Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi


-jadval  O’zbekiston Respublikasida aktsiyalarning birlamchi va ikkilamchi bozori



Yüklə 469,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix10.08.2023
ölçüsü469,19 Kb.
#139080
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Fond bozori

2-jadval 
O’zbekiston Respublikasida aktsiyalarning birlamchi va ikkilamchi bozori 
nisbati
5
 
 
5
TMI va TDIU hamkorligida 29.05.2014da tashkil qilingan ilmiy seminarda ma’ruza qilgan prof.Butikovning 
taqdimot materiallaridan olindi 


- 25 - 
№ 
Yillar 
Birlamchi bozori 
Ikkilamchi bozori 
hajmi 
(mlrd. 
so’m) 
ulushi 
%da

hajmi 
(mlrd. 
so’m) 
ulushi 
%da


2007 yil 


268,9 
67,1 
131,9 
32,9 

2008 yil 
483,4 
68,5 
222,3 
31,5 

2009 yil 
560,4 
74,9 
187,7 
25,1 

2010 yil 
930 
63 
547,3 
37 

2011 yil 
634,8 
42,3 
866,2 
57,7 

2012 yil 
1148,4 
57,8 
839 
42,2 

2013 yil 
748,9 
82,3 
161,5 
17,7 
Yuqoridaggi 2-jadvalda 2007-2013 yillar mobaynida O’zbekiston 
Respublikasida aktsiyalarning birlamchi va ikkilamchi bozorlari nisbat 
ko’rsatkichlari keltirilgan.ushbu jadval ma’lumotlariga ko’ra 2007 yilda jami 
aktsiyalarning 67,1%i, ya’ni 268,9 mlrd so’mi birlamchi bozorda sotilgan 
bo’lsa, 32,9%i, ya’ni 131,9 mlrd. so’mi ikkilamchi bozorda sotilganligini
ko’rishimiz mumkin. Ushbu yillar davomida aktsiyalarning birlamchi va 
ikkilamchi bozorlardagi nisbati turlicha o’zgarganligini ko’rishimiz mumkin. 
Masalan, 2013 yilda jami aktsiyalarning 82,3% i, ya’ni 748,9 mlrd. so’mi 
birlamchi bozorlarda, 17,7%i, ya’ni 161,5 mlrd. so’mi ikkilamchi bozorlarda 
sotilganligini ko’rishimiz mumkin. 
Qimmatli qog’ozlarning birlamchi bozori. qimmatli qog’ozlarning 
birlamchi bozori deganda kimmatli kog’ozlarni dastlabki egalari (investorlarga), 
ya’ni yuridik va jismonii shaxslarga sotish maqsadida ularni birlamchi va 
ikkilamchi va emissiya kilish va muomalaga chiqarish tushiniladi. Bu bozor 
qimmatli qog’ozlarni joylashtirishni tashkil kiluvchi va ta’minlovchi bozordir. 
Boshqacha aytganda, birlamchi bozor bu birlamchi va takror emissiya 
kilingan qimmatli qog’ozlarni ularni birinchi yoki dastlabki egalari 
(investorlarga) joylashtiruvchi bozordir. Bu bozorda qimmatli qog’ozlar birinchi 
namogn bo’ladi. Bu bozorda davlat va maxalliy xokimiyat obligatsiyalar, 
shuiingdek, turli aktsioner jamiyatlarining aktsiyalari va obligatsiyalari emissiya 


- 26 - 
kilinadi. qimmatli qog’ozlarni birlamchi bozorga chiqarish va joylashtirish 
maqsadida quyidagi amallar bajariladi: 
Qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyat ko’rsatishi, u va uni boshqarish 
bilan bog’lik munosabatlar ko’rsatilgan qonun va boshqa qonunlar xujjatlari 
bilan belgilanadi. Shu qonunlarga muvofiq qimmatli qog’ozlar bozori jismoniy 
va yuridik shaxslarning qimmatli qog’ozlar chiqarish, ularni muomalada bo’lishi 
va xakini to’lash bilan bog’lik munosabatlar tizimini shakllantiradi. 
Qimmatli qog’ozlar bozori qatnashchilari qimmatli qog’ozlarning 
emitentlari, 
investorlar, 
investitsiya 
institutlari, 
shuningdek 
ularning 
birlashmalari (uyushmalari), fond birjalari (birjalarning fond bo’limlari), davlat 
tomonidan qimmatli qog’ozlar bozorini boshqarish va muvofiqlashtirish vakolati 
berilgan organlar va boshqalardan iboratdir. 
Qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya institutlarining quyidagi turlari 
faoliyat ko’rsatishi mumkin: investtsiya vositachisi (moliya brokeri va dileri); 
investitsiya maslahatchisi; 
Investitsiya kompaniyasi; investitsiya fondi; boshqaruvchi kompaniya
depozitariy; hisob-kitob kliring palatasi (tashkiloti); qimmatli qog’ozlar 
egalarining reestrini saqlovchi; qimmatli qog’ozlarni nominal saqlovchi; inves-
titsiya institutlarining boshqa turlari. Investitsiya institutlari tuzilishi mumkin, 
faqatgina ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi mumkin 
bo’lgan investitsiya fondi bundan mustasno. 
Investitsiya institutlarini tuzish, ularni faoliyat ko’rsatishi va ularni tugatish 
tartibi Respublikamizni qonun xujjatlarida belgilab qo’yilgan. 
Fond dukonlari investitsiya institutlarining tarkibiy bulinmalari bo’lib, 
jismoniy shaxslar uchun qimmatli qog’ozlarning birjadan tashqari mayda ulgurji 
va chakana savdosini amalga oshiradi. 
Fond dukonlari investitsiya vositachilari, investitsiya kompaniyalari va 
boshqaruvchi kompaniyalari tomonidan ochilishi mumkin. 
Qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyat ko’rsatishi: qimmatli qog’ozlar 
bozorida savdoni litsenziya asosida ish olib boradigan fond birjalari (birjalarning 


- 27 - 
fond bo’limlari) va investitsiya institutlari qonun xujjatlariga muvofiq tashkil 
etadilar. 
Investitsiya institutlari qimmatli qog’ozlar bilan birjadan tashqarida savdo 
kilishni tashkil etuvchi bulinmalar tuzishga xaqli. 
Qimmatli qog’ozlar bozorida savdoning asosiy printsiplariga rioya etilishi 
davlatning tartibga solishga oid chora tadbirlari bilan birga fond birjalari va 
qimmatli qog’ozlar bozori qatnashchilarining birlashmalari (ushyumalari) ishlab 
chikkan savdo qoidalarini uyGunlashtirish asosida ta’minlanadi. 
Investorlar tomonidan sotib olingan qimmatli qog’ozlar birja bozorlari va 
birjadan tashqari bozorlarda qayta sotilishi mumkin. Investorlar oldi-sotdilarni 
investitsiya institutlari orqali xam, mustakil xolda xam amalga oshirishlari 
mumkin. Egasi yozilgan qimmatli qog’ozlarning oldi-sotdisiga doir bitimlar 
tomonlarning uz xoxish irodalarini izxor etganliklarini qayd etish imkonini 
beradigan xujjat shaklida amalga oshiriladi. Egasi yozilmagan qimmatli 
qog’ozlar oldi-sotdisiga doir bitimlar tomonlarning uz xoxish irodalari izxor 
etilganliklarini qayd etish imkonini beradigan xujjat shaklida amalga oshiriladi, 
vositachisiz tuziladigan va tuzilgan paytda bajariladigan bitimlar bundan 
mustasno. 
Davlat mol-mulkini boshqarishga vakil kilingan organ tomonidan 
aktsiyalar oldi-sotdisiga doir bitimlar birjadan tashqari bozorda mustakil suratda, 
investitsiya vositachilari ishtirokisiz O’zbekiston Respublikasi Hukumati 
belgilaydigan tartibda amalga oshirilishi mumkin. 
Qimmatli qog’ozlar bozorida vositachilik. Qimmatli qog’ozlar bozorida 
vositachilikni investitsiya vositachilari amalga oshiradilar. 
Qimmatli qog’ozlar bozorida brokerlik va (yoki) dilerlik faoliyatini amalga 
oshiragtgan investitsiya instituti investitsiya vositachisi hisoblanadi. Topshiriq 
shartnomalari yoki vositachilik xaki asosida gxud bitimlar tuzish uchun berilgan 
ishonchnoma asosida ish olib borib, vakolatli shaxs yoki vositachi sifatida 
qimmatli qog’ozlar yuzasidan fukarolik-huquqiy bitimlarini amalga oshirish 
brokerlik faoliyati hisoblanadi. 


- 28 - 
Muayyan qimmatli qog’ozlarni sotib olish va (yoki) sotish narxlarni 
oshkora e’lon kilish xamda ushbu qimmatli qog’ozlarni e’lon kilingan narxlari 
bo’yicha sotib olish va (yoki) sotish majburiyatini olish yo’li bilan uz nomidan 
va uz hisobidan qimmatli qog’ozlarga doir oldi-sotdi bitimlarini tuzish dilerlik 
faoliyati hisoblanadi. 
Maslahat berish borasidagi faoliyat. Qimmatli qog’ozlar bozorini va uni 
ishtirokchilarini tahlil etish va istikbolini aniqlash, moliyaviy vositalarni 
(moliyaviy majburiyatlarni) ekspertiza kilish, ishlab chiqish va tavsiya etish 
bo’yicha xizmatlar ko’rsatish, qimmatli qog’ozlar chiqarish, ularni joylashtirish 
va muomalaga kiritish, mutaxassislarni qayta tayyorlash, shuningdek yuridik va 
jismoniy shaxslar investitsiya siyosatini amalga oshirishlari. Xususida 
maslahatlar berish sohasidagi xizmatlar maslahat berish borasidagi faoliyat 
deyiladi. 
Qimmatli 
qog’ozlar borasida maslahat berish faoliyati bilan 
shug’ullanuvchi investitsiya instituti investitsiya maslahatchisi deb ataladi. 
Yuridik va jismoniy shaxs investitsiya maslahatchisi bo’lishi mumkin. 
Investitsiya maslahatchisi mijoz mustakil ravishda bir karorga kelishi 
uchun unga zarur axborotni beradi va muayyan qimmatli qog’ozlarni sotib olish 
yoki sotish bo’yicha tavsiyalar berishga xaqli emas. 
Qimmatli qog’ozlar chiqaradigan, qimmatli qog’ozlarga mablag’ soladigan, 
uz nomidan va uz hisobidan, jumladan qimmatli qog’ozlarni kotirovkalash 
hisobidan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisini amalga oshiradigan yuridik shaxs 
investitsiya kompaniyasidir. Investitsiya kompaniyalari uz resurslarini faqat 
muassislarning mablag’lari, shuningdek reinvestitsiya kilingan uz mablag’lari 
hisobidan tashkil etadilar va yuridik xamda jismoniy shaxslarga sotiladitan uz 
qimmatli qog’ozlarini emissiya kiladilar. 
Reinvestitsiya bu - investitsiya jaragnlarida daromad sifatida olingan 
mablag’larni 
qaytadan 
qo’shimcha 
mablag’ 
sifatida 
investitsiyaga 
yo’naltirishdir. Investitsiya kompaniyalari aholining omonatlari va mablag’lari 
hisobidan jalb etilgan resurslarini tashkil etish huquqiga ega emasdir. 


- 29 - 

Yüklə 469,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin