Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Iqtisodiy tahlilning axborot manbalari (tahlil obyektlari haqidagi



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

 
3.6. Iqtisodiy tahlilning axborot manbalari (tahlil obyektlari haqidagi 
ma‟lumotlar), ularning ochiqligi va oshkoraligi 
 
Iqtisodiyotdagi o‗zgarishlarning jadalligi zamonaviy buxgalteriya hisobi, 
iqtisodiy tahlil va auditning ham mazmunini tubdan yangi shakl va mazmunda 
yuritishni talab etmoqda. Hozirgi sharoitda moliyaviy hisobotlar tahlilining 
muhimligini shu bilan aniq izohlash mumkinki, ushbu predmet alohida fan sifatida 


109 
shakllangan. Mulk egalari, sheriklar va hamkorlar, mol yetkazib beruvchi va 
xaridorlar, qarz beruvchi va oluvchilar, nazorat va taftish organlari
kontragentlarning keng qamrovli tarkibi xo‗jalik yurituvchi subyektining 
moliyaviy ahvoli va undagi o‗zgarishlarni baholashning konseptual asoslari 
tubdan, yangidan tuzib chiqildi. O‗zbekiston Respublikasining alohida qabul 
qilingan Buxgalteriya hisobi, Audit to‗g‗risidagi Qonunlari, qator Kodekslar 
(byudjet, soliq, mehnat, investitsiya) normalari asosida tashkil etilayotgan hisob 
xizmatlarining mazmuni tubdan o‗zgarmoqda. 
Moliyaviy hisobot
– xo‗jalik yurituvchi subyekt alohida mustaqil xo‗jalik 
yurituvchi subyektligi yoki xo‗jalik yurituvchi subyektlarning jamlangan guruhiga 
kirishidan qat‘i nazar shu xo‗jalik yurituvchi subyektning ma‘lum bir davrdagi 
faoliyatini ko‗rsatuvchi moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir. 
Moliyaviy hisobot – buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi 
moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul 
mablag‗larining harakati to‗g‗risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
- buxgalteriya balansi;
- moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobot;
- pul oqimlari to‗g‗risidagi hisobot;
- xususiy kapital to‗g‗risidagi hisobot;
- izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.


110 
3.3-jadval 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin