12.2. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining shakllanishi Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil etishda ularning shakllanishiga,
qarzdorlikning o‗zgarishiga, qarzdorlikning muddati o‗tgan, uzaytirilgan qismiga
muhim e‘tiborni qaratish lozim.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining katta summada shakllanishi korxona
mablag‗larining immobilizatsiyasi, oborotdan chiqib ketishiga, likvidlikning
tushishiga, moliyaviy ahvolning qiyinlashishiga sabab bo‗ladi. Muddati o‗tgan,
uzaytirilgan debitorlik va kreditorlik qarzdorligi ayniqsa salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin.
435
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari o‗zaro hisob-kitoblarda mahsulot
(tovarlar, ish va xizmat)larni sotilgan qatorga kiritish va ular bo‗yicha to‗lovlarning
amalga oshirishning turli hisobot sanalariga tushishidan ro‗y beradi. Agarda
kelishilgan muddatlar yoki qonunchilikda belgilangan muddatlar oshib ketmasa,
ularning yuzaga kelishi hech qanday salbiy oqibatlar olib kelmaydi.
Korxonada debitorlik va kreditorlik qarzlarining bitta korxonada yuzaga
kelishi faqat uning o‗zigagina jarayonlarni murakkablashtirmaydi, balki qarshi
tomonlar bilan bog‗langan butun bir tizimdagi holatni ham izdan chiqishiga olib
keladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini haqiqiy miqdorini bilish uchun ularni
inventarizatsiyalash zarur. Inventarizatsiya natijalari bo‗yicha o‗zaro hisob-kitoblar
saldosini
tasdiqlaydigan
solishtirish
dalolatnomalari
yoki
xatlar
bilan
rasmiylashtiriladi.
O‗tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek‚ ularni
o‗tkazmaslik sabablari yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish
xatida aks ettirilishi kerak.
56
―Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‗ldirish bo‗yicha qoidalarni
tasdiqlash to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug‗iga
ko‗ra buxgalteriya balansida debitorlik va kreditorlik majburiyatlari tarkibining
quyidagi qatorlari tarkiblanadi.
57
56
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигида 2003 йил 24 январда 1209-сон билан рўйхатга
олинган Ўзбекистон Республикаси молия вазирининг 2002 йил 27 декабрдаги 140-сон
буйруғи
Молиявий ҳисобот шаклларини тўлдириш бўйича қоидалар
57
―Молиявий ҳисобот шакллари ва уларни тўлдириш бўйича қоидаларни тасдиқлаш
тўғрисида‖ги Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлигининг буйруғи 2002 йил 27-декабр 140-
сон