisob-kitoblarning shakli, valyuta kurslarining o‗zgarishlariga va h.k. ta‘sirida) 
joriy va istiqboldagi tahlikalarni baholash. 
Tahlil uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlar moliyaviy hisobotning birinchi 
shakli ―Buxgalteriya balansi‖ to‗g‗risidagi hisobotdan, buxgalteriya balansiga 
ilovadan hamda balansning tegishli qatorlari bo‗yicha qaydlar, izohlar va 
tushuntirishlardan, ―Korxonaning moliyaviy ahvoli to‗g‗risidagi‖ statistik hisobot 
shakllaridan olinadi. Shuningdek, ichki moliyaviy tahlilda bosh kitob, hisob 
reestrlaridan, qarzdorlik vedemostlari, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari 
yuzasidan dalolatnomalar va boshqa manbalardan foydalaniladi. 
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bevosita korxona bilan qarshi tomon 
o‗rtasida bo‗ladigan o‗zaro hisob-kitoblardan kelib chiqadi. Ularning yuzaga 
kelishi yuzasidan quyidagi sabablarni ko‗rsatish mumkin:
 
- qarzdorlikning yuzaga kelishidagi eng muhim sabab bu – xo‗jalik 
yurituvchi subyektlarning to‗lov layoqatiga ega emasligi, moliyaviy holatning 


434 
yomonligidir. Debitor va kreditor qarzdorlik, ular hajmining o‗sib borishi, to‗lov 
muddatlarining cho‗zilib ketishi aktivlar va ularning likvidligidan pastligi bilan 
izohlanadi; 
 
- shartnomaviy munosabatlarga to‗liq rioya qilmaslik ham debitor va 
kreditor qarzdorlikning ortishiga olib keladi va tashkiliy sabablardan bittasidir;
 
- mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotish yuzasidan pul mablag‗lari va 
o‗zaro hisob-kitoblarning mulkka bo‗lgan egalik huquqining boshqa birovga 
o‗tishi bilan bog‗lanmaganlik sharti majburiyatlar yuzaga kelishining muhim 
sabablaridan biridir;
 
- hisob-kitoblar, qarzdorlikni tartibga solishdagi qat‘iy me‘yorlarni ishlab 
chiqarish, tijorat va moliya faoliyatining zamonaviy talablariga va shakliga mos 
emasligi ham qarzdorlikni oshishiga sabab bo‗lmoqda. Ya‘ni, qarzdorlikni yuzaga 
kelishining o‗zigina emas, balki uni undirish yuzasidan korxona yo‗l qo‗yadigan 
xarajatlar summasi tobora oshib ketmoqda;
 
- qarzdorlikning oshishi va ularni to‗lash muddatlarining tobora cho‗zilib 
ketishining asl sabablaridan biri bu jismoniy va huquqiy shaxslarda qarzdorlik 
madaniyatining yo‗qligi hamdir. Qarzdorlikni so‗ndirish imkoniyatlari bo‗lgan 
holda, uni ortga surish, kechiktirish, to‗lamaslikka afsuski ko‗pchilikda moyillik 
kuchli. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin