- 23 -
6
2012 yil
1987,4
94,9
106,1
5,1
7
2013 yil
910,4
93,1
67
6,9
Yuqoridagi 1-jadval ma’lumotlariga ko’ra qimmatli qog’ozlar
bozorida
aktsiya bozori asosiy qismni tashkil etganligini ko’rishimiz mumkin. Ya’ni 2007
yilda aktsiya va obligatsiya bozorlarining 98,2 %ini ya’ni 400,8 mlrd. so’mni
aktsiya bozori tashkil etsa, 0,17%ini ya’ni 7,1 mlrd. so’mni obligatsiya
bozoritashkil etgan. 2013 yilga kelib obligatsiya bozorining nisbatan
o’sganligini ko’rishimiz mumkin. 2013 yilda
aktsiya va obligatsiya
bozorlarining 93,1 %ini ya’ni 910,4 mlrd. so’mni aktsiya bozori tashkil etsa,
6,9%ini ya’ni 67 mlrd. so’mni obligatsiya bozoritashkil etgan.
Markaz tomonidan uchta me’yoriy xujjat ishlab chikilib, ular O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazildi:
• “Qimmatli qog’ozlar bozorida institutlarning investitsion litsenziyalash
tug’risidagi Nizom”;
• “Jismoniy shaxslarni qimmatli qog’ozlar bilan
operatsiyalarini amalga
oshirish huquqi bo’yicha qayta attestatsiyadan o’tkazish tug’risidagi Nizom”;
• “Xususiylashtirish investitsiya fondlari aktsiyalarini dastlabki tarkatishda
aholiga sotish tartibi”.
Qimmatli qog’ozlar bozorining malakali qatnashchilari: moliyaviy
brokerlar, dilerlar, investitsion maslahatchilar, investitsiya kompaniyalari, inve-
stitsiya fondlari, boshqaruvchi kompaniyalar, depozitariylar, hisob-kitob kliring
palatalari, qimmatli qog’ozlar egalarining reestr saqlovchilari, qimmatli
qog’ozlarni nominal saqlovchilar bilan birga respublika fond birjasi va boshqa
investitsion institutlarning boshqa turlari qimmatli qog’ozlar
bozorining
infratuzulmasini tashkil etadi.
4. O’zbekiston Respublikasining halqaro sarmoya bozoriga integratsiyasi
va infratuzulmasini tashkil etish.
Markazning 1998-2000 yillardagi faoliyatidagi eng asosiy yo’nalishlardan
biri O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 6.05.1999 yildagi 195-
- 24 -
F-sonli farmoyishi bilan tasdiklangan “O’zbekiston fond bozorining halkaro
sarmoya bozoriga integratsiyasi bo’yicha bosqichma-bosqich xarakatlar rejasi”ni
uz mudatida va sifatli amalga oshirish hisoblanadi.
Halkaro tashkilotlar va moliya institutlar bilan xamkorlikda xorijiy
sarmoyalarni uzbek emitentlarining qimmatli qog’ozlariga
jalb etilishi ishlari
olib boriladi.
Shuni qayd etish zarurki, xozirgi paytda respublika qimmatli qog’ozlar
bozori uchun birlamchi emissiya va aktsiyalarni birlamchi investorlar o’rtasida
joylashtirish xosdir.
O’zbekistonda ikkilamchi fond bozori endi shakllanib kelmokda.
Mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozori barcha rivojlanagtgan fond
bozorlari kabi katta kiyinchiliklarga duch kelmokda. Ulardan birinchisi qimmatli
qog’ozlarning likvidligidir. Shuning uchun bozorning likvidligini oshirishni
tashkil
etishni takomillashtirish, birja va birjadan tashqari bozorlar tuzilmasini
rivojlantirish, qimmatli qog’ozlar muomalasi va ularning xarajatlarini
kamaytirish, axborot olish imkoniyatlarini oshirish zarur. Hozirgi kunda
qimmatli qog’ozlarning birlamchi va ikkilamchi
bozorlarida savdolar xajmi
o’sish dinamikasi kuzatilmoqda.
Birinchi navbatda fond birjasi ishlarini Jaxon standartlari darajasiga
kutarish, qimmatli qog’ozlar listingi va kotirovkasi tartibini joriy etish, fond
bozorini asosiy tuzilmalari: birjalari, depozitariylar
va hisob-kitob kliring
tashkilotlarining avtomatlashtirilgan aloka tizimlarini yaratish zarur.
Anderrayting va diler operatsiyalarini amalga oshiruvchi investitsion
kompaniyalarni yaratish va ularni faoliyatini faollashtirishga aloxida axamiyat
berish lozim.
Dostları ilə paylaş: