Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi


II BOB. “ASAKA” DAVLAT-AKTSIYADORLIK TIJORAT BANKI



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/22
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#178551
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
tijorat banklari faoliyatida aktiv va passivlarni boshqarish58

II BOB. “ASAKA” DAVLAT-AKTSIYADORLIK TIJORAT BANKI 
AKTIV VA PASSIV OPERATSIYALARINING HOZIRGI HOLATI 
TAHLILI 
2.1. “Asaka” Davlat-aktsiyadorlik tijorat bankining tashkil topishi tarixi 
hamda missiyasi 
“Asaka” 
Davlat-aktsiyadorlik 
tijorat 
banki 
(“Asaka” 
bank) 
mamlakatimizning moliyaviy xizmatlar bozorida 15 yildan ortiq davrda faoliyat 
ko’rsatib kelmoqda. Bank 1995 yilda tashkil etilgan. Aktsiyadorlari – 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (66,6%), “O’zavtosanoat” 
Aktsiyadorlik Kompaniyasi (16,7%) va O'zbekiston Respublikasining tiklanish 
va taraqqiyot jamg'armasi (16,7%). 
Kapital va aktivlar hajmi bo’yicha respublika tijorat banklari o’rtasida 2-
o’rinda turadi. Hududiy tarmoq O’zbekiston Respublikasi butun hududini 
qamrab olib 26 ta filial va 107 ta mini-bankdan iborat. Bozorda keng hajmda 
an’anaviy va zamonaviy bank xizmatlarini taqdim etuvchi yirik universal 
moliyaviy-kredit instituti sifatida o’rin egallangan. 
“Asaka” bank xizmatlaridan foydalanuvchi xo’jalik yurutuvchi 
sub’yektlarning soni – 28,8 mingdan ortiq. Ular qatorida mashinasozlik, aniq 
mashinasozlik va asbobsozlik, metallarga ishlov berish, konchilik, energetika, 
qurilish majmuasi, paxtani qayta ishlash sanoati, to’qimachilik sanoati, dori-
darmon ishlab chiqarish, nashriyot, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo’jaligi, 
transport va aloqa, savdo va umumiy ovqatlanish, xizmat ko’rsatish kabi va 
iqtisodiyotning boshqa sohalarida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar vakillari 
mavjud. Xizmatlardan foydalanayotgan jismoniy shaxslarning soni 778,3 
mingdan ortiq. 
Bankning chakana xizmatlaridan muntazam ravishda foydalanuvchilar soni 
700 ming kishidan oshgan. 
“Asaka” bank tashqi iqtisodiy hamkorlikning faol ishtirokchisi. 
Mamlakatimiz iqtisodining strategik sohalarini rivojlantirishga bevosita xorijiy 


34 
sarmoyalarni jalb etishga ko’maklashib kelmoqda. 336 ta etakchi xorijiy banklar 
bilan korrespondent munosabatlari o’rnatilgan. 
Mashhur xorijiy «Euromoney», «Global Finance» va «The Banker» 
nashriyotlar tomonidan “O’zbekistonning eng yaxshi banki” unvoniga bir necha 
bor sazovor bo’lgan.
“Asaka” banki o’zining xalqaro maqomiga katta etibor qaratadi. Hususan, 
bank doimiy tarzda xalqaro reyting agentliklari tomonidan reyting baholarini 
oladi.
2013 yilning 1 oktyabr holatiga umumiy aktivlar hajmi 2 trln. 448,5 mlrd. 
so’mni tashkil etdi (01.10.2010 yilga nisbatan 50,2% o’sish), daromad 
keltiruvchi aktivlar hajmi 1 trln. 792,0 mlrd. so’m (68,3%) yoki barcha 
aktivlarning 73,2%, shu jumladan: kreditga berilgan mablag’lar – 1 trln. 171,3 
mlrd. so’m. 
Joriy yilning hisobot davrida bankning umumiy kapitali 2009 yilning xuddi 
shunday davriga nisbatan 25,1% ga oshdi va 379,6 mlrd. so’mni tashkil etdi bu 
esa Markaziy bankning kapital etarliligi bo’yicha me’yorlarini bajarish uchun 
etarli hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 20 fevraldagi 3968-sonli 
“Tijorat banklarida aholi omonatlari kafolatlarini ta’minlash va shartlarni 
liberallashtirishga qaratilgan qo’shimcha choralar to’g’risida” Farmoni 
chiqqandan so’ng, “Asaka” banki tomonidan aholi mablag’larini omonatlarga 
jalb etish bo’yicha ma’lum ish olib borilmoqda. Aholi omonatlari davlat 
iqtisodiga sarmoyalar kiritishning muhim manbasidir, va aholining banklarga 
murojaatlari sonining ortib borishi bank tizimiga nisbatan ishonch o’sishiga 
guvohlik beradi. 
Shuningdek, Prezident Farmoni bilan “Ko’rsatuvchiga” omonatlarni qabul 
qilish nazarda tutilgan. Mazkur Farmonni bajarish borasida 2008 yilning 01 
aprel kunidan boshlab “Asaka” bank “Ko’rsatuvchiga” omonatlarni milliy va 
xorijiy valutada cheklanmagan hajmda va pul mablag’lari manbasini 
tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilmagan holda qabul qilishni boshladi. 


35 
Hozirgi kunda “Asaka” bank bo’yicha jismoniy shaxslar uchun 48 turdagi 
omonatlar mavjud, ulardan 30 tasi milliy valutada va 18 turi xorijiy valutada. 
2014 yilda jismoniy shaxslar uchun 19 turdagi omonatlar joriy etildi, ulardan 14 
tasi milliy valutada va 5 turi xorijiy valutada 
“Asaka” bank plastik kartasi bu: 
-
Do’kon, mehmonxonalar, yoqilg’i quyish shaxobchalarida, metrida mol 
va xizmatlar uchun, uyali aloqa va boshqa xizmatlar uchun qulay to’lash 
vositasi; 
-
Tez va oson avtokredit to’lash imkoniyati; 
-
O’rta oylik mablag’ qoldig’iga har oyda qo’shimcha daromad; 
-
Pul mablag’larini karta yo’qolganda yoki o’g’irlanganda saqlab qolish 
imkoniyati, chunki karta yo’qolsa ham, pullaringiz qoladi; 
-
Qog’oz pullarini soxtalash bilan bog’liq xavf mavjud emasligi
-
Plastik karta bo’yicha amaliyotlar ro’yxati asosida pul mablag’laringiz 
sarflanishi ustidan oson va qulay nazorat; 
-
Karta yo’qolishi yoki o’g’irlanishidan sug’urtalash
Hozirgi kunda “Asaka” bank O’zbekiston Respublikasi bo’yicha 
MasterCard kartalari bo’yicha amaliyotlarni amalga oshiruvchi o’zining ko’p 
vazifali amaliyot markazini yaratgan birinchi va yagona bankdir. “Asaka” bank 
xalqaro plastik kartalar bozorida 2002 yilning may oyidan faoliyat 
ko’rsatmoqda. Bankning O’zbekiston miqyosida yaratilgan ko’p vazifali 
amaliyot markazi va xalqaro to’lov uyushmasida to’la vakolatli a’zolik bank 
mijozlariga raqobatchilar narxidan arzonroq narxlarda bir qator xizmatlarni 
taqdim etish imkoniyatini yaratadi. 
“Asaka” bank xalqaro kartalarni bepul taqdim etadi, faqatgina kartani 
chiqarish bilan bog’liq harajat undiriladi. Bank quyidagi turdagi xalqaro 
kartalarni taklif etadi: 
Maestro – daromadidan qat’iy nazar har bir kishi elektron to’lovini amalga 
oshirish uchun ochishi mumkin bo’lgan karta.Shuningdek, ushbu karta bo’yicha 
“MasterCard”, “Cirrus” xalqaro bankomat tizimi va “ES” Evropa tarmog’i 


36 
bankomatlari tizimida naqd pul olish mumkin. “Maestro” xalqaro savdo 
terminallari va “EDC” Evropa tizimining terminallari o’rnatilgan savdo 
shaxobchalarida xarid to’lovini amalga oshirish uchun ishlatiladi. 
MasterCard Standart. Butun dunyoda to’lov vositasi sifatida qabul qilinadi. 
Hisob raqamidagi qoldiq miqdorida bankomat, naqd pul berish nuqtalarida naqd 
pul olish mumkin, olingan mol va taqdim etilgan xizmatlar uchun to’lovni, 
mehmonxonalarfa joy bron qilish, masofadan to’lovni (masalan, o’qish uchun) 
amalga oshirish mumkin. 
MasterCard Biznes. Tashkilot (kompaniya) mablag’larini belgilangan 
miqdorda sarflashga vakolat olgan xodimlari uchun chiqariladigan korporativ 
karta. 
Plastik karta olish “Asaka” bankning istalgan filialiga pasportingizni 
taqdim etgan holda murojaat qilishingiz mumkin. 
Yosh oilalarni moddiy va ruhiy jihatdan qo’llash, mehnat faoliyatlari 
endigina boshlanganda va mustaqil hayotga ilk qadamlar qo’yishayotganda 
zarur yordam ko’rsatish, barqaror daromad manbalarini shakllantirish va yosh 
oilalarnung turmush va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida “Asaka” 
bank DATB quyidagi shartlarda uy-joy sotib olish uchun kredit ajratadi: 
Uy-joy sotib olish uchun kredit (quyida Ipoteka krediti deb ataladi) 
O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning yashash joylaridagi “Asaka” 
bankning hududiy filiallari tomonidan beriladi. 
“Asaka” bank DATB tomonidan o’z mablag’lari va jalb etilgan mablag’lar 
hisobidan beriladigan Ipoteka krediti miqdori sotib olinayotgan uy-joy narxi 
miqdori bilan cheklanadi, ammo: 
Shaxsiy uy-joy sotib olish uchun qonunchilik bilan belgilangan eng kam 
ish haqining 3000 miqdoridan ko’p emas (istisno tariqasida Toshkent va 
Samarqand shaharlari uchun ushbu miqdor qonunchilik bilan belgilangan eng 
kam ish haqining 5000 miqdoridan ko’p emas deb belgilangan, bunda 
ko’rsatilgan istisno yosh oilalarga beriladigan kreditlarga taalluqli emas). 


37 
Ko’p xonadonli uyda xonadon sotib olish uchun - qonunchilik bilan 
belgilangan eng kam ish haqining 2500 miqdoridan ko’p emas (istisno tariqasida 
Toshkent va Samarqand shaharlari uchun ushbu miqdor qonunchilik bilan 
belgilangan eng kam ish haqining 4000 miqdoridan ko’p emas deb belgilangan, 
bunda ko’rsatilgan istisno yosh oilalarga beriladigan kreditlarga taalluqli emas). 
«Asaka» DATB yangi ishlab chiqarishni qurish va mavjudini kengaytirish, 
zamonaviylashtirish, texnik qayta sotib olishga qaratilgan sarmoya loyihalarning 
loyihaviy moliyalashtirilishini amalga oshiradi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin