461
Operatsion faoliyat –
xo‗jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi
asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga oid
bo‗lmagan o‗zga xo‗jalik faoliyati.
Investitsiya faoliyati –
pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli
aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotish.
Moliyaviy faoliyat –
xo‗jalik yurituvchi subyektning faoliyati bo‗lib, uning
natijasida o‗z mablag‗i va qarz mablag‗lari miqdori va tarkibida o‗zgarishlar yuz
beradi.
Pul mablag‗i ekvivalentlaridan asosan investitsiyalar va boshqa maqsadlar
uchun emas, balki faqat qisqa muddatli majburiyatlar bo‗yicha to‗lovlar uchun
foydalaniladi. Investitsiyalarni pul ekvivalenti deb hisoblash uchun ular erkin
ravishda naqd pulga aylantiriladigan bo‗lishi va qiymatining o‗zgarishida biroz
xavf bo‗lishi lozim. Shu sababli‚ investitsiya qisqa muddatda to‗lanadigan bo‗lsa,
ya‘ni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy ichida to‗lanadigan bo‗lsa,
uni pul ekvivalenti deb hisoblash mumkin bo‗ladi.
Bank zayomlari moliyaviy faoliyatga taalluqlidir, lekin talab qilingan paytda
to‗lanadigan bank overdraftlari korxonalar pul mablag‗ini boshqarishning ajralmas
qismi hisoblanadi. Shu munosabat bilan bank overdraftlari pul mablag‗ining
tarkibiy qismi yoki ularning ekvivalenti hisoblanadi.
Pul oqimi pul mablag‗lari va pul ekvivalentlari moddalari o‗rtasidagi
harakatni o‗z ichiga olmaydi, chunki ular operatsion, moliyaviy yoki investitsiya
faoliyatiga kirmaydi yoki xo‗jalik yurituvchi subyektning pul mablag‗larini
boshqarishga taalluqlidir. Pul mablag‗larini boshqarish pul mablag‗lari va pul
ekvivalentlarining ortiqchasini ishga solishni o‗z ichiga oladi.
Pul oqimlari to‗g‗risidagi hisobot hisobot davri davomida operatsiya,
investitsiya yoki moliyaviy faoliyat natijasida xo‗jalik yurituvchi subyekt olgan pul
oqimlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni taqdim etishi lozim bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: