Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

modellardan
foydalaniladi. 
1) Buxgalteriya balansi moddalarini fiksatsiyalash metodi – bashoratlash 
davrida balansning shunday moddalariga nisbatan qo‗llaniladiki, ular ma‘lum 
davriylikda o‗zgarishsiz qoladi. Masalan Ustav kapitali, Qo‗shilgan kapital, Uzoq 
muddatli moliyaviy qo‗yilmalar, Uzoq muddatli majburiyatlar va h.k. 
2) Buxgalteriya balansi moddalari orasidagi mutanosiblik metodi. 
Misol uchun, boshqaruv va tijorat xarajatlarini, to‗lovga qabul qilingan 
majburiyatlar va h.k.larning sotish hajmiga bog‗liqligi. Ayrim ko‗rsatkichlar 
mahsulotlarni sotish hajmiga emas, balki ishlab chiqarilgan, sotilgan 
mahsulotlarning ishlab chiqarish xarajatlari o‗zgarishiga bog‗liq ravishda 
o‗zgaradi. Masalan, kreditorlik majburiyatlarining ortishi, majburiyatlar bo‗yicha 
zaxiralarning tashkil etilishi kabi. 
3) Regressiv tahlil metodi. Ko‗rsatkichlar orasidagi barqaror munosabatlar 
mavjudligi sharoitida statistik mutanosiblikka asoslangan usul hisoblanadi. 
4) Ekspert baholash metodi. Murakkab vazifalarni hal etishda 
foydalaniladigan usul. 
5) Doimiy o‗sish metodi. Alohida koeffitsiyentlarning doimiy o‗sish 
sur‘atlarini belgilash usuli. Masalan uzoq muddatli qarzlar, ma‘muriy va savdo 
xarajatlari, 
belgilangan 
xarajatlarning 
boshqa 
turlarining 
o‗sishi. 
Ko‗rsatkichlarning o‗sish sur‘atlari o‗rtacha qiymatlarni emas, balki murakkab 
o‗rtacha yillik o‗sish sur‘atlari darajasida qo‗llanishi kerak. 
6) Elementar rejalashtirish metodi. Har bir obyekt uchun rejalashtirilgan 
sxema, rejalar mavjudligi, moliyaviy hisobot maqomini tashkil etuvchi shu kabi 
obyektlar guruhi nazarda tutiladi. 
Ushbu metoddan amortizatsiya xarajatlarini bashoratlashda, uzoq muddatli 
qarzlarni qoplashda foydalanish mumkin. 
Moliyaviy tahlilning 
modelli tarkibi
quyidagi bo‗limlardan tashkil topadi. 
- dastlabki ma‘lumotlar bazasi; 


106 
- hisob-kitoblar; 
- oraliq jadvallar; 
- natijalar; 
- grafiklar. 
Moliyaviy hisobotlarni bashoratlashda har qadamda xo‗jalik yurituvchi 
subyekt rahbariyatining xatti-harakatlarini tanlash zaruriyati bilan yuzma-yuz 
kelishi mumkin va bu tabiiy hol hisoblanadi. 
Agar xo‗jalik yurituvchi subyekt muayyan choralarni ko‗rishni xohlamasa, 
o‗z-o‗zidan holat yanada yomonlashib boraverishi mumkin. 
Asosiy jihatlar taqsimlanmagan foydani qayerga yo‗naltirish lozimligiga, 
uzoq muddatli aktivlarning qaysi turlarini olib kelish lozimligiga, moliyaviy 
qo‗yilmalarni qayerlarga joylashtirishga, xususiy kapitalni o‗stirishga qaratilmog‗i 
lozim. 
Bashoratlashdagi eng muhim masalalardan biri bu inflyatsiya darajasi 
bo‗yicha aniq ma‘lumotlarga tayanilishi bilan izohlanadi. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin