14.6. Moliyaviy leveridj ko„rsatkichlarini tahlili Moliyaviy leveridj ko‗rsatkichi xalqaro amaliyotdan kirib kelgan muhim
ko‗rsatkich hisoblanadi. Uning iqtisodichilar va menejerlar tomonidan baholashga
o‗tilganiga hali uncha ko‗p vaqt bo‗lgani yo‗q. Ushbu ko‗rsatkichni baholash bir
qancha moliyaviy koeffitsiyentlar orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy leveridj
ko‗rsatkichi xususiy kapitalning majburiyatlarga nisbati orqali baholanadi. Uning
natijasiga qarab xo‗jalik subyektining moliyaviy barqarorligi va rentabellik
darajasiga baho berish mumkin.
Quyida moliyaviy leveridj nima ekanligi, uning turlari, aniqlash formulasi,
moliyaviy leveridj samaradorligini aniqlash tartiblari hamda ularni tahlil etish
tartiblarini ko‗rib o‗tishimiz mumkin.
Moliyaviy leveridj moliyaviy richag (dastak) deb ham nomlanadi. Uning
mazmunini o‗z mablag‗lari manbasi bilan qarz kapitali o‗rtasidagi nisbatda xo‗jalik
subyektining foydasiga ta‘sir etish darajasini baholash tashkil etadi. Shuningdek,
xo‗jalik subyektining istiqboldagi moliyaviy barqarorligini tahlil etish va
bashoratlashda ham ushbu bog‗liqlik nisbatidan kelib chiqiladi.
Moliyaviy levridj ko‗rsatkichlarini tahlil etish analitiklarga rentabellikni
qo‗shimcha o‗stirish imkoniyatlarini aniqlashda, ichki va tashqi omillar ta‘sirida
foydaning o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi omillarning risk darajalarini baholashga
imkon beradi.
Foydalanish samaradorligi yuzasidan moliyaviy leveridjlarning quyidagi
turlari aniqlanadi:
- ijobiy (foyda summasi kreditlar, qarzlar yuzasidan foizlar to‗lovidan ortgan
hollarda);
- neytral turlari (foyda summasi kreditlar, qarz yuzasidan foiz to‗lovlari
summasigagina yetgan hollarda);
- salbiy (foyda summasi kreditlar, qarz yuzasidan foiz to‗lovlari summasiga
yetmagan hollarda).
Moliyaviy leveridj quyidagi formula asosida aniqlanadi: