475
Bashoratlashda aniqroq hisob-kitoblarni amalga oshirishda debitorlik
majburiyatlarining oldingi chorakliklar bo‗yicha o‗zgarishlarini ham asos sifatida
olish mumkin.
Boshqa faoliyat turlari bo‗yicha pul mablag‗lari kirimi oldingi oylar va
choraklar natijasiga qarab belgilanadi va asosiy faoliyatdan pul mablag‗lari
kirimiga qo‗shiladi.
2. Davr oralig„ida pul mablag„lari chiqimini bashoratlash
. Birinchi
navbatda naqd pul chiqimi belgilanadi. Uning muhim tarkibiy birligi mol yetkazib
beruvchilar va pudratchilarga bo‗lgan kreditorlik majburiyatlarini qoplash
hisoblanadi.
Mol
yetkazib
beruvchi
va
pudratchilarga
bo‗lgan
kreditorlik
majburiyatlarining to‗lov muddatlarini kechiktirilishi korxona uchun boshqa
moliyalashtirish manbasi ham bo‗lishi mumkin. Shu sababli‚ ko‗pincha xo‗jalik
subyektlari ushbu majburiyatlarni imkon qadar kechiktirishga harakat qiladilar.
Kreditorlik
majburiyatlarining
salmoq
ulushi
ish
haqi
bo‗yicha
majburiyatlarga, soliq va majburiy to‗lovlar bo‗yicha majburiyatlar qatoriga ham
to‗g‗ri keladi.
Dostları ilə paylaş: