453
ikkinchidan, korxonalarning moliyaviy holatini baholash va balansning
qoniqarsiz strukturasini aniqlash bo‗yicha moliyaviy ko‗rsatkichlar (va ularning
o‗lchov qiymatlari) asosida har bir debitorning moliyaviy ahvolini baholash
o‗tkaziladi.
Shunday qilib, qarzdorlikning umumiy hajmidan undirilishi umidsizlarni
ajratishni va keyin debitor korxona moliyaviy holati: joriy likvidlik koeffitsiyentini
hisoblash, o‗z mablag‗lari bilan ta‘minlanganlik koeffitsiyenti va to‗lovga
qobillikni tiklash koeffitsiyentini tahlil qilishni nazarda tutiladi. Fikrimizcha,
debitor korxonalar tahlili korxona to‗lovga noqobil ekanligini ko‗rsatsa, aynan turli
nuqtayi nazardan korxonalar faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy ko‗rsatkichlarni
tahlil qilish kerak.
Muddati o‗tgan majburiyatlarni tahlil etishda buxgalteriya balansiga ilova
sifatida beriladigan muddati o‗tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrovkasi
ma‘lumotlaridan foydalaniladi.
Uning tuzilishi quyidagi tarkibiy birliklarni o‗z ichiga oladi. Ushbu
rasshifrovka muddati o‗tgan qarzdorlikka mavjud bo‗lgan hollarda to‗ldiriladi.
12.6-jadval
Dostları ilə paylaş: