Tijorat banki- korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarga, universal bank xizmatlari ya’ni hisob-kitob, to’lov operatsiyalari, qo’yilmalarni jalb etish, omonatlarni saqlash, sudalar berish, shuningdek, qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalarni ko’rsatadigan yirik kredit muassasasi hisoblanadi.
Tijorat banki bank harakatlarini amalga oshirish uchun pul mablaglarini, asosan, qoʻyilmalar (omonatlar), banklararo kreditlar, oʻz aksiya va obligatsiyalarini chiqarish xisobiga shakllantiradi.
Oʻzbekistonda dastlabki tijorat banklari Rossiya Oʻrta Osiyoni bosib olganidan keyin, 19-asr oxirlarida rus kapitali ishtirokida paydo boʻlgan va 1917 yildagi Oktyabr toʻntarishiga qadar faoliyat koʻrsatgan. 20-asrning 90-yillari boshidan, mustaqillikdan keyin respublikada Tijorat bankilari kayta paydo boʻldi
Oʻzbekistonda Markaziy bank Tijorat banki faoliyati uchun litsenziya beradi va uning ishini nazorat qiladi. Tijorat banki lari mulkchilikning turli shakllari asosida davlat ishtirokidagi, davlataksiyadorlik, ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari tarzida tashkil etilgan.
Respublika hududida 33 ta Tijorat banki, faoliyat koʻrsatadi (2003). Ulardan 2 tasi davlat banki, 3 tasi davlataksiyadorlik Tijorat banki 12 tasi xususiy bank, 4 tasi chet el kapital ishtirokidagi banklar va 1 tasi shoʻʼba bankdir. Mazkur banklarning respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan 800 dan ortik, filiallari va 690 dan ortiq minibanklari bor. Respublikada 7 chet el Tijorat bankilari, 4 xalqaro moliya tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat koʻrsatadi. Tijorat bankii faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida" (1996, 25apr.) qonuniga muvofiq tartibga solinadi.
5-modda. Bank operatsiyalari Banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
pul mablag‘larini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish;
to‘lovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank hisobvaraqlarini ochmasdan amalga oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish;
kreditlarni ularning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z nomidan o‘zining mablag‘lari hamda jalb etilgan mablag‘lar hisobidan berish;
chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz shakllardagi operatsiyalar;
jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha mol-mulkni ishonchli boshqarish;
inkassatsiya va kassa xizmatlarini ko‘rsatish;
uchinchi shaxslar nomidan ularning majburiyatlari bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish va boshqa majburiyatlarni qabul qilish;
uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish (faktoring);
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
affinlangan qimmatbaho metallar sotib olish va sotish, shu jumladan metallarni mas’ul saqlash hisobvaraqlarini hamda metallarning egasizlantirilgan (jismoniy bo‘lmagan) hisobvaraqlarini yuritish;
qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish;
hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
hujjatlarni yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi seyflarni ijaraga berish;
lizing berish;
qonunchilikda nazarda tutilgan shakllarda qarzlar berish;
moliyaviy operatsiyalar bilan bog‘liq maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
aktivlar majmuini (portfelini) boshqarish;
elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va to‘lash;
bank kartalarini berish va to‘lovlarga ishlov berish, bank kartalariga boshqa tashkilotlar, jumladan boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat ko‘rsatish.
Banklar banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq boshqa moliyaviy operatsiyalarni ham amalga oshiradi.
Banklar bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilmagan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqli emas.
Sug’urtaning iqtisodiy mohiyati: Sug’urta fuqarolar va korxonalarning mulkiy ba shaxsiy nomulkiy manfatlarini ximoya etuvchi samarali vosita sifatida insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida mavjud bo’lgan omil hisoblanadi.
Tovar-pul munosabatlarini paydo bo’lishi sug’urta zaxiralarini pul ko’rinishida shakillantirishga zamin yaratgan.
Sug’urta kutilmagan tabbiy ba boshqa xodisalar ro’y berishi natojasida ko’riladigan zararlarni qoplash bilan bog’liq maqsadli pul fondlarini shakillanishi va undan foydalanish bo’yicha pul munosabatlari yig’indisidir.
Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlaridan shakillantiriladigan pul fondlari xisobidan muayyan voqea ( sug’urta xodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug’urta sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini ( sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfatlarini ximoya qilish tushuniladi.