Investitsiya faoliyati. Xo‗jalik yurituvchi subyekt investitsiya faoliyatidan
keladigan pul oqimi to‗g‗risidagi axborotni alohida ko‗rsatib beradi. Investitsiya
faoliyatidan pul oqimi to‗g‗risidagi axborot kelajakda daromad va pul oqimi
miqdorini belgilaydigan resurslar bo‗yicha qilingan xarajatlar darajasini ko‗rsatadi.
Investitsiya faoliyatidan olingan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
a)
asosiy vositalarni, nomoddiy va o‗zga uzoq muddatli aktivlarni xarid
qilishga pul to‗lovlari. Bu to‗lovlar tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilgan
sarmoyalashtirilgan xarajatlar, shuningdek‚ xo‗jalik sudi bilan amalga oshirilgan
qurilishlar bilan bog‗liq bo‗lgan to‗lovlarni o‗z ichiga oladi;
b)
asosiy vositalarni, nomoddiy va o‗zga uzoq muddatli aktivlarni sotishdan
olingan pul tushumi;
c)
boshqa subyektlarning aksiyalari yoki qarz majburiyatlarini hamda
qo‗shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotib olishga doir pul to‗lovlari, pul
ekvivalentlari hisoblangan yoki dilerlik maqsadlariga yoki savdo maqsadlariga
saqlab qo‗yilgan to‗lov hujjatlari bo‗yicha to‗lovlar (veksellar kabi hujjatlar
bo‗yicha to‗lovlar)dan tashqari;
d)
boshqa subyektlarning aksiyalari va qarz majburiyatlarini hamda
qo‗shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotishdan kelgan pul tushumlari, pul
ekvivalenti hisoblangan yoki dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun saqlanayotgan
veksel kabi to‗lov hujjatlari bo‗yicha tushumlar bunga kirmaydi;
e)
boshqa taraflarga berilgan bo‗naklar va kreditlar (moliyaviy
muassasalarga berilgan bo‗naklar va kreditlardan tashqari);
f)
boshqa taraflarga berilgan bo‗naklar va ssudalar qaytarilishidan pul
tushumlari (moliyaviy muassasalarga berilgan bo‗naklar va kreditlardan tashqari);
g)
fyuchers va forvard bitimlari, opsion bitimlar va svop bitimlar bo‗yicha
to‗lovlar, ular diler yoki savdo maqsadlari uchun mo‗ljallangan holatlar bundan
mustasno bo‗ladi yoki to‗lovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasnif etiladi.