466
subyektning nafaqat operatsion faoliyati‚ balki butun xo‗jalik faoliyatida tanglik
yuzaga keladi, moliyaviy ahvoli qiyinlashadi va uni boshqarish yanada
murakkablashadi.
Xo‗jalik yurituvchi subyektlarning daromad
keltiruvchi faoliyat turlari,
shakllari qanchalik farqli bo‗lmasin, ularning pul mablag‗lari va pul
ekvivalentlariga bo‗lgan ehtiyojlari bir xil sabablardan kelib chiqadi. Bu uzluksiz
va davomli faoliyatni amalga oshirish aktivlarni sotib olish va joylashtirish, o‗z
majburiyatlarida amalga oshirish, investorlarga daromadlarini to‗lash
yuzasidan
zaruriy amallarning bir xilligidan kelib chiqadi.
Pul mablag‗larining manbalarida birinchi navbatda xususiy kapitalning
shakllanishiga ahamiyat qaratish lozim. Xususiy kapital xo‗jalik yurituvchi
subyektning boshlang‗ich kapitalidir. Ushbu kapital asosiy va aylanma kapital
minimumini ta‘minlab beradi.
Pul oqimlarining shakllanishi va ularning ishlatilishidagi umumiy jihatlar
bilan bir qatorda albatta har bitta korxonaning ularning harakati, tezligi yuzasidan
o‗ziga xos jihatlari mavjud. Masalan: pul va pul
ekvivalentlarining harakati
savdoda, umumiy ovqatlanishda, qurilishda, sanoatda, qishloq xo‗jaligida bir-
biridan tubdan farq qiladi. Bu tarmoq va bo‗g‗inning, korxona faoliyatining o‗ziga
xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Pul mablag‗laridan samarali foydalanishni tashkil etish ko‗p jihatdan
korxonalarda pul mablag‗larining harakatini optimal
boshqarishni tashkil
etilganligiga va ular ustidan nazoratni yo‗lga qo‗yilganlik darajasiga bog‗liq.
Biroq, ko‗plab korxonalarda pul mablag‗lari va pul ekvivalentlarini boshqarish va
doimiy nazorat qilishdagi kamchiliklar tufayli moliyaviy natijaviylikdagi ijobiy
holat, debitorlik majburiyatlarini oshirib yuborish, undirilmagan qarzdorlikning
ko‗payishi hisobiga moliyaviy holat yomonlashganligini ko‗rish mumkin. To‗g‗ri
bu holat keyingi faoliyatlar uchun manba sifatida qaralishi mumkin, lekin ularning
doimiy aylanishdan chetlanishlari tufayli korxona ish faolligi,
likvidligi
sustlashadi, moliyaviy ahvoli qiyinlashadi. Shu sababli, pul mablag‗larini
boshqarishda har bitta korxonaning pul mablag‗lari va pul ekvivalentlarining
467
faoliyat uzluksizligini ta‘minlash, majburiyatlarning ortib ketishiga yo‗l
qo‗ymaydigan taktik boshqaruvini yo‗lga qo‗yish choralarini ko‗rish lozim bo‗ladi.
Pulni aylanish doiraviy aylanishlarini tarmoq va faoliyat turlari bo‗yicha
farqlanishini quyidagi jadval ma‘lumotlaridan ham aniq ko‗rish mumkin
67
.
13.1-jadval
Dostları ilə paylaş: