Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


 Davr oralig„ida pul kirimini bashoratlash



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

1. Davr oralig„ida pul kirimini bashoratlash
. Pul kirimini asosiy manbasi 
bu mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan tushadi. Bu borada tayyor mahsulot (ish 
va xizmat)larni sotishdan pul kirimini o‗rtacha ko‗rsatkichi (koeffitsiyenti, davri) 
aniqlanadi. Ushbu birlik orqali yaqin oylarda va yil davomida kelishi kutilayotgan 
pul mablag‗lari kirimini aniqlash mumkin. Shuningdek, balans usuli asosida 
mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof pul kirimini aniqlash yuzasidan 
debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining davr boshi va oxiriga qoldiqlari farqi 
sotish hajmiga qayta hisob-kitob qilish orqali naqd pul mablag‗lari kirimi ham 
aniqlanadi. 


475 
Bashoratlashda aniqroq hisob-kitoblarni amalga oshirishda debitorlik 
majburiyatlarining oldingi chorakliklar bo‗yicha o‗zgarishlarini ham asos sifatida 
olish mumkin.
Boshqa faoliyat turlari bo‗yicha pul mablag‗lari kirimi oldingi oylar va 
choraklar natijasiga qarab belgilanadi va asosiy faoliyatdan pul mablag‗lari 
kirimiga qo‗shiladi. 
2. Davr oralig„ida pul mablag„lari chiqimini bashoratlash
. Birinchi 
navbatda naqd pul chiqimi belgilanadi. Uning muhim tarkibiy birligi mol yetkazib 
beruvchilar va pudratchilarga bo‗lgan kreditorlik majburiyatlarini qoplash 
hisoblanadi. 
Mol 
yetkazib 
beruvchi 
va 
pudratchilarga 
bo‗lgan 
kreditorlik 
majburiyatlarining to‗lov muddatlarini kechiktirilishi korxona uchun boshqa 
moliyalashtirish manbasi ham bo‗lishi mumkin. Shu sababli‚ ko‗pincha xo‗jalik 
subyektlari ushbu majburiyatlarni imkon qadar kechiktirishga harakat qiladilar.
Kreditorlik 
majburiyatlarining 
salmoq 
ulushi 
ish 
haqi 
bo‗yicha 
majburiyatlarga, soliq va majburiy to‗lovlar bo‗yicha majburiyatlar qatoriga ham 
to‗g‗ri keladi. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin